Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat metodi
- Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodi
Suhbat metodi - an'naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, dialog,
diskussiya tarzida o‘tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy munosabatlar, ularning 85 istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish mumkin. Pedagogik suhbat oddiy suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki olamini o‘rganish, uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish imkoniyati tug‘iladi. Ta'lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat uslubidan foydalaniladi. Suhbat metodi – ta'lim muassasasi o‘qituvchilari va tahsil oluvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Bu metod so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud: - guruhlar bilan ishlash; - intensiv, rivojlantiruvchi; - sinash va boshqalar. Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. So‘rash savollari mantiqiy izchillikda, nazokatli shaklda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga, qat'iy shaklda:«ha», «yo‘q» tarzida ham javob olinadi. So‘rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli – intervyudir. Intervyudagi savollar oldindan 86 tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar har doim ham pedagogik muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi, chunki intervyu javoblari keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim paytlari o‘z fikrini aniq, va ravshan, baralla aytishga iymanadi. Test metodi –ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma'lumotga ega bo‘lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat ichida yoppasiga aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asrning o‘rtalarida abiturient biron bir oliy o‘quv yurtiga kirishi uchun deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon topshirar va ularning javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko‘p hollarda sub'ektiv quyilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari birin-ketin chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi salbiy baholansa, keyingi imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi va shu bois yoshlarning talaygina qismi o‘z sevgan kasbini egallay olmasdi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlarning bilimiga xolisona yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun 1993 yildan e'tiboran abiturientlarning bilim darajasini baholash uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari o‘tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib,ob'ektiv baholanadi. Test metodi orqali yoshlarning bilimi baholanishi ularning fanlarni o‘zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi va iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi. Test savollarining o'rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning mustaqil fikrlarini o'stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi. Ilmiy tadqiqotlarda test, so'rovnomalar metodi takchi bo'lib hisoblanadi. So'rovnoma - anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini 87 o‘rganishga imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu- istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi. Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma'lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling