Universiteti filologiya fakulteti
METAFORANING BADIIY MATNDAGI VAZIFALARI
Download 127.43 Kb.
|
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni 1
METAFORANING BADIIY MATNDAGI VAZIFALARIMetaforaning uslubiy xususiyatlariYuqorida ta‘kilab o‗tildiki, metafora haqida ko‗plab ilmiy asarlar yaratilgan. Ularning aksariyatida metaforaning asosiy mohiyatini o‗xshatish, qiyoslashdan iborat mantiqiy amal tashkil etishi aytilgan. Aristotel o‗zining «Ritorika» asarida metafora bilan o‗xshatish o‗rtasida katta farq yo‗qligini, yaxshi o‗xshatishni osonlik bilan metaforaga aylantirish mumkinligini, ularning mohiyatida yaqinlik mavjudligini ta‘kidlaydi. Yunon faylasufi aytadiki, agar shoir Axill haqida «U sherdek tashlandi» desa, bu yerda o‗xshatish voqe bo‗ladi, agar shoir shu qahramon haqida «Sher tashlandi» desa, metafora yuzaga keladi. Metaforaning ana shunday mohiyatini inobatga olgan holda prof. R.Qo‗n-g‗urov «O‗zbek tilining tasviriy vositalari» kitobida mana bunday deb yozgan: «Metaforani yashirin o‗xshatish deyish ham mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos ham doim asosiy ikki a‘zodan tashkil topsa (ya‘ni nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyos qilinadi — qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi a‘zo — o‗xshatilgan narsa qoladi, o‗xshagan narsa tushiriladi, lekin u kontekstdan ochiq sezilib turadi, demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a‘zo orqali idrok qilinadi». Bu fikrga qo‗shilgan holda, shuni ham aytish kerakki, sof lisoniy nuqtai nazardan, bizningcha, metaforani «yashirin o‗xshatish» deb emas, balki «qisqartirilgan o‗xshatish» deb qarash maqsadga muvofiqroq ko‗rinadi. Chunki metaforada o‗xshatishning to‗rtta uzvidan uchtasi (o‗xshatish sub‘ekti, o‗xshatish asosi, o‗xshatishning shakliy ko‗rsatkichi) qisqartirilib, faqat o‗xshatish etalonining o‗zi saqlab qolinadi. Metafora bevosita ana shu o‗xshatish etalonida, yanayam to‗g‗rirog‗i, metaforik ko‗chma ma‘no o‗xshatish etaloni o‗rnidagi so‗zning ma‘no tarkibida yuzaga keladi. O‗xshatish asosidagi belgi yoki harakat-holatni, shuningdek, o‗xshatish subyektini ifodalagan va qisqartirilgan so‗zlarning ma‘nolarini ayni o‗xshatish etaloni o‗ziga xos tarzda o‗z ustiga oladi. Ana shu jarayonlar natijasida nutqda so‗z semantikasida obrazlilikka juda ham boy ko‗chma ma‘no yuzaga chiqadi. Metafora narsa-buyum, voqea-hodisalar, belgilar o‗rtasidagi o‗zaro o‗xshashlikka asoslangan ma‘no ko‗chishi, ya‘ni metafora ko‗chma ma‘no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir1. U mumtoz adabiyotshunos-ligimizda "istiora" deb ham yuritiladi. Matnga lingvopoetik yondashuvda lisoniy va xususiy-muallif metaforalarini farqlash maqsadga muvofiq. 1 Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р, Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси.Т.: Ўқитувчи, 1983,–Б.246; Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., Лапасов Ж. Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили.-Т.: Ўқитувчи,1990. –Б.219; Қиличев Э. Ўзбек тилининг амалий стилистикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1992; Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини, – Т., НДА., 2000. – 23 б; Қўнғиров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. –Т.: Ўқитувчи, 1992. Lisoniy metaforalar til taraqqiyoti bilan bog‗liq hodisa hisoblanadi, ular tilda uzuallik kasb etib bo‗lgan. Shuning uchun ham tadqiqotchilar to‗g‗ri ta‘kidlaganlaridek, "bunday metaforalar, asosan, atash, nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda uslubiy bo‗yoq, ekspressivlik, binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi". Faqatgina ma‘lum bir so‗zning ma‘no doirasi kengayadi hamda yangi tushunchalarni atash uchun xizmat qiladi. Masalan: odamning oyog‗i — stolning oyog‗i, odamning ko‗zi — uzukning ko‗zi, ko‗ylakning etagi — tog‗ning etagi kabi. Demak, lisoniy metaforalar lingvopoetik nuqtayi nazardan jiddiy qimmatga ega emas. Xususiy-muallif metaforalari esa yangi va okkazional, kutilmagan bo‗ladi. Ularni yozuvchining o‗zi estetik maqsad, ya‘ni borliqni subyektiv munosabatini ham qo‗shib obrazli ifodalab nomlash asosida yaratadi. Ular uslubiy jihatdan bo‗yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo‗ladi. Shuning uchun ham badiiy matnda qahramonning his- tuyg‗ularini ta‘sirchan, yorqin bo‗yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham bunday metaforalar badiiy matnning lingvopoetik tahlilida favqulodda muhim o‗rin tutadi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma‘no aniq holda ifodalanadi. Ayrim tadqiqotchilar ot, eshak, qo‗y, it, bo‗ri, tulki, yo‗lbars, boyo‗g‗li, musicha, burgut, lochin, qaldirg‗och, bulbul kabi so‗zlar ko‗chma ma‘nolarda keng qo‗llanishini aytib, shunday mulohaza bildiradilar: ―Otning baquvvatligi, eshakning aqlsizligi, qo‗yning yuvoshligi, itning vafodorligi, mushukning epchilligi, tulkining ayyorligi, burgutning changallashdagi kuchliligi, lochinning ko‗zi o‗tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan metaforik usulda ko‗chiriladi, natijada konnotativ ma‘no yuzaga keladi hamda matnning ta‘sirchanligi oshadi‖1. To‗g‗ri, bunday metaforalar asosidagi ko‗chma ma‘nolar, albatta, konnotativ ma‘noga ega, shuning uchun matnning ta‘sirchanligiga yordam beradi. Lekin ular an‘anaviy metaforalardir, xususiy-muallif metaforalari emas, ya‘ni ko‗p qo‗llangan, yangi, original emas. Shunga ko‗ra ularning badiiy matndagi lingvopoetik salmoq darajasi xususiy-muallif metaforalariga qaraganda ancha pastdir. Masalan, buqlamun so‗zining metaforik ko‗chma ma‘nosi "o‗zgaruvchan (odam)" demakdir, bu ma‘no lug‗atlarda ham qayd etilgan. Ayni ma‘no tarkibida konnotativlik bor, shuning uchun buqalamun bilan uchrashuv (S.Ahmad.) birikmasidagi ifoda ta‘sirli. Lekin bu ma‘noning yuzaga kelishi yozuvchiga bog‗liq emas, u oldindan ma‘lum. Yangi, kutilmagan, ijodkorning o‗ziga xos metaforalar badiiy matnda kuchli darajada poetik ta‘kidga ega bo‗ladi. Aytaylik, yozuvchi tomonidan yaratilgan kelinlar ko‗zgoloni (S.Ahmad.) birikmasidagi qo‗zg‗olon so‗zida yuzaga kelgan metaforaning poetik 1 Мамадалиев М. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив аспекти: Филол.фан. номз. дисс... –Тошкент: 1998. –Б.12. kuchi oldingidan ortiq. Shuning uchun ham aynan xususiy-muallif metaforalarining poetik salmog‗i jiddiydir. Metaforalarning odatiy, sinestetik metaforalar va jonlantirish tarzida tilshunoslikda farqlanadigan barcha turlari2 badiiy matnda ijodkor mahorati bilan o‗ziga xos tarzda yaratiladi va kuchli darajada poetik aktuallashadi, badiiy mazmunning ifodalanishida faol ishtirok etadi. Ijodkorning o‗zi tomonidan yaratilgan odatiy metaforalar juda to‗q obrazli badiiy ma‘nolarni yuzaga keltiradi. Masalan: Download 127.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling