Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi 21 . Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatadi. Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendeniyadir. Bu o'rinda kattalar to'g'ri, deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tutiladi.Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'n altirilgan ob'ekt sifatidagina qaraladi. Zamonaviy pedagogika tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutib, tarbiyalanuvchiga pedagogik jarayonda faol harakat qiluvchi sub'ekt rolini beradi. Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu Hamid Al-G'azzoliy, Attor, Aqmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim-tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari, Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al musiqi al kabir», «Katta musiqa», «Ritmlar tartibi xaqida», Beruniyning «Masud Qonuni», «Hindiston», «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona», «Axloq xaqida risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar, Abu Ali ibn Sinoning «Tadbiri 21 Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent: Fan, 2009.- 17-bet. 57 manozil», «Axloq xaqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn Yakzon», «Tib qonunlari», Alisher Navoiyning: «Makorim ul-axloq», («Mukarram xulklar»), «Badoiy ul-bidoya», («Go'zallikning boshlanishi»), «Navodir un-Nihoya», («Nodirliklar nihoyasi»), «Xazoyin ul-Maoniy», («Ma'nolar xazinasi») asarlarida insonni tarbiyalash g'oyalari hozirgi zamon g‘oyalari bilan hamohandir. Abdulla Avloniy, Maxmudxuja Beqbudiy, Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abrauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Buyuk ma'rifatparvar ziyolilarning g'oyalari milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlari bo'lib qolaveradi. Demak, tarbiyada pedagogik muhit muhim ahamiyat kasb etadi Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy- axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling