Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida talim sohasidagi islohotlar.
2. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
93 3. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim Tayanch tushunchalar: ta'lim tizimi, ta'lim islohotlari, Maktabgacha ta'lim vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sifatini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish orqali shaxsning sub'ekt sifatida namoyon bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Boshqa fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqyelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta masuliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi. 1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisidagi»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta'lim -tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatib berildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o‘tkazishga zamin yaratdi. 94 Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini bir- biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish, ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-xunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining 1-bo‘limi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqlari, ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. "Ta'lim to‘g‘risida" gi Qonunning 2- bo‘limida ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Respublikamizdagi ta'lim tizimi: Davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qamrab oladi. Mazkur qonunning 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi: maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim Qonunning 2- bo'lim, 11-17- moddalarida har bir ta'lim turining mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Unda ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va etuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Qonunning uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qimoya qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi 95 xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, etim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lganbolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan. Qonunning to'rtinchi bo'limida ta'lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar mahkamasining, ta'lim ni boshqarish do'yicha vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lsa, beshinchi bo'limda yakuniy qoidalar ifodalangan. Kadrlar tayyorlash milliy modeli zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi hisoblanib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, ularni tayyorlash tizimini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan. Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh bo'limdan iborat bo'lib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'n alishlari, dasturni ro'yobga chiqarishga oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning 3- bo'limida kadrlar tayyorlashning milliy modeli moqiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari jamiyatimizda yashayotgan har bir insonning, fuqarolarning ilm olish huqo'qini, ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, fan, ishlab chikarish, uzluksiz ta'limdir. Mamlakatimizda «uzluksiz ta'lim” - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim , umumiy o'rta ta'lim , o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim i, oliy ta'lim , oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim ni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi. “Uzluksiz ta'lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta'lim iy ehtiyojlarini qondirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqyeini ko'tarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek iqtisodiyotning o'zgaruvchan ehtiyojlari sharoitida umum ta'limiy, umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar 96 tayyorlash yo'li bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni ta'minlashi kerak” 23 . Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish priniplari(3-rasm) yoshlar uchun turli xil ta'limiy ehtiyojlarini qondiradi, shaxsni ijtimoiy himoyalaydi. Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning tarihiy ahamiyati – bu ta'limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etgan – “inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” (23-modda) – prinsipiga amal qilgan holda insoniylikka yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida” gi qonunida ham o‘z ifodasini to‘liq topgan: “Ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” (3-modda). Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling