Universiteti hamidjon homidiy tasavvuf adabiyoti


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet2/20
Sana04.04.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

HABIB AJAMIY 
Habib  Ajamiy  Sharq  so’fizmining  buyuk  namoyandalaridandir.  U  Basrada 
sarvatmand  oilada  tug’ilgan.  Otasidan  katta  boylik  meros  qolgani  uchun  ana  shu 
mablag’ni odamlarga qarzga berib, foyda evaziga sudxo’rlik bilan kun kechirardi. 
Kunlardan bir kun Habib go’sht, sabzavot va non keltiradi. Xotini qozon osib 
ovqat  pishiradi.  Taom  endi  tayer  bo’lganda  eshikka  gadoy  kelib,  tilanchilik  qiladi. 
Voqea  davomini  Muhammad  Siddiq  Rushdiy  «Tazkiratul  avliyoi  turkiy»da 
kuyidagicha bayon etadi: Habib soyilg’a durushtluq birla qichqirdikim: 
– Men borimni senga bergan birla sen zardor bo’lmassan, ammo men gadoy 
bo’lib qolurman. 
Soyil  novmid  bo’lib  yondi.  Qachonki  mazluma  taomni  olg’ali  qozonga 
bordi,  ko’rdikim  go’sht  qora  qon  bo’lubdur.  Xotin  muni  ko’rub  qo’rqdi  va 
chiroyi sarg’aydi va Habibning ilkidan tutub qozon boshig’a kelturub dedi: 
 
– Ko’rg’ilkim, ssning shumiigingdin va molingni sudga berg’oningdin va 
gadoyg’a durushtluq qilg’oningdin bizga na bo’lubtur. 
Habib  ani ko’rdi  ersa  ichiga  bir o’t  tushdikim,  hargiz  ul  o’t  kam  bo’lg’usi 
yo’qdir. Habib aytdi: 
 
– Ey xotun, tavba qildikim  minba’d bu ishni qilmag’ayman. 
Shundan  so’ng  Habib  qarzdorlardagi  pullaridan  ham  voz  kechib,  Hasan 
Basriy huzuriga borib, batamom ilohiy ishqqa berilib, so’fizmning barcha qonun-
qoidalarini  o’rganadi.  Bor  mablag’ini  sarflab,  Frot  daryosi  sohilida  muhtasham 
Xonaqoh  qurib,  elni  haq  yuliga  hidoyat  qila  boshlaydi.  Xalq  orasida  uniig  ruhiy 
qudrati  va  karomatlari  xususida  ko’p  naqllar  bor.  Hatto  u  daryodan  ko’priksiz 
o’tish  salohiyatiga  ham  ega  bo’lgan  ekan.  Habib  Ajamiy  manbalarda 
ko’rsatilishicha, hijriy 120 yili vafot etgan. 
* * *
 
Keltirubdurlar,  bir  kun  namozi  shom  vaqti  birla  Shayx  Hasan  Habibning 
masjidi oddidan o’tar  erdi.  Habib  namozi  shomga  takbir  aytdi.  Hasan  namozi 
shomg’a masjidga kirdi. Habib namozga turdi. Hasan iqtido qilg’oli kelib erdi. 

 
 
26 
Habib  «alhamdililloh»ni  «alham»  o’qidi.  Hasan  «muning  orqasida  namoz 
o’tamak ravo ermas» deb namozni tanho o’tadi. Va kechasi Haq subhonahu va taoloni 
tushida ko’rdi. 
So’rdi: 
 
– Xudovando, sening rozilig’ing ne ishdadur? 
 
Haq taolo dedi: 
 
– Ey Hasan, mening rozilig’imni topib erding, ammo qadrini bilmading. 
 
Aytdi: 
 
– Xudovando, ul na erdi?  
 
Xudoi taolo aytdi: 
 
–  Ey  Hasan,  agar  sen  Habibning  orqasida  namoz  o’tasang  erdi  bu 
namozing  hamma  umringda  qilg’on  namozingdan  xo’broq  erdi,  ammo  sen 
ibratning  g’alytini  ko’rding,  niyating  rostlig’iga  boqmadingkim,  «Innama 
alo amalu ba alniyatu» – amalning qabuli niyating rostligi birladur. 
* * *
 
Naqldurkim, iydi Qurbong’a ikki kun qolg’onda Habibni Basrada ko’rdilar. 
Tonglasi arafa kuni Arofatda ko’rdilar. 
Hadisda  kelubdirkim,  «Innalo  taolo  nazzora  alo  sovinum  va  lo  alo 
amalakum va lakim nazzora alo qulubakum va niyatakum» – Haq  taolo sizlarning 
so’zlaringizga va qilg’on amallaringizga boqmaydur va lekin ko’ngillaringizning 
niyatlariga boqar va ko’ngil birla tilning orosida tafovut va farq bisyordur. 
* * *
 
Naql qilibdurlar, bir kup Shayx Hasan Hajjojdan qochib Habib Ajamiyning 
masjidiga kirib yashirundi. 
Hajjojning kishilari izlab Habibning eshigiga kirdi. 
Habibdin so’rdi: 
– Bu kun Hasanni ko’rdingizmu? 
 
Habib aydi: 
 
– Ko’rdum. 
 
So’rdilarkim: 

 
 
27 
 
Qaydadur? 
 
Habib dsdi: 
Ushbu masjidga kirdi. 
Masjidga kirib harchand boqdilar. Hasanni topmadilar. 
Hasan dedi: 
 
Necha  marta  iliklari  menga  tegdi,  ammo  meni  ko’rmadilar.  Oxir  ular 
Hasanni topolmay chiqib ketdilar. Andin keyin Hasan chiqib aydilar: 
 
–  Ey  Habib  ustodliq  hakqini  saqlamadingmu?  Bu  dushmanlarga  nishon 
berding. 
Habib dedi: 
 
– Ey ustod, mening bu rost so’zlarimdin har ikkimiz xalos bo’lduq. Agar 
men aytsam erdi, har ikkimiz giriftor bo’lur erdik. Ondin Hasan aydi: 
 
– Ey Habib, sen qaysi duoni o’qidingkim, meni ular ko’rmadilar? 
Habib aydi: 
 
–  O’n  martaba  «oyat  al-kursi»  va  o’n  martaba  «omin  al-rasul»  va  o’n 
martaba  «qulhu  ollohu  ahad»ni  o’qidum  va  dedum,  «Xudovando,  Hasanni  senga 
toshpirdim». 
* * *
 
Keltiribdurlar, bir kun Hasan bir erga bormoq uchun chiqdi. Daryo labiga 
kelib, daryodin o’tmakning andishasida o’lturub erdi. Habib etib keldi. Aydi: 
 
Ey imom, ne vajhdin to’xtab turdingiz? 
 
– Kemani keltirguncha turdum. 
 
Habib aydi: 
 
Ustod  ilmni  men  sizdan  o’rgandimkim,  haloyiqg’a  hasud  qilmoqni 
ko’nglingizdin chiqoring va dunyodin ko’ngil sovuting. Va xudovandi taolodin 
kelgan  baloni  g’animat  biling  va  hamma  ishni  xudodin  ko’rnig, 
ondin keyin daryog’a qadam qo’ying va o’ting dedi. Habib suvga qadam qo’ydi, 
o’tib ketdi. Hasan muni ko’rub behush bo’lib yiqildi. Qachonkim hushiga keldi 
so’radilarkim: 
 
– Ey imom, sizga na bo’ldi? 

 
 
28 
 
Hasan dedi: 
 
– Habib meni shogirdim erdi, bu vaqtda menga malomat va e’tiroz qildi 
va  daryodin  o’tib  ketdi,  men  turub  qoldim.  Tongla  qiyomat  kuni 
qichqirsalarkim,  do’zax  ustida  Sirotdin  o’tinglar,  deb  men  bu  yanglig’ 
boqib qolsam holim ne kechguvsidir? Andin keyin Hasan aydi: 
 
– Ey Habib, bu martabani qaysi ish bila topding? 
Habib aydi: 
 
Sizga  qog’oz  yuzini  qaro  qilg’on  ilm  birla  mening  ko’nglum  sahfasi 
oqardi,  ya’ni  sizdin  o’rganganning – amal birla bu martabani topdim: «G’ayrga 
foyda  etkurgon  ilmim  menga  foyda  etkurmadi»,  ya’ni  bu  martabai  karomatdin 
o’tub  valoyatga  ulashubman.  (Bu  erda  ahli  tolibga  gumon  tushmagaykim, 
Habibning darajasi Hasanning darajasidan baland bo’lgay, aning uchunkim, hech 
maqom 
va 
martaba 
Xudoning 
yo’lida 
ilmning 
maqom  va  martabasidan  ziyoda  ermasdur,  ushbu  jihatdindurkim,  hech 
nimarsaning  ziyodalig’ini  talab  qilg’oli  kelmabdur,  magar  ilmning  ziyodaligini 
talab  qilg’oli  farmon  kelibdur.  Chunonchi,  bu  oyat  hadis  payg’ambar  sallallohi 
alayhi  vassallamga  kelibdurkim,  «Qul  rabbi  zolini  ulamom»  –  aytg’il  ey 
Muhammad, parvardigoro, menga bu ilmni ziyoda qilg’il). 
HASAN BASRIY 
Ko’plab 
mashoyixlarga 
peshvolik 
qilgan, 
zamonasining 
aksariyat 
arboblarini aqlu zakovati bilan lol qoldirgan mashoyixtardan biri Hasan Basriydir. 
Bo’lajak  buyuk  avliyo,  zabardast  olim  payg’ambarimiz  s.a.v.  xotinlari  Umma 
Salama  raziyallohu  anhuning  ozod  etilgan  cho’rilari  Xayra  xonadonida  dunyoga 
kelgan.  Unga  onamizning  o’zlari  «Alloh  barakatli  qilsun»  deb  ismini  Hasan 
qo’yganlar.  Uning  otasi  sahoba  Zayd  ibn  Sobitning  ozod  etilgan  quli  Yasor  edi. 
Bo’lajak Shayxning tug’ilgan yili sarchashmalarda aniq qayd etilmagan. 
Uning  dastlabki  tarbiyasi  bilan  «ilmda  yuksak  mavqega  ega  bo’lgan» 
Umma  Salama  shug’ullandilar,  uni  emizdilar.  Keyin  esa  Nabiy  masjididagi 
sahobalardan ta’lim olgan. Hasanning kamolotida Hazrat Alining da’vatu va’zlari, 
hikmatlari,  shaxsiy  ibratlari  muhim  rol  o’ynadi.  Hasan  14  yoshga  etgach,  oila 

 
 
29 
Basraga ko’chdi va u «Hasan Basriy» nomi bilan shuhrat qozona boshladi. Bu erda 
Abdulloh  ibn  Abbosdan  tafsir,  hadis,  qiroat  ilmlarini  o’rgandi.  Basra  va  uning 
atrofida  bir  qancha  ilmiy  doira  –  halqa  bor  edi.  Hasan  Basriy  ularga  faol 
qatnashib  til  bilimi,  ilmi  bade’.  fiqh  va  boshqa  zamona  bilimlarini  o’rganib, 
zabardast  fiqh  donishmandi  darajasiga  etadi;  xalq  nazdida  va’z  aytib,  ma’ruzalar 
o’qiy boshladi. Barcha xosu om uning nutqlarini maroq bilan tinglar, hikmatlarini 
yod  olishardi.  Hasan  umr  bo’yi  mo’minlarni  ma’rifatga,  zolimlarni  adolatga 
hidoyat  etishni  o’ziga  odat  qilib  oldi.  Robiya  Adaviya,  Ibrohim  Adham  singari 
bir  necha  mashoyixlar  Hasan  Basriyning  duosini  olgan,  uning  qo’lidan  xirqa 
kiygan.  Shayx  taxminan  80  yil  umr  ko’rib,  xijriy  110  yili  Basrada  vafot  etgan. 
Uning  hikmat  va  karomatlari,  u  haqda  hikoyatlar  barcha  tazkira  va 
manoqiblardan joy olgan. 
* * *
 
Dunyo  va  uning  holati  xususida  so’rovchilarga  qaytargan  javoblari  Hasan 
Basriyning  purma’no  hikmatlari  jumlasiga  kiradi:  «Mendan  dunyo  va  oxirat  haqida 
so’rading. Dunyo va oxirat Mashriq va Mag’rib holatiga o’xshaydi. Ularning biriga 
qancha yaqin borsang, ikkinchisidan shuncha uzoqlashasan!». 
* * *
 
Sen mendan bu dunyoga tavsif berishimni so’rading: Men avvali azob-uqubat, 
oxiri  yo’qlik  bo’lmish  bu  dunyoning  nimasini  tavsif  qilayin!  Uning  halolida 
mukofot,  haromida  azob  bor.  Bunda  kim  boyisa,  fitnaga  duchor  bo’ladi,  kimki 
qashshoqlashsa, uni mahzunlik egallaydi. 
Holimizga  voy  bo’lsin!  O’zimizga  o’zimiz  nima  qilib  qo’ydik?  Dinimizni 
xorladik,  dunyomizni  zaharladik,  xulqimizni  buzdik,  kiyim-kechak  va  ko’rpa-
to’shagimizni yangiladik. 
* * *
 
Kimdir  qing’ir  yo’lga  kirib,  birovning  molini  eydi.  Uning  taomi  zo’rlik, 
xizmati  majburiylikdir.  U  kishi  achchiqdan  so’ng  shirinni,  sovuqdan  so’ng  issiqni, 
quruqdan  so’ng  sersuvlikni  xohlaydi.  Agar  juda  to’yib  ketsa,  ovqatni  hazm  qila 
olmaganidan  kekiradi:  «Ey  xizmatkor  ovqatni  hazm  qiladigan  biron  egulik  keltir» 

 
 
30 
deb buyuradi. 
Ey nodon, sen shu yo’sinda o’z diningni hazm qilyapsan, xolos. Hoy, muhtoj 
qushning  holiga  boq!  Senga  ko’z  tikib  turgan  bechoralarning  holi  ne  kechdi? 
Allohning  ko’rsatmalariga  amal  qilganing  shumi?!  Koshki  umr  o’tkinchi  ekanini 
bilsang edi. 
* * *
 
Hajjoj  ibn  Yusuf  Saqofiy  Iroqqa  hokim  bo’lgach,  Ko’fa  bilan  Basra  orasidagi 
Vosit shahrida o’ziga muhtasham uy qurdirdi. So’ngra eb-ichib, bayram qilib, keyin 
haqiga duo etishlari uchun odamlarni chorladi. Hasan ana shunday jamoat jam bo’lgan 
fursatdan  foydalanishni  ko’ngliga  tugib  qo’ydi.  Odamlarga  pand-nasihat  qilish. 
Allohii  eslatish,  dunyo  zeb-ziynatlariga  hirs  qo’yishdan  qaytarish  niyatida  yo’lga 
chiqdi. 
Qurilgan  binoni  ko’rib,  uning  hashamatidan  ajablandi.  Odamlar  esa  o’sha 
bahaybat  qasrni  tavof  qilar  edilar.  Hasan  niyatiga  muvofiq  ravishda  olomonga 
qarab so’zladi: 
– Biz zolimlar zolimi  nima  qurganini ko’rdik, albatta. Fir’avn bundan ham 
baland  va  ko’rkam  bino  qurdirganini  yaxshi  bilamiz.  Biroq  Alloh  taolo  Fir’avnni 
halok etdi va binosini qulatdi. 
Hasan  shu  zaylda  so’zlayverdi.  Shunda  o’sha  erda  hozir  bo’lganlardan  biri  zolim 
hokimning haybatidan qo’rqib: 
 
– Kifoya qilar edi, e Abu Said, kifoya qilar endi? – dedi. 
 
–  Alloh  taolo  ilm  ahliga  bilganlarini  yashirmay,  odamlarga  ochiq  bayon  etish 
mas’uliyatini yuklagan! 
G’azablangan Hajjoj ertasiga maslahatgo’ylariga zahrini sochdi: 
 
O’lim sizlarga, sizlarga o’lim bo’lsin! Basralik bir qul chiqib bizga xohlagan 
gapini  aytsa-yu  nahotki  sizlardan  biron  tirik  jon  unga  rad  javobini  bera  olmasa. 
Allohga 
qasamki, 
men 
sizlarga 
uning 
qonini 
ichiraman, ey qo’rqoqlar jamoasi! 
Shundan  so’ng  Hajjoj  qilich  va  kunda  hozirlashga  buyurdi.  Moslamalar 
tayyorlandi. Jallodlar chaqirildi. Hasanni olib kelish uchun mirshablar jo’natildi. Bir 

 
 
31 
pasdan  so’ng  Hasan  kirib  keldi.  U  qilich,  kunda  va  jallodni  ko’rgan  mahali 
lablarini  qimirlatib  qo’ydi.  Hajjojga  mo’minlarning  ulug’i,  Alloh  yo’liga  da’vat 
etuvchilarning  eng  sabotlisi  ro’baro’  kelgandi.  Hasanni  bunday  haybatli  ko’rgan 
Hajjoj shoshib qoldi va: 
 
– Mana bu erga, Abu Said, mana bu to’rga... – deya duduqlandi. Odamlar bu 
manzarani  hayratlanib  tomosha  qilar  edilar.  Cho’nki  Hajjoj  Hasan  Basriyni  o’z 
o’rniga o’tqazib qo’ygandi. 
Hasan  Basriy  joylashib  olgach,  Hajjoj  undan  ba’zi  ishlar  xususida  masala 
so’radi. Olim  unga shoshilmay, lo’nda, chiroyli ibora va qat’iy asos bilan javoblar 
qaytardi. 
–  Siz  ilmlar  ulug’isiz,  ey  Abu  Said,  –  dedi  Hajjoj  barcha  masalalarga 
qanoatlanarli javob olgach. So’ng oralaridagi ziddiyatni bartaraf etish niyatida uning 
soqoliga  mushk  surtdi  va  kuzatib  qo’ydi.  Hasan  Basriyning  izidan  eshikkacha  bir 
xizmatkor ergashdi: 
 
–  Ey  Abu  Said,  bilishimcha  hokim  sizni  mutlaqo  boshqa  niyatda  chaqirgan 
edi.  Kelgan  paytingizda  lablaringiz  qimirlaganini  ko’rdim.  Shunda  nimalar  degan 
edingiz, – deya so’radi u. 
Hasan dedi: 
 
–  Ey  ne’mat  ato  etguvchi  va  kulfatda  panoh  berguvchi  Egam!  Olovni 
Ibrohimga sovuq qilib, salomat qoldirganingdek,  meni ham Hajjoj azobidan asrab, 
salomat qilgin, deya duo etgan edim. 
* * *
 
Andoq  keltiribdurlarkim,  Shayxning  bir  muridi  bor  erdikim  har  qachon 
Qur’ondin oyat o’qisa, faryodlar qilib o’zini erga urar erdi. 
Anga aydi: 
–  Ey  o’g’ul  onchaki  qilursen,  o’ziigni  to’xtatguncha  quvvating  bo’lsa 
to’xtamasang  umring  ichidagi  ibodatingni  xirmonini  fano  o’tida  kuydirursen.  Agar 
o’zingni tutmoqg’a quvvating va ixtiyoring bo’lmasa menga ham pora bergaysen 
va garna mani un manzil yiroq tashlag’ungdur. Andin keyin aydi: albatta shayton har 
kishigakim hoyuhavo aningdin paydo bo’lsa, ul shaytondindur. Hazrati Shayx bunda 

 
 
32 
hukmi g’olibga qolib saqai shaytonni debdurlarkim, ba’zi hol doim rahmoniy bo’lur. 
Va  bu  ma’nining  ifodasini  sharh  qilib,  aytibdurlarkim  o’zingda  bu  sayqani  daf’ 
qilmoqg’a qadr quvvating bo’lib, sandin sayqa paydo bulsa, ul shaytoniydur. 
* * *
 
Naql  qilibdurlarkim,  bir  kun  shayx  Hasan  majlisda  o’lturub  va’z  aytur  erdi. 
Hajjoj  bisyor  lashkar  birla  tig’lar  tortib,  siparlar  ko’tarib  majlisga  kirib  keldi  va 
o’lturdi.  Bir  buzurge  hozir  erdi  aydikmm,  Hasanni  ne  imtihon  qilolikim  bu  kun 
imtihon kuni. Hasan bir zarra iltifot qilmadilar va hargiz aning tarafiga qaramadilar. 
Va  aytur  so’zlaridin  yonmadilar.  Majlis  tamom  bo’ldi,  ul  buzurg  aydikim  Hasandur, 
oxir Hasandur. Ul buzurg Hasan oldig’a kelib: agar er kishini ko’rmoq izdasang 
bu erning jamolini ko’ringuzlar. 
Hajjojni  tush  ko’rdilarkim  arafoti  qiyomatga  tushibdi.  Aydilarkim  ne  tilarsen? 
Aydikim  ani  tilarmenkim,  axli  tavhidlar  tilarlar.  Bu  so’z  andin  erdikim  jon  berur 
vaqtda  aydikim:  Xudovando  sala  birla  bir  ovuch  tuproqg’a  o’zungning  G’affor  va 
Akram  va  al-Karaminliging  ko’rsatgilkim  hammaning  ko’nglida  va  og’zida 
budurkim  mani  do’zaxga  tashlagaysen  va  mag’firat  qilmagaysen.  Mani  bu 
xaloyiqning tamizligidin chiqorg’il va bularg’a faol al-muridlig’iigni ko’rsatgil. Bu 
so’z  shayx  Hasanga  etdi  u  aydi:  anga  o’xsharkim  bu  chirkin  bu  ayyorliq  birla 
oxiratni ham aldagay. 
* * *
 
Naqldurkim, bir kun shayx Hasanning xonaqohi eshigi tubida bir kishi o’lturub 
erdi.  Shayx  Hasan  xonaqohning  o’gzasida  namoz  qilur  erdi.  Sajdada  oncha 
yig’ladikim, ko’z yoshi narvondin ul kishining engagiga tomdi. Ul kishi qichqirdi: 
bu  suv  nopokmu  yo  orug’mudur?  Shayx  Hasan  dedi:  engagingni  yuvgilkim, 
gunohlaringni yashirur. 
* * *
 
Debdur, odamdin qo’y avloroqdurkim bir quychi necha yuz qo’yni o’tlog’din 
yondirodur, ammo xalqni Xudoi azza va jalll so’zi gunohdin yondirolmaydur. 
* * *
 
Debdur, ochliq Xudoyi taoloning er yuzida qo’ygan taomidurkim, sodiqlarning 

 
 
33 
badani aning birla quvvat olur. 
 
* * *
 
Debdur, ochliq muridlarga tavbadir. 
* * *
 
Debdur, din va imon ta’ma qilg’ondin zoe’ bo’lur, ya’ni yo’q bo’lur. 
* * *
 
Debdur,  yaxshi birla gunohning zamoni (umri) kamroq bo’lur. 
*   *   *
 
Debdur,  muridga,  ya’ni  tariqat  yo’liga  kirgan  kiishga  uch  nimarsa 
zarurdir:  avval  o’lturg’uncha  makon,  ikkinchi  tiriklik  qilg’uncha  rizq  va 
ro’zona, uchinchi ilmeki aning birla hunarpeshasi bo’lg’ay. 
* * *
 
Debdur, vaqteki murid to’la emoqqa mubtalo bo’lsa, farishtalar aning holiga 
yig’larlar. 
* * *
 
Debdur, har kishi emoqqa haris bo’lsa, botg’a nafs o’tida kuyib ketar. 
* * *
 
Debdur, har kishikim aning so’zi hikmatdii tashqaridur ayni ofatdur. 
* * *
 
Debdur,  har kishikim  qanoat  qilsa,  xalqg’a  muhtoj bo’lmas  va  kishikim  nafs 
havosig’a g’olib kelsa, ozodliq topar. 
* * *
 
 
Aytibdurlar, Shayx qoshig’a bir arobiy keldi va sabrdin savol qildi. Shayx aydi: 
sabr  ikkm  xil  bo’lur:  avval  balog’a  sabr  qilmoq,  ikkinchi,  ul  gunohlareki  Xudoi 
taolo  pur  bandalarini  aningdin  ma’n  qilibdur  sabr  qilmoq.  Chunonchi  o’g’urliq 
qilmoq, nohaq kishini pulini olmoq va zino qilmoq. 
* * *
 
 
Olimlarning jazolanishi qalblarning o’lganidir. 
* * *
 

 
 
34 
 
Olimlarning ilmini, faylasuflar nazariyasini to’plab amalda nodonlar darajasida 
ish ko’ruvchi bo’lma. 
* * *
 
 
Olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qoni bilan o’lchanadi. Shunda olimlar 
qalamlarining siyohi shahidlar qonidan og’ir keladi. 
* * *
 
 
Olimlar bo’lmaganda insonlar chorva mollariday bo’lib qolaveradilar. 
* * *
 
 
Olimlar  yulduzlarga  o’xshaydilar.  Agar  ko’rinib  tursa,  odalar  ular  bilan  yo’l 
topishadi. 
* * *
 
 
Bir kishi ilm o’rganib, so’ng uni boshqalarga o’rgatishi ham amal hisoblanadi. 
* * *
 
 
So’z amal bilan durust bo’ladi, amal bilan so’z esa niyat bilan durust bo’ladi.  
* * *
 
 
Mo’min degan o’z nafsining hokimi bo’lmog’i kerak. U nafsini Alloh uchun 
hisob berdiradi. 
* * *
 
 
Mo’min degan o’z nafsining hokimi bo’lmog’i kerak. U nafsini Alloh uchun 
hisob berdiradi. 
* * *
 
 
Oqillar  zikrdan  tafakkurga,  tafakkurdan  zikrga  o’tadilar.  Qalblarining 
gapirishini talab qiladilar. Va nihoyat qalblari hikmatli so’zlarni ayta boshlaydi. 
 
* * *
 
 
Dunyo  kezib  oxiratini  topganni  ko’rmadik,  lekin  oxiratini  qidirib,  dunyosini 
topganlarni ko’rdik. 
* * *
 
 
Allohga ont ichib aytamanki, pul aziz qilgan har insonni Alloh xor aylagay.  
* * *
 

 
 
35 
 
Odamzot  uch  narsaga  afsuslanib  bu  dunyodan  ko’chadi:  to’plagan  moli  va 
boyligi  bilan  to’ymaydi,  orzulariga  erisha  olmaydi,  oxirat  hayoti  uchun  hozirligini 
qilolmaydi. 
* * *
 
 
Eng  quturgan  hayvon  ham  qarmoq  bilan  ilintirishga  nafsingchalik loyiq  
emas. 
* * *
 
 
Torlik- ziqnalik  qilmanglar, aks holda sizlarga torlik qilinadi.  
* * * 
 
To’rtta  narsa  kishining  muruvvatidan:  tilining  rostgo’yligi,  birodarlarining  
xato-  kamchiliklarini  kechirishi,  ahli  zamonining  taniqli  kishisiga  saxovat  qilishi, 
tanish va qo’shnilarga ozor berishdan tiyilishi. 
* * * 
 
Alloh  bandasiga  yaxshilikni  iroda  qilsa,  unga  bir  dunyolik  beradi. 
Tugasa  yana  beradi.  Agar  bandasining  nazdida  o’sha  dunyolik  haqir 
ko’rinsa, Alloh yanada ko’proq beradi. 
* * * 
 
Qarashdan saqlaninglar. Chunki u qalbda shahvat urug’ini ekadi va u 
qalb egasini fitnaga solish uchun etib ortadi. 
* * * 
 
Birodarlarimiz biz uchun ahli oilamizdan ham qimmatliroqdir. Chunki 
ahlimiz bizga nuqul dunyoni eslatadi, birodarlarimiz esa- oxiratni! 
* * * 
 
Kishi ahli ayolga ishlatish uchun qarz so’rab, keyin uni uzishga 
harakat qilsa-yu shu qarz bilan vafot etib qolsa, Alloh taolo uning 
da’vogarlarini rozi qiladi.  
* * * 
 
Ey  odam  bolasi,  nega  birodaringga  hasad  qilasan?  Agar  Alloh 
suyganligi  sababli  u  bandaga  ne’mat  ato  qilgan  bo’lsa,  sen  Alloh  suygan 
bandaga  qanday  hasad  qilasan?  Agar  uning  mol-davlat  topishiga  boshqa 

 
 
36 
sabab  bo’lsa(ya’ni,  harom  yo’llar  bilan  topgan  bo’lsa),  oqibatda  do’zaxga 
eltuvchi bo’lgan mol-davlatning nimasiga hasad qilasan? 
* * * 
 
Kim senga gap etkazsa, bilginki, sening gapingni ham boshqaga etkazadi. 
  
 
IBROHIM ADHAM 
Sharqda  «Ummul  buldon»,  «Qubbatul  islom»  nomi  bilan  mashhur  bo’lgan 
Balx  eng  qadimiy  shaharlardan  biri  hisoblanadi.  U  dastlab  zardushtiylik,  keyin  esa 
buddizm dini markazlaridan hisoblangan. Bu ko’hna madaniy manzildan ko’plab din, 
ilm-fan,  badiiy  so’z  san’ati  arboblari  etishib  chiqqan.  Ana  shulardan  biri  sarguzashti 
xalk  orasida  sonsiz  hikoyatu  rivoyatlar,  qissalar  paydo  bo’lishiga  zamin  yaratgan 
Ibroxim Adhamdir. 
Ibrohim  Adham  zodagon  oilada  dunyoga  keldi.  Yoshligida  yaxshi  bilim  oldi, 
ilohiyotga  qiziqib,  Haq  yo’liga  kirdi.  Bir  oz  vaqt  shahar  hokimi  vazifasida  ishladi. 
Uning  Haq  yo’lida  fidoiylikka  kirishi  haqida  shunday  naql  bor:  tunlardan  bir  tun 
Ibrohim  Adham  o’z  saroyida  uxlab  yotsa,  tomida  birov  yurganini  sezibdi.  Hovliga 
chiqib qarasa, haqiqatdan ham tomda birov timirskilanib yurganmish. 
 
– Hay  kimsan,  kechasi tomda nima qilib yuribsan, – so’rabdi. 
 
– Tuyamni qidirib yuribman, – debdi haligi odam.   
 
– Qanaqa odamsan, tomda tuya nima qiladi, – debdi Ibrohim Adham. 
 
– Sen hokimlik taxtida o’tirib Haqka etaman deb yurganingdan so’ng, men 
tomda tuyamni qidirsam nima qilibdi, – javob beribdi u. 
Bu  gap  Ibrohim  Adhamga  qattiq  ta’sir  qilib,  butun  davlati,  oilasidan  voz 
kschib,  zohidona  hayot  kechirishga  ahd  qilib,  sahroga  chiqib  ketibdi.  Bir  cho’ponga 
shohona kiyimlarini berib, darveshlar libosida piyoda Makkaga qarab jo’nabdi. 
Bu  erda  Ibrohim  Adham  musofirlar  xizmatini  qilib,  farroshlik  vazifasini 
bajaradi;  Fuzayl  Ayoz,  So’fyon  Suriy  singari  so’fiylar  suhbatida  bo’ladi.  So’ngra 
Shomga  borib,  umrining  oxirigacha  shu  erda  yashaydi.  Taxminan  hijriy  144  yili 
Bizons  daryosi  uchun  bo’lgan  jangda  halok  bo’ladi.  U  halolu  pok,  o’z  qo’l  kuchi 
bilan  yashash,  kishilar  nazr-niyozi,  in’om-ehsonini  olmaslik  tarafdori  edi.  Shuning 

 
 
37 
uchun umr bo’yi farroshlik, duradgorlik, moshoq terish yoki odamlarning bug’doyini 
yanchib  berib,  bog’ini  qarab,  ko’tarish  evaziga  rizqi  ro’z  topib  kun  kechirardi. 
Uning  hayotini  tasavvufda  Budda  turmushiga  qiyos  kilishadi.  Chunki  Budda  ham 
Haqni dsb, oddiy xalqni deb faqirona hayot kechirishni ixtiyor etgan. 
Bir kalbga Xudo va dunyo muhabbati sig’maydi. 
Insonning bir yula ham Allohga, ham dunyoga erishmog’i mushkuldir. 
Bir qavmga hukmron bo’lgandan ko’ra bir nafsga hokim bo’lmoq afzal. 
Amalsiz aql aql emas. 
* * *
 
Keltiribdurlarkim,  uch  kishi  Ibrohim  Adham  birla  hamroh  bo’ldilar.  Bir 
kecha  bir  ko’hna  masjidga  kirib  ibodat  qildilar.  Vaqteki  uyquga  mashg’l  bo’ldilar. 
Ibrohim to subhgacha masjidning eshigida ura turdi. So’rdilar: 
– Ne uchun mundog’ turding? 
Ibrohim Adham dedi: 
–  Qattiq  sovuqdir,  sovuq  shamol  masjidga  kirodur.  Man  eshikni  tutub, 
shamolni kirgali qo’ymay, uzumni  eshikning  o’rnida  tutub  turdum,  sovuqning ozori 
sizga kamroq etgay. 
 
 
* * *
 
Keltiribdirlarkim, Suhayl binni Ibrohim aytur: Ibrohim Adham birla bir safarda 
bo’ldum.  Man  safarda  og’ridim.  Har  neki  ilkida  bor  erdi,  hammasini  manga  sarf 
qildi. Va bir eshaki bor erdi, ani ham sotib manga xarj qildi. Va men sog’aydim va 
yaxshi bo’ldum. 
So’rdumkim, eshakni nima qilding? 
Dedi: 
– Sotdim! 
Man dedim: 
 
– Manga molu maqdurim yo’qdur, nimaga minarman? 
Ibrohim dedi: 

 
 
38 
  –  Mening  bo’ynumga  mingil,  deb  to  uch  manzilga  borguncha  mani 
bo’ynig’a mindurib oldi. 
* * *
 
Naqldurkim, har kishi Ibrohim Adham birla hamsuhbat bo’lgali kelsa, Ibrohim 
aytur erdi: 
 
– Uch ishni bajo kelturgil, man birla hamsuhbat bo’g’il. Avval ulki, har ne 
xizmat lozim bo’lsa, man qilay. Ikkinchi ulki, namozga man azon o’quy, uchinchi 
ulki, har nima nisor kelsa, hammamiz barobar olgaymiz. 
Bir vaqtda bir kishi dedikim: 
 
– Maning bu ishlarga toqatim yuqdur. 
 
Ibrohim dedi: 
 
– Saning rostligingdan taajjub qilurman. 
 
Keltiribdurlarkim,  bir  kuni  jami  Shayxlar  o’lturub  erdilar.  Ibrohim  Adham 
ularning suhbatiga keldi. Yo’l bermadilar. 
Dedilar: 
– Yongilki, dog’i sandin podsholik va hukumatning sassig’i kelodur. 
* * *
 
Naql qilibdurlarkim, Ibrohim Adhamdin so’rdilar: 
– Ne holda kuningni o’tkazursan? 
Ibrohim dedi: 
To’rt  ot  saqlabman:  birning  oti  Shukrina,  birining  oti  Sabrina,  birining  oti 
Ixlos  va  birining  oti  Tavba.  Agar  mening  oldimga  bir  ne’mat  kelsa,  Shukur  otiga 
minib  aning  oldig’a  chiqarman.  Agar  malol  manga  yuzlansa,  Ixlos  otiga  minib, 
ro’baro’ bo’lurman. Va agar manda gunoh paydo bo’lsa, Tavba otiga minib, quvlab 
qocharman. 
* * *
 
Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan, 
Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qo’limizdan. 
* * *
 
Ey 
g’iybatchi, 
do’stlaringga 
dunyoing 
bilan 
baxillik 
qilding, 
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling