Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214
Bog'liq
-.-

Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida. 
Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli 
qo‘llarda – metodologiyani chuqur o‘rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan 
qurollangan Shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. 
Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil 
yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi; haqiqatga, 
noma'lumni bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni tasniflash 
qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkurning analitik – sintetik jamlanmasi va 
b Ilmiy –tadkikot ishlarida ob'ktivlik, aniklik, tankidiylik, izchillik, tizimlilik 
bulishi shart.
Ob'ektivlik - o‘rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida 
odilona, to‘g‘ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o‘zaro aloqa,
o‘zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi. 


80 
Aniqlik tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik 
hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli 
manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish va boshqalar. 
Pedagogik metodologiyada izchillik qabul qilingan atamalarning bir 
xilligiga, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-sharoitlarni hisobga olishga 
erishiladi, ilmiy apparat tushunchalarining bog‘liqligida namoyon bo‘ladi . 
Tizimlilik - o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni biror belgilari asosida
tasniflash, tasavvurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalarni o‘rnatish, 
konsepsiyalar, naziriyalarni shakllantirish orqali muayyan tartibga solish jarayoni 
Tanqidiylik –urganilayotgan muammoga turli nuktai nazardan baho bera 
olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta'minlash bilan farazlar va nazariyalarni 
uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan yangi natijalarga mos kelmasa, ulardan 
voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi. 
Pedagogikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini 
belgilashda ob'ektivlik, izchillik, aniqlikni nozik, ehtiyotkorona ko‘llashni talab 
etadi, ilmiy farazlarni to‘g‘ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalarni 
tanqidiy tekshirib ko‘rishni va albatta, tizimlilikni taqozo etadi. Boshqacha 
aytganda, tadqiqotchining metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya – 
xususiy ilmiy faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmasi asosiy o‘rin tutadi. 
Yuqoridagi fikrlar turli fan soha lari buyicha tadkikot olib boruvchilarga 
tegishlidir, ammo pedagogikada tadqiqotchi o‘ziga xos ba'zi bir xususiyatlari bilan 
farqlanadi. Avvalambor, pedagogika soxasidagi izlanishlar tadkikotchidan 
pedagogik tajribaga ega bo‘lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir-
chikir”laridan xabardor bulishni talab etadi.Kolaversa, pedagogik muammoning
dolzarbligi respondentlar fikriga tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim 
bosqich hisoblanadi.
Pedagogikada tadqiqotchi ob'ektlar (o‘qituvchi, tarbiyachi, o‘quvchi 
talabalar va boshqalar) bilan ish ko‘radi va pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda 
undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar qalbiga, 
dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim. 


81 
Pedagogik voqyelikni to‘g‘ri aks ettirishda tadqiqotchi sog‘lom fikr sohibi bo‘lish 
uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”
22 
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogikaning metodologik 
masalalariga qiziqish katta. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori 
pog‘onasi shaxs kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo‘lgan savollarni yuzaga 
chiqarmoqda. Masalan, shaxsning ma'naviy kiyofasini sotsiokorreksiya kilish 
masalalari, shaxs tarbiyasida vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo 
bo‘lishi, ularni bartaraf etish yo‘llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu 
masalalarni hal etishda eskicha yondashuvlar yordam bera olmaydi. Metodologiya 
ham amaliyot talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy qadriyatlarning o‘zgarish 
qonuniyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi. 
Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni davom etmoqda, 
mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini loyihalash, 
tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga e'tibor 
qaratilgan. Boshqa tomondan, metodogiyaning dunyoqarash jihatlari – chuqur 
nazariy umumlashma, bashoratlash, fan strategiyasini va uning mavqyeini oshirish 
jamiyat islohotlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarning 
tezlashuvini ta'minlashda o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan
to‘la xalos bo‘lish, milliy g‘oyani fuqarolar ongiga singdirish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling