- Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.
- Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, xayotiy-zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini oshiradi.
- Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot ma’lumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o‘zgarmas ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin emas
Xulosa Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog‘langan. Foydalanilgan manbalar - A. Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild) / Toshkent / «NAVRO’Z» nashriyoti, 2017. - 392 bet.
- Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O‘quv qo‘llanma Toshkent 1993 y.
- Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002 yil.
- Yunusova Yu.M. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы. Uchebnoe posobiya Toshkent UzGoslFK 2007 g.
- Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari Toshkent., O‘quv qo‘llanma O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
- Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., darslik “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.
- Matveev L.R. Teopii metodika fizicheskogo vospitanie Uchebnik Mockva «Fizkulьtura i sport» - 2005 g.
- David C. Watt Sports management and administration © 1998 David C. Watt
Do'stlaringiz bilan baham: |