Universiteti hamda termiz davlat pedagogika instituti


Download 32.17 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1514166
  1   2   3   4
Bog'liq
Termiz davlat pedagogika instituti shartnoma


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
hamda
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
o‘rtasida ta’lim va fan sohasi bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik to‘g‘risida
_______-sonli SHARTNOMA


1.Umumiy qoidalar

    1. Ushbu shartnoma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (yuridik manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor 27 uy, indeks 100185) nomidan rektor Kirgizbayev Abdugappor Karimjonovich bir tomondan hamda Termiz davlat pedagogika instituti (yuridik manzil: Termiz shahar Islom Karimov ko‘chasi 288-b uy) nomidan rektor Qobulov Eshbolta Atamurodovich ikkinchi tomondan (bundan keyin - Taraflar deb nomlanadi) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, 2018-yil 5-iyundan “Oliy ta`lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-soni qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-sonli qarorida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida taraflar o‘rtasida ta’lim va fan sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni amalga oshirilishi to‘g‘risida tuzildi.

1.2. Shartnomaning asosiy maqsadi rakobatbardosh yuqori malakali yetuk mutaxassislarni tayyorlash, o‘zaro metodik yordam ko‘rsatish, masofaviy ta’limni amalga oshirish. Qo‘shma ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish, birgalikda ilmiy amaliy, fundamental) tadqiqotlar o‘tkazish va iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hamda, ilmiy adabiyotlarni yaratish, kadrlar ilmiy saloxiyatini oshirish ishlariga ko‘maklashish hamda taraflarning ilmiy-texnik va ilmiy saloxiyat imkoniyatlarini birlashtirish deya qabul qilinadi.



Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling