Universiteti filologiya fakulteti
Download 127.43 Kb.
|
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qa ni , sh er lar olg‘ a ! ...
Metafora va epitet. D.Xo‗jayeva epitetlarni metaforadan farqlashga harakat qilib, quyidagilarni yozadi: ―Ko‗pincha adabiyotshunoslik va tilshunoslikka doir adabiyotlarda oltin barg, sher yigit kabi birikmalardagi oltin, sher so‗zlarida sodir bo‗lgan ma‘no o‗zgarishini ba‘zan metafora deb, ba‘zan epitet deb talqin etiladi. Biroq epitet aynan metafora bo‗lmaganidek, epitet metaforaning ayrim ko‗rinishi ham emas‖1.
I.Shukurov bu ikki hodisa o‗rtasidagi farqi leksemalarning semik tuzilishi asosida ko‗rsatib beradi. Uning ta‘kidlashicha, sher leksemasining semik strukturasi ―kuchli‖, ―dovyurak‖, ―xayvon‖ semalaridan iborat. Agar shu leksemaning muayyan kontekstda semantik strukturasidagi semalarida o‗zgarish sodir bo‗lsa, yangi ma‘no kasb etadi va metafora ro‗y beradi. Masalan, Qani, sherlar olg‘a! ... (H.Olimjon). Bu gapdagi sher leksemasida ―kuchli‖, ―dovyurak‖ semalari saqlanib, ―hayvon‖ semasi o‗rniga ―odam‖ semasi qo‗shilgan. Ana shu 1 Хўжаева Д. Ўзбек тилида эпитет: Фил. фанлари номзоди … дис. автореф. – Тошкент, 1996. – Б. 15. o‗zgarish metaforaga sabchi bo‗lgan. Sher yigit birikmasida esa dastlabki ikki sema ―kuchli‖, ―dovyurak‖ semalari bilan qo‗llangan. Uchinchi sema tushib qolgan. Yangi sema vujudga kelgan emas. Shuning uchun u metafora emas, balki epitetdir. Shunday qilib, metaforada yangi sema mavjud bo‗lib, ma‘noda o‗rganish ro‗y beradi. Epitetda esa ma‘no tuzilishidagi ayrim semalargina yuzaga chiqadi. D.Xo‗jaeva ―... metaforada yangi sema yuzaga kelganligi uchun ma‘no o‗zgaradi, epitetda ma‘no semalarining ayrimlarigina yuzaga chiqadi‖ deb hisoblaydi. Qani, sherlar, olg‗a hamon, g‗alaba tomon (H.Olimjon) (Misol D.Xo‗jaevadan olindi) gapida ―sherlar‖ so‗zini ―dovyuraklar, kuchlilar‖ so‗zi bilan almashtirish mumkin, mumkingina emas, tabiiy ham. Bizningcha, yangi sema hosil bo‗lishi har ikkala holat uchun ham xos emas. Chunki yangi sema hosil bo‗lsa, yangi so‗z hosil bo‗ladi. Yangi sema so‗z semantikasini o‗zgartiradi. Metafora so‗z semantikasini o‗zgartirmaydi, aksincha ta‘sir ko‗rsatadi. Download 127.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling