Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
Shaxsning ijtimoiylashuvi – ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik
funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. 68 ana'naviy – oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish; institutsional – ijtimoiy institutlar va ta'lim muassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish; shaxslararo – o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; refleksiv – o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish. O‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy kompetentlikning asosiy funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs integratsiyasi va umumijtimoiy tajriba kabilar kiradi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z-o‘zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan «o‘z-o‘zini boshqarish tajribasi»ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni subekt-subekt munosabatlariga jalb etish; subektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling