Universiteti hamidjon homidiy tasavvuf adabiyoti


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/20
Sana04.04.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

 
 

 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
 
 
HAMIDJON HOMIDIY 
 
TASAVVUF ADABIYOTI  
FANIDAN MA’RUZA MATNI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2011 
 
 
 
 
 
 
 

 
 

MASHOYIXLAR TAZKIRASI 
Tasavvuf  uzoq  asrlar  davomida  xalqimiz  ma’naviyatini  boyitishga  xizmat 
qilib  kelgan.  Insonning  ruhiy-axloqiy  poklanishi,  ilohiy  muhabbat  bilan  yuksalib 
borish bu ta’limotning asosiy g’oyalaridir. Shu bois tasavvuf chuqur insonparvarlik 
g’oyalari  bilan  omuxta  bo’lib,  haqiqat  talabida  yurgan  odamlar  qalbiga  yul  topdi, 
odamlarning  poklik,  abadiy  hayot,  ko’ngil  hurriyati  haqidagi  orzularini  ifodalab 
keldi.  Xalqimiz  so’fiy  darveshlarga  hurmat-ehtirom  orqali  Alloh  taologa,  Uning 
insonni  ulug’lagan  qudrati  va  fayzu  futuhiga  e’tiqodlarini  izhor  etganlar. 
Shayxlarning  karomatlari,  so’zlari  va  siyratu  surati  yuksak  axlok  va  ilohiy 
muqaddaslik  namunasi  sifatida  qabul  qilingan.  Tasavvuf  shayxlari  xalqning 
ma’naviy  rahbarlari,  ruhoniy  murabbiy  sifatida  maydonga  chiqib,  payg’ambar 
faoliyati, holatlarini davom ettirishga jazm etganlar. 
Shu  bois  tasavvufning  tarixiy  taraqqiyoti,  nazariy  jihatlarini  o’rgalish 
barobarida,  yirik  shayxlar,  avliyolar  faoliyatini  o’rganish  ham  muhim 
hisoblanadi.  Voqean,  nazariy  qarashlarning  o’zi  ham  shayxlarning  so’zi  va 
holatlari,  asarlari,  nasihatlari,  ular  haqidagi  xotiralar,  rivoyat  va  hikoyatlarni 
o’rganish zamirida umumlashtirilgan. 
Ulug’  so’fiy  va  shoir  Farididdin  Attor  o’zining  «Tazkiratul  avliyo»  asari 
muqaddimasida  qayd  etadiki,  avliyolarning  so’zi  kishi  qalbining  malhami  va 
ruhiniig  quvvatidir,  kimki  avliyo  so’zini  diliga  jo  etsa,  U  Qur’on  va  Hadislar 
mag’ziga  eshik  ochadi,  o’zining  holati,  axloqini,  qilayotgan  ishlarining  yaxshi-
yomonligini  o’ylaydigan  bo’lib  qodadi  va  hayot,  oxirat,  insoniylik  xususida 
mulohaza yuritib, ichki olamini tartibga soladi. 
Avliyolar  haqida  tazkira  bitish,  ularning  maqomat  va  manoqiblarini  yozish 
ham bizda bir an’anaga aylanib qolgan edi. Jumladan, Abdurahmon Sullamiyning 
«Tabaqatus  so’fiya»,  Abdulloh  Ansoriyning  «Manozilus  soirii»,  Attorning 
«Tazkiratul  avliyo»,  Jomiyning  «Nafahatul  uns»,  Navoiyning  «Nasoyimul 
muhabbat»,  Muxammad  Siddiq  Rushdiyning  «Tazkiratul  avliyoi  turkiy»  kabi 
kitoblarni ko’rsatish mumkin. 
Bulardan  Navoiy  va  Rushdiy  asarlari  o’zbek  tilidadir.  Ammo  ularning  tili 

 
 

xiyla  eskirib  hozirgi  kitobxonlarga  qiyinchilik  tug’diradi.  Filologiya  fanlari 
doktori,  profsssor  Hamidjon  (Homidiy)  Homidov  shu  qadimiy  ai’anani  davom 
ettirgan  holda  so’fiy  shayxlari,  oriflar  va  valiy  insonlarning  hayoti  va  asarlarini 
o’rganib  chiqib,  «Rasululloh duo so’ragan  avliyo»  nomi bilan  bir kitob  yaratibdi. 
Rostini  aytsam,  shunday  kitobning  yaratilishini  anchadan  beri  orzu  qilardim. 
Kitobni  o’qib  chiqdim  va  qoniqish  hosil  qildim.  Chunki  katta  mehnat  amalga 
oshirilgan. Talay manbalarga suyangan holda muallif 66 ta shayxning tarjimai holi, 
faoliyatini  ixcham,  ammo  ravon  va  ommabop  usulda  yoritib  bergan.  Shu  bilan 
birga  shayxlarning  bayon  etgan  hikmatlari,  fikru  mulohazalaridan  namunalar 
keltirilgan.  Tasavvuf  tazkiralari,  manoqiblar  rivoyat  va  naqllarga  serob.  Chunki 
xuddi  shu  rivoyat  va  naqllar  shayxlarning  tutgan  yo’li,  o’ziga  xos  tariqati,  niyat-
maqsadini ochishga xizmat qiladi. Kitobda rivoyatlardan unumli foydalangan. 
Kitob  shayx  Habib  Ajamiy  bilan  boshlanib,  Muhammad  Siddik  Rushdiy 
bilan  yakun  topadi.  Kitobda  tasavvufning  turli  yo’nalishiga  mansub  shayx  va 
oriflar hayoti zikri mavjud. Kitobda Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Abulhasan 
Xarraqoniy, Abusaid Abulxayr kabi jununtabiat, iloh ishqining sarxushlari, Junayd 
Bag’dodiy,  Zunnun  Misriy,  Abdulloh  Ansoriy,  Abduhamid  G’azzoliy,  Najmiddin 
Kubro  kabi  «hushyor»  valilar,  o’zbek  kitobxoniga  unchalik  tanish  bo’lmagan 
Zaynul  Islom,  Abulabbos  Qassob,  Muhammad  Xafif  singari  o’nlab  shayxlarga 
o’rin  berilgan.  Ularning  bir  qismi  yangi  tariqatlarni  asoslagan  kishilar  bo’lsa, 
ba’zilari  ilmiy  faoliyatda,  risolalar  yozishda  nom  qozongan,  ba’zilari 
targ’ibotchilik va kashfu-karomatda o’zini ko’rsatganlardir. 
Xullas,  tasavvuf  va  tariqatlar  bilan  qiziqadigan  odamlar  uchun  bu  kitob 
qimmatli  manbadir.  Islom  tarixi,  Movarounnahr  tasavvufini  o’rganuvchilar  ham 
ushbu kitobdan o’zlariga kerakli ma’lumotlarni topa oladilar. Shubhasiz, bu kabi 
asarlarning kupayishi ma’naviyat tarixini o’rganish nuqtai nazaridan ham, bugungi 
ma’rifatimiz uchun ham foydalidir. 
N. KOMILOV 
filologiya fanlari doktori, profeesor 
 

 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MUQADDIMA 
Mustaqillik  tufayli  milliy  qadriyatlarimizni  har  tomonlama,  mukammal 
o’rganish  borasida  olimlarimiz  ulkan  yutuqlarni  qo’lga  kiritdilar:  Islomiy  bilimlar 
keng  xalq  ommasiga  etkazilmoqda;  Qur’oni  Karim,  hadisi  Shariflar  bir  necha  marta 
chop  etiLi;  ma’naviyatimizning  buyuk  daholari  tug’ilgan  sanalar  xalqaro  miqyosda 
nishonlanayotir.  Bir  guruh  olimlarimiz  so’fizm  ta’limoti  darg’alari  ijodini  tadqiq 

 
 

qilish yo’lida fidoyilik ko’rsatmoqdalar. Fan doktorlari,  professorlar  N.Komilov, 
0.Usmonov,  I.Haqkulov,  I.Suvonqulov,  B.Nazarov,  filologiya  fanlari  nomzodlari 
Sultonmurod  Olim,  Sayfiddin  Rafiddinovlar  bu  sohada  o’zgalarga  namuna  bo’lib 
kelayotirlar.  Ushbu  satrlar  muallifi  ham  ana  shu  hamkasblariga  ergashib  ko’pdan 
beri  so’fizm  tarixi  va  buyuk mashoyixlar hayotini o’rganib, o’qigan va bilganlarini 
«Rasululloh  duo  so’ragan  avliyo»  nomi  bilan  bir  majmuaga  jamladi.  Kitobni 
yozishda muallif kasbdoshlari asarlari, boshqa manbalar bilan bir qatorda Attorning 
«Tazkiratul  avliyo»,  Jomiyning  «Nafahotul  uns»,  Roqimiyning  «Tarixi  tomm», 
Muhammad  Siddiq  Rushdiyning  «Tazkiratul  avliyoi  turkiy»,  Saidziyovuddin 
Sajjodiyning  «Irfon  va  tasavvufga  muqaddima»,  Abdulrofe’  Haqiqatning  «Eronda 
tasavvuf tarixi» singari asarlarga ham suyandi. Risola keng xalq ommasiga Sharqning 
buyuk  so’fiy  avliyolarining  hayoti  va  faoliyati  xususida  lo’nda  ma’lumot  berishga 
mo’ljallangan  bo’lib,  ularning  hikmatlaridan  namunalar  ham  berildi.  Avliyolarning 
shaxsiy  hayoti,  kasb  egallash,  ilm  o’rganish  yo’lidagi  zahmat  va  riyozatlari, 
e’tiqodda  metindek  sobitliklari  barcha  zamon  kishilari  uchun  namunadir. 
Allomalarning kitobda keltirilgan hikmatlari, asosan, Rushdiyning «Tazkiratul avliyoi 
turkiy»sidan olindi. 
 
 
 
 
 
TASAVVUF TARIQATLARI 
Sharq tasavvufi tarixida bir qancha maktablar yoki tariqatlar bo’lgan. Ularning 
paydo bo’lishi va taraqqiyoti tarixi Abulhasan Ismoil Xujviriyning «Kashf-ul-mahjub», 
Doroshukuhning «Sakinat ul-avliyo», Abdulrofe’ Haqiqatning «Eronlik oriflar va irfon 
tarixi»,  Saidziyovuddin  Sajjodiyning  «Tasavvuf  muqaddimasi»,  Najmiddin 
Komilovning  «Tasavvuf»  kitoblarida  bir  muncha  batafsil  yoritilgan  va  tahlil 
qilingan.  Biz  ham  o’quvchilarda  o’tmishdagi  Sharq  mamlakatlarida  keng  tarqalgan 
tasavvuf  maktablari,  tariqatlari  haqida  ma’lum  tasavvur  tug’dirish  niyatida  ularning 

 
 

mohiyatini  muxtasar  bayon  etishni  lozim  topdik.  Ilmiy  adabiyotlarda  bu  oqimlar 
«maktab», «tariqat» tarzida zikr etilgan. Biz ham shu yuldan bordik. 
Muhosibiya.  Ushbu oqimning  asoschisi Horis  binni As’ad Muhosibiydir. U 
rizoga e’tiqod qo’ygandi. Rizo  aslida  maqom  ma’nosini  anglatib,  ikki xil bo’ladi: 
biri  Xudoning  insonlardan  rizoligi  bo’lsa,  ikkinchisi  insonlarning  Xudodan 
rizoligidir.  Xudoning  insonlardan  rizoligining  ma’nosi  shuki,  odamlar  hamisha 
Xudoga  muhabbat  yulida  yaxshi  amalni  bajarishga  intilsin;  insonlarning  Xudodan 
rizoligi  bo’lsa,  ularning  Xudoga  taslim  bo’lish  va  unga  hamisha  xizmat  qilishidir. 
Shuning  uchun  ham  inson  rizosi  bilan  Xudo  rizoligi  orasida  uzviy  boqliqlik 
mavjud.  Shu  sababli  rizo  sabr  va  bardosh  asosiga  qurilgan  ilohiy  muhabbatdir.  Bu 
muhabbat sohibi hayotdagi og’irlik va engillikni, xushlik va noxushlikni ilohiy bir 
jilva  deb  qabul  qiladi  va  shu  sababli  turmushdagi  barcha  qiyinchiliklarni 
bamaylixotir qabul qiladi va o’tkazadi. Rizo zuxd yoki nafs inkoridan ustun  turadi. 
Zeroki  rizoning  sarchashmasi  Xudoga  ishqdir.  Muhosibiy  tasavvufda  rizoni hol 
va maqom bilan chambarchas bog’liq, deb izohlaydi. 
Muhosibiy.  shuningdek,  o’z-o’zini,  nafsini  nazorat  qilish,  o’z-o’ziga  hisob 
berish (taxallusi shunga asoslanadi)ni solikning muhim fazilati deb bilgan. 
Malomatiya. Bu oqimning paydo bo’lishi tarixi islom vujudga kelgan ilk davrlar 
bilan bog’liq. Uning markazi Nishopur shahri hisoblanadi. Bu ta’limotga dastlab buyuk 
mashoyixlardan  Abu  Hafs  Nishopuriy,  Hamdun  Qassor,  Abu  Usmon  Hiriylar  asos 
solishgan. Shu boisdan o’sha davrlarda bu oqimni «hamduniya» eki «qassoriya» oqimi, 
deb  atash  ham  odat  tusiga  kirgan.  Mazkur  tariqat  asoschilarining  bosh  nazariyasiga 
ko’ra har bir so’fiy o’z fazilatlari va odamlarga qilgan yaxshiliklarini pinhon tutmog’i, 
o’zini  aybdor  va  gunohkordek  ko’rsatib  yurmog’i  darkor.  Tokim  kishilar  ulardan 
biron  nuqson  yoki  g’alat  qidirsin.  Ya’ni  har  bir  malomatiy  o’zining  oliy  xislati  va 
elga qilgan xizmatidan xudbinlik va g’ururga berilmasligi lozim. Ularning aqidasicha, 
Alloh  kishining  barcha  yaxshiliklarini  ko’rib  turadi.  Shuning  uchun  bu  sifatlar 
o’zgalarning  nazariga  tushishi  yoki  bo’lmasa  xalqqa  ko’z-ko’z  qilinishi  shart  emas. 
Malomatiylar  mo’’minlarning  o’zaro  adovatda  bo’lishi,  mazhab  talashib,  nizo  paydo 
qilishiga  qarshi  edilar.  Shuning  uchun  xalq  ulardan  ayb  qidirib,  kamsitib, 

 
 

«malomat» qilsalar ham, bu toifa vakillari hech kim bilan munoqashaga borishmas, 
«malomat qiluvchi»lardan aslo qo’rqmas va ranjimas edilar. 
Malomatiylar  aslni  o’z  nafslarining  ma’rifati,  deb  bilishadi  va  ma’rifatni  esa, 
rabbiy  ma’rifatining  vosilasi  hisoblashgan,  shunga  amal  kilishgan.  Ular  ibodatni 
banda  bilan  Haqni  bog’lab  turadigan  rishta,  dsb  bilishgan.  Shuning  uchun  ular 
qanchalik  malomatga  qolsang,  shuncha  g’urur  va  firebdan  yiroq  bo’lasan,  dsgan 
aqidaga  suyanishgan.  Malomatiy  ichki  tuyg’ularni  tashqariga  chiqazishmas,  zuhd, 
riyozat  va  karomatni  izhor  etmoqni  johillik,  riyo,  deb  bilishgan.  Aksariyat 
tadqiqotchilar  malomatiylarni  eng  insondo’st,  adolatpesha,  ma’rifatparvar,  Haqqa 
yaqin ahl, deb ta’riflashgan. 
Tayfuriya. Sharqda eng ko’p tarqalgan so’fiyona ta’limotlardan biri tayfuriyadir. 
Uning  asoschisi  o’nlab  mashoyixlarning  ustodi,  metindek  iroda  sohibi,  buyuk  shayx, 
«sulton-ul-orifin»  Boyazid  Bistomiydir.  Bu  ta’limotning  asosini  sukr,  ya’ni  ko’proq 
xalqdan  uzoqlashib,  xilvatu  uzlatda,  go’shanishinlikda  faoliyat  ko’rsatish  tashkil 
qiladi.  Demak,  tayfuriya  tarafdorlari  uzlatga  chekinib,  zikr  tushib,  Haq  yodi  bilan 
yashashni targ’ib etganlar. Mazkur ta’limot mohiyat e’tibori bilan junaydiya oqimi 
nazariyasiga  ziddir.  Boyazid  Bistomiyning  aqidasicha,  sukr  (mastlik)  xushyorlik 
(sahv)dan ustundir. Zeroki sukrda insoniylik sifati ko’tarilib, ilohiylik g’alaba qiladi, 
ya’ni  nafs  fanosiga  Haqqa  yaqinlashadi.  Ammo  aksariyat  tasavvuf  donishmandlari, 
jumladan, Zahiriddin Mur’ash bu ta’limotga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshgan. 
Juniydiya.  Bu  tariqatning  asoschisi  mashhur  shayx  Junayd  Bag’dodiydir. 
Junaydiya  tasavvufda  mastlik  –  sukr  holatidan  xushyorlik  –  sahvni  ustun  qo’yib, 
xushyorlik  tabiiy  holat,  mastlik  esa  g’ayritabiiy  ruhiy  holatdir,  dsb  ta’kidlagan.  Bu 
tariqat  tarafdorlari  islom  aqidalariga  yaqin,  mo’’tadil  yo’l  tutganlari  uchui  olimlar 
Junayd  Bag’dodiyni  so’fizmda  mo’’tadillik  ta’limotining  bayroqdori,  deb  atashadi. 
Abunasr  Sarroj,  Abo’ali  Daqqoq,  Abulqosim  Qashiriy  kabi  mashhur  mashoyixlar 
junaydiya  tariqatining  tarafdorlaridandir.  Keyingi  asrlardagi  islomiy  ahkomlardan 
uzoqlashishni  istamagan  qodiriya,  naqshbandiya  singari  bir  qator  tariqatlar 
namoyandalariga ham junaydiya ta’limoti talablari qo’l kelgan. 
Nuriya  maktabi.  Sharqda  ancha  keng  tarqalgan  va  faol  so’fistik  maktab 

 
 

yoki tariqatlardan biri Nuriya maktabidir. Uning asoschisi Xurosonlik shayx Husayn 
Ahmad Nuriydir. Bu tariqat tarafdorlarining aqidasicha har bir orif faqat o’zgalarning 
manfaati  va  osoyishtaligini  o’ylab  hayot  kechirmog’i  zarur.  Zeroki  boshqalarning 
himoyasini  deb,  ularga  xizmat  qilib,  faqirona  yashashga  ruju  qilmoq  insonni  kibru 
havodan asraydi, nafsni chegaralash imkoniyatini yaratadi. 
Qodiriya tariqati. Ushbu tariqatga mashhur shayx Abdulqodir Geloniy (G’avsul 
A’zam,  Qutbul  A’zam)  asos  solgan.  Qodiriya  ta’limotining  asosini  qalbiy  riyozat 
tashkil  etadi.  Bu  ta’limotning  ko’p  jihatlari  shofeiya  va  hanbaliya  mazhablari 
dunyoqarashiga  yaqin.  Abdulqodir  Geloniy  hanbaliya  suniiylaridan  bo’lib,  «Shayxi 
Mashriq»  nomi  bilan  ham  shuhrat  topgandi.  Ularning  qarashlari  bilan  shialar 
nazariyasi  o’rtasida  jiddiy  ziddiyat  mavjud  edi.  Shuning  uchun  Qodiriyalar 
Safaviylar  davrida  Bag’dodga  hijrat  qiladilar.  Ular  hamisha  yashil  libos  kiyib 
yurishgan,  ya’ni  bu  tariqat  ramzi  yashil  rang  bo’lgan.  Qodiriya  tarafdorlari, 
Movarounnahr, Turkiston, Eronda ko’p uchragan. 
Suhravardiya.  Ushbu  tariqatning  asoschisi  Shahobiddin  Abuhafs  Umar 
Suhravardiydir. Uning asosini ibodat, zuhd va mujohadat, umuman, irfoniy ma’riat 
tashkil  etadi.  Suhravardiya  silsilasining  Hindistonda  Bahouddin  Zakariyo  Multoniy 
rivojlantirdi.  Hozir  ham  Pokiston,  Hindiston  va  Afg’onistonda  suhravardiya 
ta’limotining davomchilari bor. 
Mavlavaya.  Sharqda  ancha  mashhur  va  keng  tarqalgan  mavlaviya  tariqatining 
muassisi  Jaloliddin  Muhammad  Balxiy  (Rumiy)dir.  Uning  asosini  osmoniy 
jismlarning ramzi bo’lmish raqsu samo’ tashkil qiladi. Mavlaviylar ustozlari atrofida 
musiqa  jo’rligida  zavq-shavq  bilan  gir  aylanib  raqs  tushib,  qo’shiq  aytadilar,  zikr 
tushalilar.  Shuning  uchun  ularni  «tavof  etuvchi»  —  «charx  urib  aylanuvchi» 
darveshlar  deyishgan.  Ular  shiddatli  harakat  va  raks  jarayonida  o’zidan  ketishni 
Haqqa  etish  oni,  deb  bilishgan.  Mavlaviya  asosan  Usmonli  Turkiyasida  ravnaq 
topgan.  Ular  cho’kka  qalpoq  kiyib  yurishga  odatlanishgan.  Hozir  ham  Turkiyaning 
Kunyo shahridagi Mavlaviy maqbarasidan kuy taralib turadi. 
Kubroviya. Bu tariqat O’rta Osiyoda paydo bo’lib, unga shayx Najmiddin Kubro 
Xorazmiy  asos  solgan.  Mazkur  ta’limot  negizini  hufya  zikr  tashkil  kiladi.  Ular 

 
 

Qur’onni  hufya  o’qib  o’rganish  tarafdori  edilar.  Kubroviyalar  boshqa  tasavvuf 
tariqatlarida  bo’lganidek,  uzlatda,  go’shanishinlikda  bo’lishni,  tarkidunyochilikni 
targ’ib qilganlar. Ular O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ijtimoiy-siyosiy hayotida sezilarli 
rol  o’ynagan.  Majididdin  Bag’dodiy,  Sa’duddin  Hamaviy,  Bobo  Kamoli  Chandiy, 
Sayfiddin  Boxarziy,  Najmiddin  Roziylar  mashhur  kubroviya  shayxlaridan 
hisoblanadilar.  Shuni  ham  alohida  ta’kidlash  kerakkim,  Kubroviya  tarafdorlari 
javonmardlikni o’zlarining muhim fazilatlaridan biri deb bilishgan. 
Chishtiya.  Tasavvufshunoslikka  doir  adabiyotlarda  Ibroxim  Adham, 
Muyniddin  Chishtiylar  bu  ta’limotning  dastlabki  asoschilari,  deb  uqtiriladi.  Bu 
tariqat  asli  Hirot  atroflarida  paydo  bo’lib,  so’ngra  Hindistonda  keng  tarqalgan. 
Chishtiyalarning  ta’limotiga  ko’ra  Alloh  barchani  teng  yaratgani  uchun  bandalari 
barobar  yashamog’i  zarur.  Shuning  uchun  dardmandlarga  darmon  bo’lmoq,  ochlarni 
to’ydirmoq olijanob insoniy fazilatdir. Ularning aqidasicha, har bir mo’min daryodek 
saxiy, oftobdek nurposh, zamindek ta’zim-tavazu’da bo’lmog’i darkor. Zeroki Alloh ana 
shunday bandalarini sevadi. Tenglik va insonparvarlikni targ’ib etgani uchun oddiy 
mehnatkashlar  Chishtiyalarga  ko’p  ergashdilar.  Bu  harakatning  peshvosi  Muyniddin 
Chishtiy  (XII  asr)  Hirot  yaqinida  tug’ilib,  Buxoro  va  Samarqand  madrasalarida 
o’qigan.  So’ng  Bag’dodga  hijrat  qilib,  mashhur  shayx  Xoja  Usmon  Xoruniy 
huzurida  20  yil  xizmat  qiladi  va  uning  qo’lidan  xirka  kiyadi.  Shundan  so’ng 
Hindistonga borib, tasavvufda o’z maktabini yaratadi. 
Naqshbandiya.  Bu  ta’limotning  asoschisi  buxorolik  Bahovuddin  Muhammad 
Naqshbanddir.  Naqshbandiylik  o’z  ta’limoti  asosini  Abdulholiq  G’ijduvoniyning 
xufya  zikr  haqidagi  fikridan  olgan.  Ularning  aqidasicha,  har  bir  so’fi  faol  inson 
bo’lmog’i, biron-bir kasb-kor bilan shug’ullanib qo’l kuchi bilan topilgan rizqu ro’zi 
evaziga  kun  kechirmog’i  lozim,  ya’ni  «dil  ba  yoru  dast  bakor»  bo’lmog’i  zarur. 
Shunipg uchun ham naqshbandiylar go’shanishinlik, tarkidunyochilikni qatiyan rad 
etishgan.  Naqshbandiylikda  muridning  shaxsiyati  va  tarbiyasiga,  vazifa  hamda 
mas’uliyatiga alohida e’tibor berishgan. Shu sababli bu ta’limot O’rta Osiyo, Eron, 
Afg’oniston,  Turkiya  hatto  Kavkaz  kabi  mintaqalarda  keng  tarqalgan.  Uning 
asoschisi «Bahovuddin Balogardon» laqabi bilan keng xalq ommasi orasida din va 

 
 
10 
ma’naviyatning buyuk arbobi sifatida shuhrat topgan. 
Bektoshiya.  Kichik  Osiyoda  voyaga  etgan  Hoji  Bektosh  Valiy  (XII  asr)  bu 
tariqatga  asos  solgan.  Bektoshiylar Aliga muhabbat qo’yib, shialarning 12 imomini 
ardoqlab,  Alloh,  Muxammadga  e’tiqod  qo’yish,  shar’iy  taom  va  sharoblarnigina 
tanovvul  etish,  ahdu  paymonda  sobitqadam  bo’lishga  rioya  qilishgan.  Vektoshiylar 
maxsus darveshlar manzilgohlarida istiqomat qilsalar-da mol-mulklari ko’p bo’lardi. 
Bektoshiydar  manzili-dayrini  murshid  (bobo)  nazorat  va  idora  kilib  turgan.  XIX 
asrga  qadar  bektoshiylar  Turkiya  siyosatida  kuchli  ta’sirga  ega  edilar.  Zeroki,  ular 
mamlakatdagi  asosiy  siyosiy  oqim  yanicharlarni  qo’llab-quvvatlar  edi.  1826  yili 
yanicharlar  korpusi  tor-mor  etilgach,  bektoshiylar  faoliyati  hukumat  tomonidan 
ta’qiqlab  quyildi.  Natijada  bu  tariqat  tarafdorlari  o’z  qarorgohlarini  Albaniyaga 
ko’chiradilar. Ammo bektoshiylar hamon yashirin  faoliyat  olib  borishar  edi.  Ikkinchi 
jahon urushidan so’ng esa mamlakatda bektoshiylar yanada jonlanishdi. 
Bundan  tashkari  o’tmishda  Mashriqzaminning  turli  mintaqa  va  shaharlarida 
«Shotiriya»,  «Ahroriya»,  «Hakimiya»,  «Xarroziya»,  «Hafifiya»,  «Sayyoriya», 
«Rofe’iya», «Haydariya», «Shoziliya», «Ne’matullohiya», «Nurbaxshiya» singari turli 
tasavvuf maktab va tariqatlari faoliyat ko’rsatib, irfoniy ma’rifat inkishofiga u yoki bu 
darajada  ulush  qo’shgan.  Jumladan,  XIX  asrda  Eronda  paydo  bo’lgan 
«Ne’matulloxiya» tariqatining  payrav  hamda  davomchilari  mamlakatda  hozir ham 
mavjud.  Ushbu  risolaning  alohida  fasllarida  «Yassaviya»  hamda  «Naqshbandiya» 
tariqatlari keng talqin etilganligi uchun muqaddimada ularga batafsil to’xtashni lozim 
topmadik.  Umuman,  tariqatlar  xususidagi  ma’lumotnomaning  iloji  boricha  muxtasar 
bo’lishiga intildik. 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
11 
 
 
 
 
 
 
UVAYS  QARANIY  
O’tmishda  tasavvuf  tarixiga  bag’ishlab  yozilgan  barcha  ilmiy  risolalar 
hamda  tazkiralarda  Sulton  Uvays  Qaraniy  Sharq  karomatgo’y  avliyolarning  ilk 
namoyandasi  sifatida  zikr  etilgan.  Farididdin  Attorning  «Tazkirat  ul-avliyo», 
Jomiyning  «Nafohat  ul-uns»,  Navoiyning  «Nasoyimul-muhabbat»,  Abdulhaq 
Dehlaviyning «Ash’at ul-lamaot», Somiyning «Qomus ul-a’lom» kabi asarlarida u 
haqda  rang-barang  ma’lumotlar  mavjud.  Muhammad  Siddiq  Rushdiyning 
«Tazkirat  ul-aliyoi  turkiy»sida  Sulton  Uvays  Qaraniy  haqida  ancha  batafsil  va 
diqqatga molik dalillar keltirilgan.  
Sarchashmalardagi  aniq  qaydlarga  qaraganda  Sulton  Uvays  621  yili 
Makkadan  unchalik  uzoq  bo’lmagan  Qaran  qabilasining  sarboni  Murod  ibn  Amir 
oilasida  tug’ilgan.  Go’dakligida  otasi  vafot  etib,  onasi  qaramog’ida  qoladi. 
Rivoyatlarga  ko’ra  u  «xudro’y»  –  tug’ma  ruhiy  iqtidor  sohibi  bo’lgan.  Onasi  uni 
o’qita  olmaydi  va  ko’zi  ojiz  bo’lib  qoladi.  Shunga  qaramay  u  qabiladagi 
peshqadam  ulamolardan  saboq  olgan,  payg’ambarimiz  (s.a.v.)ning  g’oyibona 
mehriga  musharraf  bo’lgan.  Payg’ambarimiz  ramaqi  jon  paytlarida  tanlaridagi 
xirqalarini  echtirib,  Umar,  Ali,  Foruq  va  yana  bir  necha  sahobalar  orqali 
Yamanning Qaran qishlog’iga yuboradilar: 
Bu  xirqani  Uvays  Qaraniyga  beringlar.  Kiysin  va  mening  ummatlarim 
gunohini  Allohdan  so’rab  duo  qilsin.  Zeroki  faqat  uning  duosigina  bevosita 
mustajob bo’lgay, -deb ta’kidlaydilar. 
Hazrati  Umar  boshchiligidagi  sahobalar  Qaranga  kelib  surushtirib  Uvaysni 
topadilar va sarvari olamning xohishini aytadilar. 
Men kimmanki, Rasululloh xirqasini kiyar ekanman, – deb xijolat tortadi. 

 
 
12 
– Hazrat aynan Sizdan bu jandani kiyib, ummatlarining gunohini Allohdan 
so’rab berishni o’tindilar, – deydi xalifa Umar. 
–  Unday  bo’lsa  mayli,  –  deb  Uvays  Qaraniy  bir  go’shadagi  uyga  kirib, 
Rasulullohning muborak xirqalarini kiyib, endi ikki marotaba mo’’minlar gunohini 
tilab  Allohga  murojaat  qilib,  javob  -  vahiy  olganda  Hazrati  Umar  «bu  nega 
hayalladi  deb  xonaga  kirib  boradilar...  Hey  attang,  men  hali  barcha  ummatlar 
gunohini  so’rab  ulgurmagan  edim,  ishning  beliga  tepdingiz»  deb  duodan  forig’ 
bo’ladilar. Bu voqeadan so’ng Uvays batamom Haq zikri bilan mashg’ul bo’ladi, 
iloji  boricha  odamlar  nazaridan  yiroq  yurishga  intiladi.  Uni  ziyorat  qilishga  turli 
yurtlardan odamlar oqib kela boshlaydi, lekin uni topolmay qaytib ketishadi. faqat 
bir  safar  buyuk  parhezkor  Harim  ibn  Hammongina  uni  ko’rib  suhbatlashishga 
muyassar bo’ladi.  
Yana  kunlardan  bir  kun  Uvays  sahroda  g’arqi  zikr  paytida  ro’parasiga  bir 
tuya kelib cho’kadi. Uning ustidan bir musofir tushib salom beradi. Bu Hazrati Ali 
yuborgan  chopar  Mansur  edi.  Zeroki,  Hazrati  Aliga  Uvays  Qaraniyning  Siffin 
jangida ishtirok etib, shohid bo’lishi bashorat qilingan edi. Haqiqatda sulton Uvays 
Shomning  Siffin  mavzeida  bo’lib  o’tgan    70  ming  mo’min  yostig’ini  quritgan 
muhorabada  o’ldiriladi,  bu  voqea  ayrim  manbalarda  656  yilda  sodir  bo’lganda 
deyilsa, ba’zi ilmiy adabiyotlarda 660 yili yuz bergan, deb qayd qilingan. 
Uvays  Qaraniy  bir  umrga  juldurvaqi  kiyinib,  odamlarning  tuyasini  boqib 
ojiza  onasi  bilan  kun  kechirgan.  Shuning  uchun  uni  xalq  «devona»,  «telba»  deb 
ham  yurishgan.  Uvays  Qaraniyning  a’zosida  oq  dog’lar  borligi,  iltijosiga  ko’ra 
tuzalgani,  nafasi,  nazarining  qudrati,  duosining  ijobat  bo’lishi  xususida  Sharqda 
ko’p rivoyatlar tarqalgan.  
Naql etishlaricha Uvays Qaraniyning jasadi Hazrati Alining farmoniga ko’ra 
Xorazmga  yuborilgan  ekan.  Keyinchalik  Sulton  Muhammad  Xorazmshoh  Uvays 
Qaraniy  qabri  ustida  maqbara  qurdirgan  edi.  Hozir  Qoraqalpog’iston  hududidagi 
bu  maqbara  voha  xalqining  muqaddas  ziyoratgohidir.  Namangan  viloyatining 
Chortoq  tumanida  ham  Sulton  Uvays  Qaraniy  maqbarasi  bor.  Uvays  Qaraniy 
haqida  Mustafo  Najotiy  Bursal,  Abdurahim  Aminjon  eshon  o’g’li  Davlatyor 

 
 
13 
Rahim,  H.Beruniy,  S.Darveshlar  maxsus  risolalar  yaratishgan.  Biz  quyida  
Nizomiy  nomidagi  Toshkent  peduniversitetining  o’quv  muzeyida  saqlanayotgan 
Muhammad  Siddiq  Rushdiyning  «Tazkirat  ul-avliyoi  turkiy»  kitobining  «Zikri 
Uvays Karaniy» bobidan ba’zi bir parchalarni keltiramiz.  
Bizningcha 
Uvays 
Qaraniyning 
yurtimiz 
hududidagi 
qadamjolari 
xalqimizning  ahli  Haqdan  bo’lmish  bu  ulug’  zotga  mehr-muhabbati,  sobit 
e’tiqodining  ramzidir.  Xalifa  Hazrati  Ali  hatto  Eron  sarhadlariga  kelgan  emas. 
Afg’onistonning Mazori Sharif viloyatida Alining muhtasham  qabri va maqbarasi 
bor.  O’sha  mazhabdagi  mo’minlarning  ikkinchi  Ka’basi  –  muqaddas  ziyoratgohi 
hisoblanadi. Farg’ona viloyatining So’x tumanida Sulton Mahmud qabri mavjud.  
* * *
 
Keltiribdurlarkim,  anbiyoi  (s.a.v.)ning  olamdin  intihonlari  yovuq  etti  ersa, 
so’rdilarkim: 
 - Yo Rasululloh, bu xirqai mo’’tabarki, jandagi kiymaga buyurursiz, kimga 
bergaymiz? 
Aydilarkim:   
– Uvays Qaraniyga beringizlar. 
Chun  Foruq  (r.a.)  ko’faga  keldilar.  Foruq  (r.a.)ning  xutbalari  arosida  nido 
qildilarkim: 
–  Yo  ahli  Najand,  ey  Najand  xalqi,  ko’pingizlarkim,  sizlardin  savol 
qilurman! 
Hamma o’rinlaridin ko’ptilar. Foruq (r.a.) so’rdilarkim: 
– Sizlarning orangizlarda Qaran degan kentdin hech kishi bormudir? 
Bir necha kishini ular (r.a.) oldilarig’a kelturdilar.  
Forig’ (r.a.) ulardin Uvays xabarin so’rdilar.  
Ular dedilar: 
– Biz andog’ kishining bilmasmiz.  
Forig’ (r.a.) aydilar: 
–  Sohib  Shuru  (s.a.v.)  menga  aningdek  xabar  beribdurlar.  Behuda  so’zni 
demaslar va sizlar ani tapimas bo’lmish bo’lg’aysizlar. 

 
 
14 
– Hazmin cho’lida teva boqar. Oqshom bo’lsa kelur. Biz anga non berurmiz. 
Nonni  olur.  Alar  kent  orasida  yurmas  va  kishi  birla  suhbati  chiqishmas  va  xalq 
eganni ul emas, g’amni, shodlikni bilmas. Xaloyiq kulsalar, ul yig’lar, el yig’lasa, 
ul kular.  
Foruq (r.a.) aydilar: 
– Biz ani izdab borurmiz.  
Andin  keyin  Foruq  va  Murtazo  (r.a.)  o’shal  erga  izdab  bordilar. 
Ko’rdilarkim, 
Uvays 
namozg’a 
mashg’uldur. 
Haq 
taolo 
farishtalarni 
buyurubdurkim  tevalarini  boqarlar.  Chun  Uvays  odamiyning  qadamining  asarin 
bildi. Va Foruq(r.a.) qo’ptilar va salom qildilar. Uvays javob berdi. Foruq aydilar: 
– Oting nadur? Aydi: 
– Uvays.  
O’ng qo’lingni ko’rsatgil.  
Qo’llarini  ko’rsatdi.  Ul  oqlareki  payg’ambar  (s.a.v.)  nishona  berib  erdilar, 
baotni ko’rdilar. Darhol so’rdilar va aydilar: 
– Ey Uvays, Hazrati payg’ambar (s.a.v.) senga salom etkurdi va aytdikim: 
– Mening ummatimga duo qilsun. 
Uvays dedi: 
–  Ey  Foruq,  muslmonlarg’a  duo  qilmoqg’a  Siz  avlo  va  loyiqdursizkim,  er 
yuzida Sizdin azizroq banda yo’qdur.  
Foruq aydilar: 
–  Bu  ishni  men  qilolmasman.  Ammo  Siz  payg’ambar  (s.a.v.)ning 
sunnatlarini bajo kelturgaysiz.  
Uvays aydi: 
–  Yo  Umar  la’l  g’ayri  –  Ey,  yaxshi  Umar!  Taommul  qilg’ilkim  mendin 
bo’lak  bo’lg’ay,  ya’ni  men  na  kishi  bo’lg’aymanki  Rasuli  Xudo  menga  hadya 
yuboribdur, mendin duo tilagay?! 
Umar aydilar: 
–- Raziollohu taolo anhukim payg’ambar (s.a.v.) Sizga bashorat berib erdi.  
Jandani berdilar va aydilarkim! 

 
 
15 
–Kiygil! 
Uvays aydi: 
– Sabr qilsangiz.  
– To man avval hojatmand va andin keyin jandani kiygumdur.  
–  Uvays  ul  qoshdin  ko’pub  bir  xilvatga  bordi  va  ul  jandani  oldida  qo’ydi, 
boshin  sajdaga  qo’yub  aydi:  Ilohi  bu  jandani  kiymasman,  to  hamma  ummati 
Muhammadning 
gunohini 
mahfirat 
qilmag’uncha 
va 
menga 
baxshish 
qilmag’uncha. Payg’ambarki bu jandani menga havolin qilibdur Rasuling va Foruq 
va Murtazo hammaga o’zlarini futkardilar. Emdi ish sening karamingga qolibdur. 
Xitob  keldikim:  necha  ming-mingni  senga  baxshida  qildim.  Necha  daf’a  bu 
munojotni qilur erdilar, bu xitobni eshitur erdilar.  
Vaqteki Uvays ta’xir topti, bularda sabru  tahammul qilmadi va asta Uvaysni 
izdab qoshlarig’a bordilar. Ko’rdilarkim munojot qilar. Qachonkim Uvays bularni 
ko’rdi, ersa bir oh tortti. Aydikim: 
–  Na  ishqa  keldingizlar?  Agar  sizlar  kelmasangizlar  erdi  tamom  ummati 
Muhammadning gunohini  tilab olmaguncha  jandani kiymas  erdim.  Sabr qilsangiz 
kerak  erdi.  Qachonkim  hazrati  Umar  Uvaysni  ko’rdilarkim  ko’hna  falos  egnida 
bosh oyoq 18 ming olam boshlig’in ul ko’hna palos ichra topibdur. Hazrati Umar 
o’zlaridin va xalifaliklaridin ko’ngul ko’tardilar va qichqirdilarkim: bormudurkim 
mandin bu xalifalikni bir nong’a olg’ay: Uvays aydilar:                 
– Ey Umar, aqli yo’q kishimudursan? Ne istarsan?! Tashlag’il, to har kishiga 
lozim  bo’lsa  olg’usidir.  Olmoq  va  sotmoq    ishi  bu  erda  sig’maydur.  Sahobalar 
faryod va fig’on bilan aydilarkim:  
– Ey Umar va bu xalifa nizomu olam ishini hazrati Abobakr Siddiqdin Sizga 
qolib,  ulardin  qabul  qilib  erdingiz.  Necha  ming  muslmonlar  ishini  zoe’ 
qilmag’aysizkim, bir kunluk adlingiz ming yillik ibodatdin ziyodadur. 
Ondin keyin Uvays jandani kiydilar va aydilar:  
– Bu xirqa barakatidin Robia Misriy qabilasining teva va gala, qo’ylarining, 
ummati Muhammadning gunohlirin o’ttilar. 
Bu  voqealar  mazmunidin  mu’minlarg’a  gumon  bo’lg’aykim  Sulton  Uvays 

 
 
16 
hazrati Umardin martabalari ziyoda bo’lg’ay. Andog’ ermasdur. Ammo Uvaysning 
ishi tajarrid erdi, ya’ni Xudodin o’zgadin ko’ngil uzmak. Hazrati Umar hammada 
komil  erdilar.  Xohish  qildilar  tajarrid  hosil  qildilar.  Mundin  lozim  kelmadiki 
hazratning  maqom-martabalari  Uvaysdin  kam  bo’lg’ay.  Chunonchi,  Xojai  anbiyo 
(s.a.v.) kechalarda  yurub,  bevazanlar  eshikin  qoqar  erdilar,  «Muhammadni  duoda 
yod qilg’il» Hazrati mavlano ham bu mazmundin «Masnavii»da debdurkim: 
– Dari har pirazan mezad payambarki ey zan duo yodam ovar
1
.  
Andin keyin Murtazo xomush turdilar. Va Foruq aydilar:  
–  Ey  darvesh,  na  uchun  kelmadingiz,  to  xojai  (s.a.v.)ni  ko’rgay  erdingiz.  Uvays 
aydi: 
– Sizlar ko’rdingizlarmu? Aydilar: 
– Bizlar ko’rduk. 
Uvays aydi: 
– Magar sizlar ul hazratning jussa va suratlarini ko’rubsizlar, aytinglarkim, 
ul hazratning qoshlari kushoda erdimu yo payvasta? 
Ey  ajab,  chandon  hazratni  ko’rib  erdilar,  ammo  Uvaysning  haybatidin 
nishon berolmadilar.  
Uvays dedi: 
– Sizlar Muhammad Mustafo (s.a.v.)ni do’st tutarmusizlar? 
– Ore, do’st tutarmiz.  
Uvays aydi: 
–  Agar  do’stlikda  sobitqadam  bo’lsangizlar,  payg’ambar  (s.a.v.)ning 
muborak tishlarini sindurdilar.  
–  Va do’stluq  sharti muvofiq bo’lmoqdur.  Sizlar  muvofaqatlik hukmi  birla 
nedin  tishlaringizni  sindirmadingizlar,  deb  Uvays  tishlarini  ko’rsatdi.  Og’izlarida 
bir  tishlari  yo’q  erdi.  Men  suratlarini  ko’rmay  muvofaqat  qildimkim,  muvofiq 
bo’lmoq din ishidir.           
Hazrati  Umar  va  Murtazo  zor-zor  yig’ladilar  va  bildilarkim  do’stluq 
odatining  yo’sinini  bu  kishidin  o’rganmak  kerakkim,  payg’ambar  (s.a.v.)ni 
                                                           
1
 Бу ерда Жалолиддин Румийнинг «Маснавии маънавий» китобига ишора қилинмоқда.  

 
 
17 
ko’rmadi. Bu yanglig’ tab’atni kamolig’a etkuradur. Andin keyin Foruq (r.a.).  
– Ey Uvays, manga duo qilg’il, - dedi: 
Uvays dedi:  
Imonda  mahkam  bo’lingizlarkim,  tashahhudda  duo  qilodurmankim  inna 
hummu  ag’farlomu  lekin  va  al  muvomanat  -  agar  imonni  salimot  eltsangizlar 
duosizlarni topg’usidur. Va garna, men nechuk duo qilg’umdur.  
Ondin keyin Foruq (r.a.) aydilar: 
– Ey Uvays menga vasiyat qilg’il. 
Aydilar: 
– Ey Umar, Xudoni tanirmusiz? 
Aydilar: 
– Tanurman! 
Aydilar: 
– Xudodin o’zgani tonimasangiz xo’broqdur. Umar aydilar: 
– Ey Uvays, mundin ziyoda nasihat tilaydurman.  
Uvays dedi: 
– Ey Umar, Xudoi taolo Sizni bilodurmi? 
Aydilar: 
– Bilodur!    
Uvays aydi: 
– Xudodin bo’lak Sizni hech kishi bilmasa xo’broqdur. 
Andin keyin Umar (r.a.) dedilar: 
–  Ey  Uvays,  andak  tafakkur  qiling,  men  sizga  hadya  kelturayin,  qabul 
qilgaysiz.  
– Uvays qo’llarini qo’nilarig’a solib, ikki dir ham siqordilar, men muni teva 
boqg’onimdin  kasb  qilibdurman.  Mening  ush  bu  ikki  dir  hamni  xarj  qilg’uncha 
tirik bo’lmoqimni idda ko’targaysiz. Ondin o’zgani Sizlardin qabul qilmag’ayman. 
Andin  Uvays  ruxsat  berdilarkimmani  izlab  mashaqqat  tortingizlar.  Emdi 
yoningizlarkim,  qiyomat  yovuqdir,  didor  andadurkim,  ayrilmoq  yo’q.  Kun  uldur. 
Men qiyomat yo’lining jabdug’ini qilurg’a mashg’uldurman. 

 
 
18 
– Qachonkim Qarin xalqi Uvaysning bu yanglig’ martaba va manzalatlarini 
ko’rub,  anglab  Ko’fadin  yondilar,  ersa  Uvaysning  oti  va  shuhrati  xosuomaro 
kundin-kunga  ziyoda  bo’ldi.  Uvaysning  bu  ishig’a  toqatlari  yo’q  erdi.  Qarandin 
kechib, Ko’faga keldilar. Ondin keyin ularni hech kishi ko’rmadi.  
– Hurmoz binni Hasan (r.a.) aydilar. 
Aydilar,  vaqteki  Uvaysning  borasida  so’zlar  eshittim  va  darajasi  shafoatda 
yanglig’  martabasini  angladim.  Aning  didori  orzusi  va  visoli  tamannosi  menga 
g’olib bo’ldi. Ani izdab Ko’faga bordim. Har erda talab qilib yurur erdim, to Furot 
dar yosh labida toptimki, tahorat olib, egnini yuvib o’lturur. Aning yaxshi avsof va 
pisandida  ahvollarinikim  eldin  eshitib  erdim  o’sha  nishonalari  birla  topdim  va 
salom  berdim,  javob  berdi  va  men  qarolasi.  Iltimos  qildimkim  oyog’ig’a 
suykangayman. Qabul qilmadi va dedimkim: 
–  Rahmatulloh,  yo  Uvays  g’afralak,  ey  Uvays  xudoingiz  rahmat  qilsin  va 
gunohingizni mag’firat qilsun! Nechuksiz deb yig’ladiya va kamoli ko’nglum do’st 
tutqondin  ahvolning zaifliqg’a  marhamat  yuzidin  yig’ladi. Uvays  ham  yig’ladi va 
dedi: 
–Xatyakalloh yo harmiz binni Hasan, nechuksiz, menga kim yo’l ko’rsatdi? 
Aydim: 
– Siz meni ko’rmay va hech kishidin eshitmay meni va otamni bildingiz. 
Aydikim: 
 
–  Banoni  al  olim  al  habari,  ya’ni  Haq  subhanahu  va taolo  xabar  berdikim, 
hech  nimarsa  aning  ilmidin  va  xabaridin  tashqari  ermasdur  va  mening  ruhim 
sening  ruhingni  tanidikim  mo’’minlar  ruhi  agar  ko’rishmasalar  bir-birlari  birla 
tanishurlar. Va men aydim: 
 
– Hazrati Rasuli (s.a.v.)din bir hadis rivoyat qiling. 
Aydi: 
–  Men  ul  hazratni  topqanim  yo’qtur.  Ammo  ul  hazratning  Hadisini 
eshitibman  va  hadis  aytmoq  va  fatvo  demak  va  tafsir  qilmoq  va  zikr  aytmoqqa 
xohshim  yo’qdurkim,  bo’lak  ishg’a  mashg’uldurmankim  bu  ishlarg’a  fursatim 
yo’qdur. Ondin kiyn aydikim: 

 
 
19 
 
– Qur’ondin bir oyat o’qusangiz, to Sizdin eshitib olg’ayman. 
 
– Mening qo’lumni tutti va dedi: 
 
– Auzibillohi minashshaytonir rojim, zor-zor yig’ladi, andin keyin aydi: 
 
–  Xudoi  azza  va  jalla  buyuribdurkim  va  mo  xilqatu  al  jinnu  valo  anis 
alolayyahubbadu  va  anvamo  xalqano  assamoa  valo  valar  zi  vamo  bayni  xummo 
loabin  va  mo  hallaqno  humo  allo  bo  alhaqqi  valannakun  aksarihummu 
loyala’munun to ul erg’achakim innahu an azzayiru al rahim, ul vaqt sayha tortti, 
gumonqildimkim, aqli zoyil bo’ldi bo’lІay. Andin keyin aydi: 
 
– Ey Hasanning o’g’li, ne ishqa mening qoshimg’a munda kelding.    
Aydim: 
 
– Kelmoqim (sababi) ul erdimkim, Sizni ko’rgayman va sizning birla anis-
ulfat bo’lg’ayman va sizning birla yaxshi chiqishqayman.  
 
Aydi: 
 
– Men bilmadimki kishi Xudoni tanig’ay, Xudodin o’zgaga birla anis-ulfat 
olishqay. Va yana bir kishi birla yaxshi chiqishqay: 
 
– Xormiz aydi: 
– Manga bir vasiyat qilg’il. 
 
– Uvays dedi: 
 
–  Ey  Xurmiz,  qachonkim  uyqulasansh  o’limni  boshing  ostida  tokiy  bilgil, 
vaqteki  uyg’onsang  ikki  ko’zing  o’rtasida  ko’rgil  va  gunohning  haqir  – 
kichikligiga  boqmagil,  xudovandi  taoloning  ulug’liqini  mulohaza  qilg’ilkim  anga 
oliy bo’libmen. Agar gunohni kichik bilgan bo’lursan. Agar gunohni ulug’ bilsang, 
Xudoi taolo ulug’ bilgan bo’lursen.  
 
Xurmuz aydi: 
 
– Meni ne erga buyurursen, qayda maqom tutub sukunat qilayin.  
 
Uvays aydi: 
 
– Shomda turgil. 
 
Aydim: 
 
– Anda maishat nechuk kechgusidir? 
 
Uvas aydi: 

 
 
20 
 
– If behuda qilib qadho batho al shaklo yan  faumo al  muaztaf bu yanglig’ 
ko’ngullarga kim shak g’olibliqidin pand-nasihatni qabul qilolmas.  
 
– Aydikim menga bir vasiyat qilg’il. 
 
Uvays dedi: 
 
– Ey Hasanning o’g’li, otang o’lubdur va Odam va Havvo o’ldi va Nuh va 
Ibrohim  Xalil  va  Musoi  Kalim,  Dovud  xalifallo  o’ldilar  va  Muhammad 
Rasulullohu (s.a.v.)ning va xalifasi va hammasi o’ldilar. Abobakr ham o’ldilar va 
Umar  o’ldi  «vo  umre  oh»  deb  qichqirdilar.  Va  men  aydim:  rahmakalloh  –  Xudo 
rahim qilsun Sizga. 
 
– Ular hanuz o’lgoni yo’qdur. 
 
Aydi: 
 
– Haq taolo menga xabar berdikim. Umar o’ldi. 
 
Ondin keyin aydi: 
 
–  Men  va  sen  o’luklar  qatoridadurmiz,  deb  durud  aytib,  duo  qildi.  Aydi: 
vasiyatim  uldurki  Xudoi  taoloning kitobini  pesha  qil, ya’ni  tilovati  Qur’on  qilg’il 
va alisaloh ishini o’zingga loyiq tut va bir soat o’lumdin g’ofil bo’lmang. Va chun 
xalqning orasig’a borsang ularg’a pandu nasihat qilg’il va xaloyiqqa pandu nasihat 
qilmoqdin  o’zingni  to’xtatmag’il.  Ahli  sunnat  va  jamoa  mutobatidan  tashqari 
qadam  qo’ymag’ilkim,  dindin  chiqarsan  va  o’zing  bilmayin  do’saxqa  giriftor 
bo’lursen. 
 
– Va necha duolar manga qildi va aydi: 
 
– Ey Hasanning o’g’li, borg’il mundin keyin na san meni ko’rgaysan va na 
men  seni  ko’rgayman  va  meni  duoda  yod  qilg’il  va  men  ham  seni  duoda  yod 
qilg’uldur. Endi sen bu tarafg’a yurg’il va men bu tarafka borayin.  
 
Harmiz aydi:  
 
–  Iltimos  qildim,  bir soat  Uvays  birla hamrohliq  qilg’ayman.  Qo’ymadi  va 
yig’ladi  va  meni  ham  yig’latdi.  Men  orqasidan  qoralab  turdim,  ersa  bir  kentning 
ichiga kirib ketdi. Va men ham andin keyin hech erdin xabarin topmadim.  
 
Harmiz aydi: 
 
–  Uvays  har  so’zekim,  menga  dedi,  to’laroq  amrindin  Foruq  va  Murtoz 

 
 
21 
(r.a.)din erdi. Rabeh Hashm aydi: 
 
–  Uvaysni  ko’rmak  orzusmda  izdab  bordim,  ko’rdimki  namozda  turodur. 
Chun namozdin forug’ bo’ldi, aydim: 
 
–  Sabr  qilayin  to  urodin  forig’  bo’lg’ay,  tavof  qildim.  O’shal  yanglig’ 
o’rnidin  tebramadi.  To  namozi  peshin  o’tadi  va  namozi  digar  ado  qildi.  Hosili 
halom uch kecha-kunduz namozdin forig’ bo’lmadi. Hech nima emadi va uyqug’a 
bormadi.  To’rtinchi  kechasi  ogoh  bo’ldum.  Ko’zi  andak  uyqug’a  bordi,  darhol 
uyg’ondi  va  Haq  taologa  munojot  qilib  aytur  erdilarkim:  Xudovando  bisyor 
uyquvchi  ko’zimdin  va  to’la  emak  qursoqimdin  menga  panoh  bergilkim, 
dargohingg’a  sig’inurman.  Va  o’zim-o’zimg’a  dedim:  bu  ishlarkim  uch  kundan 
beri munda ko’rdim, menga basdur. Mundin ziyoda tashvish anga bermayin dedim, 
uyrulib yondim.  
* * *
 
Kelturubdurlarkim,  Uvays  umri  ichida  hargiz  uyqulamadi  va  hazohisuls 
daqiyom  bu  qiyomda  turmoq  kechasidur.  So’ngg’i  kecha  etsa,  der  erdi.  Hazuhu 
sulsda  ar-ruku’.  Bu  ruku’  qilmoq  kechasidur.  Uchinchi  kechada  der  erdi:  huzuhi 
sulsta  al  sujud  –  bu  kecha  sajda  kechasidur.  Uvays  bir  kecha  qiyom  birla  kun 
kechirur erdi, bir kecha ruku’ birla kun o’tkarur erdi, bir kechani sajda birla tamom 
qilur erdi.  
So’radilarkim: 
 
–  Ey  Uvays,  bu  yanglig’  uzun  kechani  bir  hol  birla  o’tkarmakka  nechuk 
toqat qilursiz.  
 
Aydi: 
 
–  Hanuz  sajdaga  bir  daf’a  «subhona  robial  ali»  demak  kunduzi  otadur. 
Bovujudi  «Yo  daf’a  sabab  erdi.  Aning  uchun  bu  misillik  qilurman.  Orzum  va 
xohishim uldurki, farishtalar ibodatg’a o’xshar qilg’ayman. 
 
So’rdilarkim: 
 
– Namozda hashv nadur? 
 
Aydi: 
 
–  Hashv  uldurki,  agar  seni  namozda  nayza  birla  sanchsalar  xabaring 

 
 
22 
bo’lmag’ay. 
 
Aydilarkim: 
 
– Nechuk sen? 
Aydi: 
 
– Nechuk bo’lg’uvchidur ul  qo’psa. Ul bilmasakim oqshom tirik bo’lur yo 
bo’lmas. 
 
Aydilarkim: 
 
– Sizning ishingiz nechukdur? 
 
Aydi: 
 
–  Oh  uzuqning  yo’qi,  yo’lning  yiroqi  va  aydi:  agar  sen  osmon  va  zamin 
xalqining  ibodati  birla  ibodat  qilsangsendin  qabul  qilmas,  to  sidqi  ixlos  ishi 
nechukdur. 
 
Aydi: 
 
–  Emin  bo’lg’il  ongakim  har  nimarsakim  sengakim  ro’ziy  qilibdur,  o’zga 
bo’lmas  va  ta’g’iler  topmas  va  forig’  tutg’il  o’zingnikim  ibodat  qilurda,  to 
ko’ngling o’zga nimarsaga mashg’ul bo’lmag’ay. 
 
Uvays dedi: 
 
–  Har  kishi  uch  nimarsani  do’st  tutsa,  anga  do’zax  anga  gardan  temurdin 
yovuqroq bo’lur: avval, laziz taom emak; ikkinchi, purbaho egin kiymakkim andin 
zorish etgay, uchinchi dunyodorlar birla hamsuhbat bo’lmoq. 
* * *
 
 
Naqldurkim, Uvaysga aydilar: 
 
–  Yovuqda  bir  darvesh  kishi  bordurkim,  o’ttiz  yildur    bir  go’r-go’ralab  va 
kafan  tayyor  qilib,  ul  go’r  boshida  o’lturubdur.  Hamesha  yig’laydur,  na  kecha 
qarori bor, na kunduz oromi. 
 
Uvays aydi: 
 
– Meni ul erga boshlangizlar. 
 
–  Boshlab  bordilar.  Ko’rdilarkim  chiroyi  sarig’,  Tani  zaif  va  nahif.  To’lsa 
yig’lag’ondin ko’zlari tahig’i o’lturubdur. Uvays dedi: 
 
– Faloni shafak al qabrayn ollo o’ttuz yildir go’r. Kafan seni Xudodin g’ofil 

 
 
23 
qilibdur. Bu ikki ish birla vobasta bo’lub, Xudodin yiroq holibsan va bu go’r birla 
kafan bu senga bo’lubdurkim, anga topunursan. 
 
–  Qachonkim  ul  kishi  Uvaysning  fayzidin  bu  ofatlarni  o’zida  ko’rub, 
haqiqati  hol  anga  kashf  bo’ldi,  ersa  na’ra  urdi  va  go’r  ichida  o’zini  tashladi.  Jon 
bahaq taslim qildi.  
 
–  Ey  bandai  mo’’min  ko’rgil  va  ogoh  bo’lgilkim,  go’r  va  kafan  banda 
xudog’a  etmak  pardai  hijob  bo’lur  bo’lsa,  o’zga  nimarsalarda  na  bo’lg’usidur? 
Bandaeki  dunyodin  ko’tarilibdur  va  o’zin  Xudoi  taolog’a  tashlabdur,  go’r  birla 
kafanning  ancha  naishi  bo’g’usidur?  Ma’lumi  ermaskim,  bu  kafanga  qurshanib, 
ushbu go’r ichida yotmoq ancha nasib bo’lur yo bo’lmas. 
 
–  Uvaysning  sitoyishi  hisobdin  ziyoda  va  adaddin  tashqaridur.  Shayx 
Abulqosim Jurjoniyning avval holda zikrlari bu erdikim doim «Uvays, Uvays» der 
erdilar.  Ular  qadrini  bulardin  bilmak  kerak  va  Uvaysning  so’zlaridurkim  min 
arafollo  loyaxori  alayha  ashshar’i  –  kishikim  Xudoni  tonusa  hech  nimarsa  anga 
maxfiy qolmas. Hazrati Rasuli alayhissalom aytibdurlar: min araf nafsa faqdi araf 
robbi  –  har  kishi  o’zini  tonusa  bo’lurkim  batahqiq  Xudoni  taonig’onidur.  Xudoni 
Xudo birla tonusa bo’lurkim. Rasul alayhissalom aytibdurlar: arafati robbi birobbi 
–  har  Kim  Xudo  birla  tanusa,  hammani  bilgusidur  va  Uvaysning  so’zidurkim: 
assalomatafial  vahdatu  –  salomatlik  tanholikdur.  Tanho  uldurkim,  yagona 
bo’lg’ay.  Xudoning  birligida  birlik  uldurkim  g’ayrning  xayoli  sig’mag’ay,  to 
salomatlik  hosil  bo’lg’ay.  Va  agar  bu  tanholiqni  surati  tanholiqg’a  olsa,  ma’no 
durust  bo’lmaskim,  ashshayton  ab’admin  alo  shayin-shayton  ikkidin  kechar  ya’ni 
shayton jamiyatdin qochar, agar ul jamiyat ikki bo’lsa ham. Va hodisada kelurkim 
alayna  bahlaybak  –  senga  lozimdurkim,  ko’ngilni  saqlag’aysan  va  hozir 
bo’lg’aysan, to g’ayrning xayoli anda yo’l topmag’ay: Va Uvaysning so’zidurkim, 
«Taraf  al-rafqata  fujadtaho  fi al-tavoze’  talab  al-riyosatafujadtaho  al-sajta al-xalq 
va talab al-qarobata alayhi fuhaho fi al-taqviy va talab al-muruvvat fujadtaho fi  al-
sidq va talab al-faxr fujadtaho fi al-g’afar va talab ashsharaf fujadtaho fi al-zuhd» – 
bu  kalimalarning  ma’nosi  andog’  bo’lg’aykim,  baland  martaba  bo’lmoqni  talab 
qildim  tavozeda  topdim  va  xaloyiqg’a  sazovor  bo’lmoqni  talab  qildim,  xalqqa 

 
 
24 
nasihat  qilmoqda  topdim  Xudog’a  yovuq  bo’lmoqni  izdadim  ani  taqviy  va 
narxizkorliqda  topdim,  muruvvatni  talab  qildim  ya’ni  xalq  aro  yuzluk  bo’lmoqni 
izdadim  ani  rostliqdatoptim  va  boqiy  va  poydor  faxr-nozish  qilurg’a  arzigudek 
ishni izjajim - faqirchiliqda topdim. Al-faqir faxri – andin xabar berur Sharaf ya’ni 
ulug’luqni  izdadim  qanoat  ya’ni  o’z  haqig’a  qone’  bo’lmoqda  topdimkim,  al-
qanoatu  kanaz  loya’niy  anga  ishoratdur,  ya’ni  qanoat  tugamas  ganjdur.  Rohatna 
izdadim, zahd ya’ni nafs xohshining xilofida topdim. 
 
* * *
 
Naql  qilibdurlarkim,  Uvaysning  hamsoyalari  aydilarkim,  Uvaysni  devona-
majnun  xayol  qilur  erduk.  Bir  yil  ikki  yil  o’tti  ersa  iftor  qilurg’a  hech  nimarsasi 
yo’q erdi va er taomi ul erdikim, goh-goh xurmo urug’ini terib kechalarda chiqarib 
sotib  ro’zona  qilur  erdi.  Va  libosig’a  ko’hna  lattalarni  najosatxonalardin  terib 
orug’lab  bir  birig’a  payvand  qilib  aning  birla  kun  o’tkarur  erdi.  Va  taajjub  qilsa 
bo’lg’aykim, nafsi rahmon ya’ni Xudoni rahmati ya’ni bu yanglig’ erdin zuhurg’a 
kelguvsidur.  Namozning  avvalqivaqtida  uydin  chiqar  erdi  va  namozi  xuftandin 
keyin kelur erdi. Va mahallag’a kirsa yosh o’g’lonlar anga tosh otar erdilar. 
 
– Va Uvays aytur edilarkim: 
 
–  Oyog’im  soqi  zaif  bo’lubdur.  Ushoqroq  tosh  otingizlarkim,  oyog’im 
jarohat  bo’lub  qon  chiqmag’aykim,  namozdin  qolmag’aykim,  oyog’im  g’amin 
emasman namozim g’amin egayman.    
* * * 
Uvays debdur: 
Davlat ishini bir soat adolat bilan boshqarmoq etmish yil ibodat qilmoqdan 
afzal. 
* * *
 
Jamoatdan  ajralishdan  saqlan,  chunki  o’zing  sezmagan  holda  diningdan 
ajrab qolasan. So’ngra qiyomat kuni do’zaxga kirasan.  
* * *
 
Har kim uch narsani sevsa, shayton uni tez yo’ldan ozdirar: yaxshi emoqni, 
yaxshi kiymoqni, ayollar bilan o’ltirmoqni. 

 
 
25 
 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling