Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Adabiyotlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish metodi


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214
Bog'liq
-.-

Adabiyotlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish metodi – tadqiqot 
doirasida Muhtaram Prezidentimizning ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, nutqlari, 
risolalari, pedagogika, psixologiya, valeologiya, falsafa, sotsiologiya, madaniyat, 
iqtisod, siyosat va boshqa adabiyotlar, ilmiy izlanishlar, qo‘lyozmalar, 
dissertatsiyalar, normativ hujjatlarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Bunda tadqiqot 
mavzusi bo‘yicha o‘rganilayotgan jarayonlarning umumiy miqdori, uning o‘sishi 
yoki kamayish sabablari, tavsifi, tatbiq qilinayotgan tushunchalarni shakllanganlik 
darajasiga e'tibor beriladi. 
Uzluksiz ta'lim tizimi ishtirokchilari, ular orasidagi munosabatlar, fanlarni 
o‘zlashtirish darajalari, muayyan sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish, 
kamchilik va nuqsonlarni korreksiyalash (bartaraf etish) va monitoring (nazorat)ini 
olib borish bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilinayotganda, albatta O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash Milliy 
Dasturi”, DTS, Namunaviy va o‘quv Dasturlar, rejalar, ta'lim-tarbiya tizimidagi 
barcha normativ hujjatlar, ta'lim muassasasi hujjatlari (Nizomlar, “Tarbiyaviy 
soat”lar rejalari, majlis bayonnomalari, dars jadvallari, jurnal, guruh rahbarining 
jurnali, tahsil oluvchilarning shaxsiy hujjatlari va boshqalar) o‘rganiladi va tahlil 
qilinadi. 
Pedagogik kuzatish metodi - ushbu metod t a'lim -tarbiya jarayonlarining 
amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam 
beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish 
imkonini tug'diradi. Bu usul ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad 
qanday amalga oshayotganligini aniqlash, “sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining 
o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi. 
Tabiiy kuzatishda o‘rganilayotgan respondentlarning (tadqiq qilinuvchilar. 
Masalan, o'quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, 
o‘quvchilarning fanlarni o'zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi 


84 
o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'lim iy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish 
yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat
respondent(o‘rganilayotgan sub'ekt)larning tabiiy faoliyatini balki 
ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayonining 
koeffitsientini, kuchini, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, 
ularni tahlil qiladi. Bunday kuzatishlar qibat natijada pedagogika fani
mazmunini boyishiga sabab bo'ladi. Ilmiy kuzatish orqali respondentlar (bular 
maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi, talabalar bo‘lishi mumkin)ning 
o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son ko‘rsatkichlarini aniqlashga 
yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir 
tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etiladi. Bunda 
kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob'ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish 
uchun ajratiladigan xarakteristika va boshqalar hisobga olinadi. 
Pedagogik kuzatish metodini qo‘llash jarayonida ta'lim muassasalarining o‘quv-
tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati 
aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
farq to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va 
tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan 
pedagogik 
kuzatish 
ta'lim-tarbiya 
sifatini 
oshirish, o‘quvchi shaxsini 
shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. 
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning 
uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish; 
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish; 
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling