Universiteti b. A. Bahritdinov s. A. Zokirova
tashkil topgan tog’lar ko’p bo’lib, ularning orasida 49 tasi faoldir. Ayni damda
Download 35,04 Kb. Pdf ko'rish
|
tashkil topgan tog’lar ko’p bo’lib, ularning orasida 49 tasi faoldir. Ayni damda Yaponiya seysmik hududda joylashib, yil davomida 1500 dan ortiq zilzila qayd etiladi. Yapon daryolar qisqa blib, yil davomida sersuvdir. 0 ’rmonlar mamlakat hududining 60foizini qoplagan. Yaponiyada foydali qazilmalar deyarli yq. Bu boradagi mamlakat ehtiyojlarining asosiy qismi import evaziga qoplanadi. Yaponiyada oltingugurt, ohaktosh, toshko’mir, qo’rg’oshin va rux rudalari, neft qazib olinadi, biroq mazkur qazilmalar zaxirasi yetarli blmay, qazib olish sharoitlari ham mushkuldir. Aholisi. Yaponiya aholisining 98,5 foizi yaponlardan iborat blib, mamlakatda koreyslar (0,5 foizi), xitoylar (0,4 foizi) va boshqa millatlar ham yashaydi. Aholining 84 foizi sintoizm va buddizmga e’tiqod qiladi. Shaharlarda yashovchi aholi ulushi 79 foiz dir (2005 yil). Yirik shaharlari: Osaka, Yokogama, Nagoya, Kioto, Kobe, Kitakyusyu, Sapporo. Rasmiy tili-yapon tili. Davlattuzumi. Ma’muriyjihatdan Yaponiya 47 prefektura (Tokio bilan birga), ikki shahar prefekturasi (Kioto va Osaka) va Xokkaydo maxsus ma^muriy viloyatidan tashkil topgan. Yaponiya konstitutsion monarxiya krinishidagi davlat tuzumiga ega. Davlat boshlig’i imperator boMishiga qaramay, uning hukmronligi nominal ma’noga ega. Qonun chiqaruvchi oliy organ - parlament. Ijro etuvchi hokimiyat vazirlar mahkamasiga tegishli. Sanoati. Yaponiya sanoati yuksak darajada taraqqiy etgan dunyoning eng oldi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi (ham umuman, ham aholi jon boshiga hisoblaganda), ishlab chiqarishning texnologik darajasi, mehnat samaradorligi, oltin-valyuta zaxiralari kabi omillar bo'yicha kplab mamlakatlardan oldin turadi. Ilmiy sig’imi yuqori blgan mahsulot ishlab chiqarishda AQShdan keyin, ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlariga sarflanadigan mablag’ (2,5-3 foiz) byicha esa undan awal turadi. Qora metallurgiya sanoati so’nggi yillarda xalqaro raqobat tufayli tushkunlik davrini boshidan kechirayotgan blsa-da, jumladan, 2005 yilda mamlakatdagi asosiy metallurgiya tarmoqlaridan biri hisoblangan plat eritish sanoati 112 mln. t ga teng blgan mahsulot ishlab chiqardi. Mashinasozlik yapon sanoatining yuragidir. Mazkur tarmoq mahsulotlari qiymati byicha Yaponiya AQShdan keyingi o’rinda bo’lib, biroq mashinasozlik mahsulotlari eksporti bo’yicha birinchi rinda turadi. Yaponiyada mashinasozlikning kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, robototexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, turli xil elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Birgina dasturiy boshqaruv texnologiyalari joriy qilingan sanoat robotlaridan foydalanuvchi stanoksozlik tarmog’i ishlab chiqarilgan mahsufotlar qiymati byicha Yaponiyani dunyodagi yetakchi mamlakatga aylantirgan. Avtomobilsozlik tarmog’i mamlakatning xalqaro miqyosdagi «yuzi» blib, uning hissasiga yapon yalpi ichki mahsulotining 1/10 qismi to’g’ri keladi. Yapon avtosanoati 2005 yilda 10,5 mln. avtomobil ishlab chiqardi. Turli avtomobillar eksporti (5 mln.) va yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi (8,7 mln.) bo’yicha dunyoda birinchilik Yaponiyaga tegishlidir. Elektron sanoat mahsulotlari hajmi byicha bugungi kunda Yaponiya AQShdan keyin turadi, biroq uning eksport nuqtai nazaridan AQShdan o’zadi. Jumladan, 90-yillarning oxirida mamlakatda 8 mln. dona shaxsiy kompyuter ishlab chiqarilgan blsa, bugungi kunda mazkur tarmoq faoliyati zga davlatlarga (masalan, Xitoyga) bevosita yapon investitsiyalari krinishida kchirilmoqda. Qishloq xjaligi. Yaponiya yuqori intensiv agrar tarmoqqa ega. U yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizini beradi. Mamlakat agrar tarmog’i yuqori darajada subsidiyalanib, himoyalanib turilgani uchun agrar hosil hajmi byicha Yaponiya dunyoda peshqadam mamiakatlardan hisoblanadi. Guruch masalasida z ehtiyojlarini qondira olgani bilan Yaponiya 60 foiz kaloriyali mahsulotlarni import qilishga majbur. Mamlakat dunyodagi eng yirik baliq ovlash sanoatiga ega blgan mamlakatlardan biri blib, mazkur sanoat hissasiga dunyo byicha ovlangan baliqning 15 foizi to’g’ri keladi. Transport. Yaponiya tog’li hududlardan hamda orollardan iborat blgani uchun temir yo’l izlari mamlakatda kam rivojlangan (uzunligi 23,5 ming. km) blsa-da, ylovchi tashish hajmi va yuqori tezlikda yuruvchi poezd yllarining shakllangani masalasida jahondagi yetakchi mamlakat hisoblanadi. Ichki qatnovlarda avtomobil transportiga ehtiyoj katta. Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 1183 ming km bo’lib, dunyoda AQSh, Hindiston, Braziliya va Xitoydan keyin beshinchi rinda turadi. Yuk tashish va avtopark hajmi byicha Yaponiya avtomobil transporti faqatgina AQShdan ortda qoladi. Yaponiya tashqi savdo va kabotaj aloqalarining deyarli hammasi dengiz transporti orqali amalga oshiriladi. Kemalar soni bo’yicha (8,5 mln.) Yaponiya jahonda birinchi rinda turib, asosiy portlari qatoriga Kobe, Tiba, Yokogama, Kavasaki, Osaka, Tokio va boshqalar taalluqlidir. Yapon havo transporti ham turli ko’rsatkichlar byicha yetakchi 0 ’rinlami egallaydi. Eng yirik xalqaro aeroport - Xaneda (Tokio). Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo’yicha Yaponiya dunyoda trtinchi o’rinda turadi. Eksport 2006 yilda 615,8 mlrd.doll.ni tashkil etgan blsa, import 534,5 mlrd. dolLga teng bo’ldi. Asosiy eksportmahsulotlari qatorida transport vositalari, yarim tkazgichlar, elektrotexnika mahsulotlari, kimyo mahsulotlarini atash mumkin. Xorijdan olib kiriladigan mahsulotlar tarkibida esa mashina va jihozlar, mineral xom ashyolar, oziq-ovqat, kimyo mahsulotlari, tekstil mahsulotlarining ulushi katta. Yaponiyaning asosiy tashqi savdo hamkorlari safiga Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Tayvan, Saudiya Arabistoni, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va Avstraliyani kiritish mumkin. XITOY XALQ RESPUBLIKASI Xitoy Sharqiy Osiyodagi davlat bo’lib, hududi jihatidan dunyodagi eng yirik mamlakatlardan biri hisoblanadi (Rossiya va Kanadadan keyin 3-o’rin). Maydoni 9597 ming km2 bo’lib, quruqlikning 7 foiziga teng. Aholisi 1,32 mlrd. kishi bo’lib (2007 yil), b.u ko’rsatkich bo’yicha 1-o’rinda turadi (dunyo axolisining 22foizi). Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 22117 kmni tashkil etib, o’n olti mamlakat bilan umumiy chegaraga ega. Qirg’oq bo’yi hududi uzunligi 14,5 ming kmdir. Xitoy poytaxti — Pekin shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Xitoyning janubi-g’arbiy qismi Tibet togliklaridan iborat. Tog’likning yon-bag’irlarida Himolay, Qoraqorum, Kun’lun kabi dunyodagi eng yirik tog’ tizimlari joylashgan. Eng baland cho’qqi - Jomolungma tog’i bo’lib, uning balandligi 8848 mdir. Mamlakatning shimoli- g’arbi tekisliklardan, sharqi esa o’rta va past tog’liklardan tashkil topgan, daryo tizimi zich joylashgan bo’lib, ular yil bo’yi sersuvdir. 0 ’rmonlar mamlakat hududining 1/10 qismida joylashgan. Mamlakat hududi bo’ylab yonilg’i resurslari va rudali foydali qazilma boyliklarining zaxirasi katta miqdorda mavjud. Toshko’mir, temir va marganets rudalari, boksitlar va rux, qalay, surma, volfram (dunyo zaxirasining 3/5 qismi), molibden, simob, noyob metallar, titan rudalari, osh tuzi va boshqa tuzlaming zaxirasi byicha Xitoy yetakchi mamlakatlar safiga kiradi. Xitoyning markaziy hududlari foydali qazilmalarga boy. Jumladan, ularning hissasiga ko’mir zaxirasining 40 foizi, misning 52 foizi va oltingugurt kolchedanining 42 foizi to’g’ri keladi. Neft va gazning aniqlangan zaxiralari (12-13 mlrd. t) bo’yicha mamlakat neft eksport qiluvchi yetakchi mamlakatlardangina ortda. Mutaxassislarning fikriga qaraganda, 2008 yil oxirigacha Xitoy oltin qazib olish hajmi byicha bu sohada 1905 yildan beri peshqadam bo’lgan Janubiy Afrika Respublikasidan zib o’tib, dunyo birinchiligini qo’lga kiritadi. Biroq mamlakat iqtisodiyotining jadal odimlab borishi natijasida turli resurslarga talab oshib bormoqda. Chunonchi, bugungi kunda misga blgan talabning 40 foizi, neftning 34 foizi, kaliy tuzlarining esa 90 foizi import evaziga koplanmoqda. Defitsit blayotgan foydali qazilmalar safida, eng awalo, neft, tabiiy gaz, mis va xromni aytish mumkin. Shuningdek, talabning haddan tashqari yuqoriligi tufayli volframning ham aniqlangan zaxiralari miqdori tobora kamaymoqda. Axolisi. XXR aholisining 91,9 foizi xan xitoylar bo’lib, qolganlar turli etnik guruh vakillaridir. Diniy e’tiqodi byicha aholining orasida daoist, buddist, xristian (3-4 foizi) va musulmonlar (1-2 foizi) bo’lib, turli ma’lumotlarga ko’ra, aholining aksariyati ateistlardan iborat. Shaharlarda Xitoy aholisining 43 foizi istiqomat qiladi. Yirik shaharlari safiga Shanxay, Tyantszin, Uxan, Dalyan, Shenyan, Chunsi, Xarbin, Guanchjou va Nankin kabilarni kiritish mumkin. Davlat tili-xitoy tili. Davlattuzumi. Ma’muriyjihatdan Xitoy 23 provinsiya (Tayvan bilan birga), 5 avtonom tuman, 4 markazga bo’ysunuvchi shahar (Pekin, Tyanszin, Shanxay, Chunsin) va 2 maxsus ma’muriy tumanga (Gonkong va Makao) blinadi. Xitoy - sotsialistik xalq respublikasi bo’lib, hokimiyatning oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat Umumxitoy xalq vakillarining majlisidir (UXVM). U 2972 deputatdan iborat bo’lib, ular har besh yilda saylanadi. UXVM Xitoy raisini (prezident) va UXVM Doimiy qo’mitasi vakillarini saylaydi. Oliy ijro hokimiyati - Davlat kengashi. Mamlakat yetakchi siyosiy firqasi Xitoy Kommunistik firqasidir. Sanoati. Xitoy kp tarmoqii sanoatga ega. Ularning qatorida tekstil, kmir, qora metallurgiya sanoatlari an'anaviy tarmoqlar hisoblanib, elektronika, aviatsiya, kosmik, kimyo, neftni qayta ishlash va qazib olish sanoatlari Xitoy uchun nisbatan yangi tarmoqlardir. Xitoy yoqilg’i-energetika sanoatining asosini kmir sanoati tashkil etadi. Mamlakatda iste’mol qilinayotgan elektroenergiyaning 75,6 foizi aynan ko’mir hissasiga to’g’ri keladi (2004 yil). 2005 yilda dunyo bo ylab qazib olingan ko’mirning 37 foizi Xitoy ulushini tashkil etdi. Neft sanoati energiya iste’molida ko‘mirdan keyin ikkinchi o’rinda (13,5 foiz), gidroelektroenergiya esa uchinchi rinda (7,9 foiz) turadi. Qora va rangli metallurgiya sanoati Xitoy iqtisodiy taraqqiyotining tayanch bo’g’inlaridan hisoblanadi. Talabning yuqoriligi tufayli mamlakatda qora metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Natijada, ko'mir, temirrudasi, cho’yan, plat, volfram, rux, alyuminiy, ishlab chiqarish byicha Xitoy dunyoda birinchi rinni, qoYg^oshin, qalay, molibden qazib olish hajmi bo’yicha esa ikkinchi o’rinni egallaydi. Mashinasozlik sanoati mamlakat sanoatining eng jadal rivojlangan tarmog’i hisoblanadi. Ayniqsa, stanoksozlik, transport mashinasozligi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, asbobsozlik sohalari snggi n yillikda rivoj topdi. Mashinasozlik sanoati boshqa tarmoqlarning rivojlanishiga, ularning moddiy-texnik bazasining yangilanishiga katta ulush qshdi. Natijada, Xitoy hissasiga jahon traktorlari va konteynerlarining 83foizi, fotoapparatlarning 50 foizi, rangli televizorlarning 45 foizi, uyali aloqa vositalari va kompyuterlarning 40 foizi, konditsionerlaming 30 foizi, kir yuvish mashinalarining 25 foizi, muzlatgichlarning esa 20 foizi to’g’ri keladi (2004 yil). Tekstil sanoati mahsulotlari hajmi bo’yicha Xitoy dunyoda yetakchi rinni egallaydi. So nggi yillarda Xitoyda ilmiy sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga bo’lgan ixtisoslashuv kuchaymoqda. Jumladan, aviakosmik, tibbiyot, kimyoviy va informatsion texnologiyalar sohasida ham kplab yutuqlarga erishilmoqda. Qishloq xo’jaligi. Xitoy yalpi ichki mahsulotining 12 foizi agrar tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. Tarmoqning etakchi sohasi simlikchilik blib, unda donchilik asosiy ynalish hisoblanadi. Guruch va bug'doy asosiy agrar donchiligi mahsulotlaridir. Xitoy dunyoda kartoshka, araxis, mevalar, sabzavotlar, gsht, tuxum, baliq va dengiz mahsulotlari, donchilik mahsulotlari hamda paxta yetishtirish bo’yicha birinchi, jxori, choy yetishtirish bo’yicha esa ikkinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatda texnikaviy mahsulotlardan qandlavlagi, shakarqamish, choy va tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik sohasida chchqachilik markaziy ahamiyatga ega blib, chchqalar soni byicha Xitoy dunyoda etakchilik qiladi. Transport. Xitoy temir yllarining umumiy uzunligi 75,4 ming. kmni tashkil etib, bu ko’rsatkich bo’yicha u jahonda uchinchi o’rinda turadi. Temir yo’llarining chorak qismi elektrlashtirilgan. Bugungi kunda mamlakat byicha kmirning 75 foizi, rudaning 66 foizi, po’lat prokatining 62 foizi, don mahsulotlarining 56 foizi aynan temir yl transporti yordamida tashiladi. Avtomobil yo’llari uzunligi byicha ham Xitoy uchinchi o’rinni egallab, u 1870 mln. km ga teng. Mamlakat suv yoMlarining uzunligi esa 124 ming. km bo'lib, u dunyoda birinchi rinda turadi. Asosiy portlari: Dalyan, Guanchjou, Ninbo, Sindao, Sinxuandao, Shanxay, Shenchjen, Tyantszin. Mamlakatda quvur yo'li ham rivoj topgan bo’lib, tabiiy gazga moljallangan quvurlar 22,7 ming km, neftga mljallanganlari esa 15,3 ming kmni tashkil etadi. Xitoy havo yllari kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatda 467 ta aeroport mavjud. Ichki yo’nalishlarda 700 dan ortiq, xalqaro ynalishlarda esa 90 dan ortiq avialiniyalar faoliyat krsatmoqda. 2004 yilda aviaylovchilar soni 50 mln. kishini tashkil etdi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo’yicha Xitoy dunyoda eng yirik uchlikka kiradi. Eksport hajmi bo’yicha 2007 yilda mamlakat AQShdan o’zib, jahon sahnida Germaniyadan keyin 2-o’rinni egalladi (1218 mlrd. doll.). Eksport tarkibida mashina va uskunalar, kompyuterlar, plastmassalar, optik va tibbiy jihozlar, temir, po’lat, ro’zg’or buyumlari va tekstil mahsulotlari asosiy o’rinni egallaydi. Xitoyda import hajmi 2007 yilda 955,8 mlrd.doll.ga etib, bu borada u uchinchi pog’onani egalladi. Xitoy asosan mashina va uskunalar, neft va yonilg’i mahsulotlari, plastmassalar, optik va tibbiy jihozlar, kimyo mahsulotlari, temir va po’lat import qiladi. Xitoyning asosiy tashqi savdo hamkorlari AQSh, Yaponiya, Gonkong, Janubiy Koreya, Tayvan va Germaniya hisoblanadi. QOZOG1STON Qozog’iston Markaziy Osiyoning shimolidajoylashgan mamlakatdir. Maydoni byicha MDHda Rossiyadan keyin ikkinchi rinda bo’lib, u 2717 ming km2ni tashkil etadi. Aholisi 15,3 mln. kishidan (2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 12 ming km bo’lib, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Turkmaniston va 0 ’zbekiston bilan umumiy chegaraga ega. Qozog’iston poytaxti — Ostona shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat hududining asosiy qismi tekisliklardan iborat. Qozog’istonda daryolar kam bo’lib, ularning eng yiriklari Irtish, Sirdaryo, Ural va llidir. Mamlakatda 48 mingdan ortiq ko’l mavjud. Ularning sirasidan Balxash, Zaysan va Olaklni misol keltirish mumkin. 0 ’rmonlar mamlakat hududining atigi 5 foizida tarqalgan blib, ular tog'li mintaqalarda joylashgan. Qozog'iston hududida 90 dan ortiq foydali qazilma turlari topilgan. MDH mamlakatlari ichida xromitlar, mis, qo’rg’oshin, rux, kumush, volfram, fosforitlar zaxirasi bo’yicha birinchi, molibden, kadmiy va asbest zaxiralari byicha esa ikkinchi pog’onani egallaydi. Uran zaxiralari hajmi jihatidan mamlakat dunyoda Avstraliyadan keyin ikkinchi 0 ’rinda turadi. Qozog’iston temir rudasi, marganets, nikel, oltin, neft va tabiiy gazning yirik zaxiralariga ega. Neft va gaz konlari mamlakatning g’arbiy qismidagi Mang’ishloq yarimorolida joylashgan. Toshkmir Karaganda va Ekibastuz havzalaridan, temir rudasi esa Kustanay viloyatining Sokolov-Sarbay va Lisakov konlaridan qazib olinadi. Ruda krinishidagi foydali qazilmalaming asosiy qismi Sharqiy Qozog’iston viloyatining Rudali Oltoy deb nomlangan hududida joylashgan. Alyuminiy xom ashyosi Turg’ay viloyati konlarida, xromitlar Aktuba viloyatida, fosforitlar esa mamlakat janubidag-i Jambul viloyati yonbag’irlarida tplangan. Aholisi. Qozog’iston aholi klami bo’yicha MDHda to'rtinchi rinda turadi. Aholining 53,4 foizi - qozoq, 30 foizi: - rus, 3,7 foizi - ukrain, 2,5 foizi - o’zbek, 2,4 foizi - nemis, 1 ,7 foizi - tatar, 1 ,4 foizi - uyg’ur (1999 yil). Diniy e’tiqodiga kra aholining 47 foizi musulmon, 44 foizi rus ortodoksi vakillari, 2 foizi protestantlardan iborat. Rasmiy tili - qozoq va rus tillari. Davlat tuzumi. Ma’muriy jihatdan Qozog’iston Respublikasi 14 viloyat va uch shaharga bo’linadi. Mustaqillik kuni — 1991 yil 16 dekabr. Qonun chiqaruvchi oliy organ ikki palatali Majlis blib, saylov har trt yilda 0 ’tkaziladi. Davlat boshlig’i - prezident. U har yetti yilda saylanadi. Ijro etuvchi hokimiyat bosh vazir tomonidan amalga oshiriladi. Sanoati. - Qozog’iston sanoatining yetakchi tarmoqlari - qora va rangli metallurgiya, ko’mir, neft, mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlari. Qora metallurgiya Karaganda havzaslning kokslangan kmirlaridan, Kustanay va Jezkazgan viloyatlarining temir rudalaridan foydalanadi. Rangli metallurgiya Balxash va Jezkazgan mis tog’-metallurgiya kombinati bilan ifodalanadi. Pavlodar alyuminiy zavodida glinozyom ishlab chiqarilib, u Rossiya va Tojikiston respublikalariga metall alyuminiy olish uchun yuboriladi. Og’ir sanoat mashinasozligi Karaganda, Ust-Kamenogorsh (temir-press va tog’-kon dastgohlari ishlab chiqaradi) va Kentaudagi (ekskavatorlar ishlab chiqaradi) korxonalar bilan ifodalanadi. Pavlodarda traktorlar, Ostanoda esa turli xil qishloq xjaligi texnikasi ishlab chiqariladi, Kimyo sanoati korxonalari mineral g’itlar (Aktyubinsk, Jambul), sintetik kauchuk (Temirtau), plastmassalar (Aktau), kimyo tolalari (Kustanay) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari Pavlodar va Gurevda joylashgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan ko’nchilik, poyafeal, junni qayta ishlash, shoyichilik va ip-gazlama ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati go’sht va yog’-moy yirik kombinatlari, shakar, konserva ishlab chiqarish korxonalari bilan ifodalangan. Qozog’iston elektroenergetika tarmog’i mahalliy kmir, neft va gidroresurslarga asoslanadi. Qishloq xo’jaligi Mamlakat agrar sohasi donchilik va gsht-teri chorvachiligiga moslashgan. Qishloq xjaligi mahsulotlarining 70 foizi donchilik mahsulotlaridan iborat blib, ularning asosiy qismi shimoliy hududlarda yetishtiriladi. Bug’doy - asosiy agrar mahsulot. Sirdaryo bylarida esa guruch yetishtirish ylga qyilgan. Texnikaviy ekinlardan kungaboqar, paxta va shakarqamish yetishtiriladi. Janubiy Qozog’iston uzumchilik, bog’dorchilik, polizchilik ekinlarini ekishga ixtisoslashgan. Shimoliy Qozog’istonda esa go’sht- sut mahsulotlari sanoati rivojlangan blib, mamlakatning markaziy sarhadlarida dag’al junli qychilik, uyurdagi yilqichilik rivoj topgan. Transport. Qozog’iston temir yllari uzunligi 13,7 ming kmni tashkil etib, ularning 1/3 qismi elektrlashtirilgan. Mamlakat avtomobil yo’llari uzunligi 90 ming kmdan ortiq. Avtomobil transporti nafaqat ichki yuk tashishda, balki xalqaro marshrutlarda ham muhim ahamiyatga ega. Ichki suv yllarining uzunligi 4 ming km bo’lib, ularning 80 foizi Irtish daryosiga tg’ri keladi. Havo va quvur transportining ham mamlakat iqtisodiyotidagi Download 35,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling