Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Trenajorlarda pedagagik texnalogiyalardan foydalanish


Download 169.76 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi169.76 Kb.
#1522990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Payziev Azimjon

Trenajorlarda pedagagik texnalogiyalardan foydalanish.

Ushbu bo’limda trenajorlarda pedagagik texnalogiyalardan foydalanishning ekranga tasvir tushintirish statik va dinamik texnik vositalarining, ovoz beruvchi vositalarning o’quv jarayonidagi rolini, ekranga nur yordamida tasvir tushirish usullarini hamda statik va dinamik proektsiyalash vositalarining didaktik imkoniyatlarini o’rganishga mo’ljallangan.
Statik proektsiyalash texnik vositalari deb nur yordamida ekranga qo’zg’almas tasvir tushiruvchi informatsiya vositalari va apparatlari majmuasiga aytiladi. Statik proektsiya texnik vositalari o’qitish jarayonida eng ko’p qo’llanadigan va eng qulay texnik vositalardan hisoblanadi. Ular yordamida o’qituvchi tasvirni tushuntirish uchun ekranda kerakli vaqt mobaynida ushlab turishi mumkin.
Dinamik proektsiyaning o’qitish jarayonidagi eng muhim didaktik roli tasvirlarning harakatlanishidir. Dinamik proektsiya ob’ekt va xodisalarning rivojlanish va o’zgarish jarayonini harakatda kuzatishga imkon beradi.
Proektsiyalash harakatsiz yoki harakatdagi tasvirni nur yordamida ekranda mavjud qilishdir. Ekranda harakatsiz tasvirni hosil qilishga statik proektsiya, harakatli tasvir hosil qilish esa dinamik proektsiya deyiladi. Amalda statik va dinamik proektsiya o’qitish jarayonida asosiy qo’llanma vazifasini bajaradi.
Yorug’lik manbai va optik tizim yordamida biror ob’ektning tasvirini ekranda hosil qilish yorug’lik proektsiyasi deb ataladi. Ta’limning statik vositalariga diafilmlar, kodoposobiyalar (transporantlar) kiradi. Statik proektsiyaning texnik vositalari nur yordamida ta’lim statik vositalari tasvirini ekranga tushirishga xizmat qiladi.
Ekranga nur yordamida statik tasvir tushirishning ikki turi mavjud. Ular diaproektsiya va epiproektsiyalardir.
Diaproektsiyada tasvir nur oqimining shaffof ob’ekti (plyonka, oyna)dagi rasmdan o’tib ekranga kattalashib tushishidan hosil bo’ladi. Diaproektsiyada proektsion lampa 2 ning (1-rasm) nur oqimi hamda qaytargich 1 dan qisman qaytgach, nur oqimi kondensor 3 orqali to’planib, kadrlar darchasi 4 ga yo’naltiriladi. Nur oqimi kadrlar darchasiga joylashgan shaffof ob’ektdagi tasvirdan o’tib ob’ektiv 5 ga tushadi. Tasvir ekranga ob’ektiv orqali kattalashtirilib tushiriladi.
Diaproektsiyaga asoslangan qurilmalr diaproektor deb ataladi.
Diaproektsiyaning alohida turkumoaridan biri krdoproektsiya hisoblanadi. Kodoproektsiyada (2-rasm) lampa 2 hamda reflektordan qaytgan nur oqimlari kondensor 3 orqali yig’ilib film darchasi 8 da joylashgan shaffof plyonkadagi tasvirga vertikal yo’naltiriladi.
Nur oqimi shaffof plyonkadan o’tib, ob’ektiv (5) ga, so’ngra ko’zgu (7) ga tushadi. Kuzgu nur yo’lini o’zgartirib, uni ekranga yo’naltiradi.
Kodoproektsiyaga asoslangan qurilmalar kodoskop va grafoproektor deb ataladi.
Epiproektsiyada tasvir nur oqimining xira, nur o’tkazmaydigan ob’ekt (qog’oz, jurnal, fotoqog’ozlar)dagi rasmdan qaytib ekranga tushishidan hosil bo’ladi. Epiproektsiyada (3-rasm) proektsion lampa 2 hamda qisman reflektordan qaytgan nur oqimlari kondensor 3 yordamida yig’ilib xira ob’ekt 10 dagi tasvirga tushadi. Tasvirdan qaytgan nur oqimining bir qismi ko’zgu 7 yordamida o’z yo’nalishini o’zgartirib, ob’ektiv 5 orqali ekranga tushadi.
Reflektor - ko’zguli nur qaytargich. U proektsion lampaning orqa tomoniga joylashtirilgan. Reflektor nurni film darchasi tomon yo’naltirib, nur oqimini kuchaytiradi. Reflektorlarning shakli turlicha bo’ladi: sferik, parabolik, elliptik. Parabolik va elliptik reflektorlar film darchasining bir tekis yoritilishini ta’minlaydi, lekin ularni ishlab chiqarish murakkab va qimmat baholanadi.
Nur manbai - proektsion elektr lampasi. Zamonaviy proektsion apparatlarida nur manbai sifatida elektr lampalar ishlatiladi. Katta quvvatli apparatlarda elektr yoyi, ksenon lampalari, o’rta va kichik quvvatli apparatlarda maxsus cho’g’lanma lampalar ishlatiladi.
Oxirgi paytda kvarts-galogen lampalari keng miqyosda qo’llana boshlandi. Ular trubkasimon shakldagi kichik kvarts kolbasidan iborat. CHo’g’lanish jarayonida volfram spiralining bug’lanishini sekinlashtirish maqsadida uning ichi yod yoki boshqa galogen qo’shilgan inert gazi bilan to’ldiriladi.
Lampani elektr manbaiga ulash kvarts kolbasiga kovsharlangan molibden simi orqali amalga oshiriladi. Molibden simining maksimal qizish temperaturasi 3500S dan oshib ketmasligi kerak. Zamonaviy proektsiyalash apparatlari ko’p linzali qilib tayyorlanadi. Ko’p linzali ob’ektivlarda bir linzali ob’ektivlarning kamchiliklari bartaraf qilinadi. Ularda yupqa shaffof plyonka bilan qoplangan yorug’lashtirilgan linzalarning ishlatilishi ekranda yuqori sifatli aniq, yorqin tasvir hosil qilish imkonini beradi. Uch linzali ob’ektivlarga «triplet», ko’p va sifatli linzali ob’ektivlarga «anastigmat»lar misol bo’ladi.
Apparatlarni ishlatishda ob’ektiv va oynalarni ehtiyot qilish zarur. Ularni tez-tez artaverish tavsiya qilinmaydi. Chang avval yumshoq cho’tka bilan, so’ng flanel salfetkasi bilan tozalanadi.
Har qanday ob’ektivning asosiy parametri uning fokus masofasi va nisbiy teshik hisoblanadi.
Fokus masofasi - bu optik o’q bilan parallel nurlar ob’ektivdan o’tib bir nuqtada tutashgan joyidan ob’ektiv tekisligigacha bo’lgan masofa. Ekrangacha bo’lgan masofa bir xil bo’lgan holda apparatning kichik fokusli ob’ektivi ekranda kattaroq tasvir beradi.
Nisbiy teshik - bu ob’ektiv linzalarning diametri (d), uning fokus masofasi (F) nisbatiga teng.
Nisbiy teshik qiymati qancha katta bo’lsa, ob’ektivdan shuncha ko’p nur o’tadi. Nurning yuqolishi kamayadi. Ob’ektiv korpusida nisbiy teshik, fokus masofasi, zavod nomeri, zavod nomi yozilgan bo’ladi. Bu «ob’ektivning pasporti» uning ekranga qaragan tomonida bo’lishi zarur.
Statik proektsiyaning texnik vositalari yorug’lik nuri yordamida ekranga qo’zg’almas tasvir tushirish uchun xizmat qiladi. U informatsiya eltuvchi vosita va texnik qurilmadan iborat. Informatsiya eltuvchi ta’lim vositalariga diapozitivlar, diafilmlar, transporantlar (kodoposobiyalar) kiradi.
Diapozitiv shaffof plenkada hosil qilingan fototasvirdir. Diapozitivlarni ishlatish oson bo’lishi maqsadida ularning formati standartlashtirilgan va texnik qurilmalarda ishlatishga moslashtirilgan. O’quv jarayonida qo’llaniladigan diapozitivlarning asosiy o’lchami 24x36 mm, 18x24 mm bo’lib, ular 50x50 mm plastmassadan yasalgan ramkalarga joylashtiriladi.
Diapozitivlar bilan plakatlar o’rtasida o’xshashlik ko’p. Diapozitivdagi tasvir ekranda yorug’lik bilan tushiriladigan rasmni hosil qiladi. Bunday rasmdan foydalanish huddi devorga osilgan plakatlardan foydalanishga o’xshaydi. Lekin diapozitivning afzallik tomonlari bor: uni ekranga proektsiyalab, 3-4 kv.m.gacha o’lchamli rasmlar hosil qilish mum kin. Ekrandagi tasvirning katta bo’lishi orqa partalarda o’tirgan o’quvchilarga ko’rsatilayotgan narsaning barcha elementlari bilan tanishishga va uning to’g’risida aniq tushuncha olishga va u haqda to’g’ri tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Tasvirning aniq va aniq chiqishi ham ekran qo’llanmasining afzalligidir.
Diapozitiv tasviri ham, plakatdagi rasmga o’xshab, harakatlanmaydi, lekin birin-ketin birorta jarayon rivojlana borgan sari o’zgaradigan tasvirlarni ko’rsatish yo’li bilan bu kamchilikning o’rni bir muallif oz qoplanadi.
Birorta mavzuni yoritib beruvchi diapozitivlar seriyasini avtor tavsiya qiladigan tartibda ko’rsatish shart emas.
Mashg’ulotning maqsadiga qarab, o’qituvchi diapozitivlarni har xil tartiblarda ko’rsatishi, ba’zan boshqa seriyadagi diapozitivlardan foydalanishi mumkin.
Turli manbalardan diapozitivlarni tanlash imkoni borligi, ekran vositasining bu xilidan istalgan payt va tartibda foydalanish mumkinligi bunday qo’llanmaning muhim afzalligidir.
Diapozitiv film yoki diafilm plyonkaga tushirilgan diapozitivlardir. Diafilmdagi tasvir va uni izohlovchi so’zlar matni uzviy bog’langan bo’lib, yaxlit mavzuni tashkil qiladi. Diafilmlarda plyonkaga tushirilgan ayrim tasvirlar bir uzluksiz lentaga biriktirilgan. Ularni muallif qanday joylashtirgan bo’lsa, shu tartibda namoyish qilish mumkin. O’qituvchi faqat ayrim kadrlarni yoki ko’rsatilganlarini tez o’tkazib yuborishi, ko’rsatilganlarini esa yana qayta ko’rsatishi mumkin. Har bir diapozitiv mustaqil hisoblanadi. Diafilm kadrlari rivojlanib borayotgan mavzuning ayrim tasvirlarigina bo’lib qolmay, balki yaxlit asar elementlaridir.
Diafilm 35 mm plyonkaga tushiriladi. Diafilmdagi kadrlarning o’lchami 18x24 va 24x36 mm bo’lib, ularning soni 72 yoki 36 tani tashkil qiladi.
Diafilm kadrlarni kesib olib, ulardan diapozitivlar seriyasini tashkil qilish mumkin. Bunday seriyada birorta kadr ishdan chiqsa yoki eskirib qolgani bo’lsa ularni almashtirish oson. Diafilmda esa bunday xollarda plyonkani qaytadan ishlash kerak. Diapozitiv seriyalari diafilmga nisbatan ko’proq xizmat qiladi, chunki ular diafilm kabi film kanalida qirilmaydi.
Kodoposobiya (transporant) - bosma yoki fotografiya usulida shaffof plyonkaga hosil qilingan tasvir. Kodoposobiya grafoproektorlar orqali namoyish qilinadi. Qaysi apparatda ishlatilishiga qarab kodoposobiya kadrlarining o’lchovlari 142x103 mm (eski modellar uchun) va 250x250 mm (yangi chiqarilgan modellar uchun) bo’ladi. Grafoproektorlarda bir dona kadrdan iborat kodoposobiyalar, bir-birining ustiga qo’yib ko’rsatiladigan 2-6 kadrdan iborat seriyali kodoposobiyalar yoki eni 260 mm, uzunligi 30 m gacha bo’lgan uzluksiz shaffof plyonkada hosil qilingan tasvirlar namoyish qilinadi.
Epiposobiya - o’lchamlari 150x150 mm, 190x190 mm bo’lgan xira ob’ektlardagi tasvirlardan (fotografiya, kitob va jurnallardagi rasmlar, sxemalar, jadvallardan) iboratdir. Epiposobiyalardagi tasvir qaytgan nur yordamida ekranga epiproektorlar orqali yoki «videoko’z-teleekran» tizimi orqali proektsiyalanadi.
O’quv jarayonida maxsus fabrikalarda tayyorlangan diapozitiv va diafilmlardan foydalanishdan tashqari, fotografiya vositalaridan foydalanib, o’quv yurtlari laboratoriyalarida diafilm va diapozitivlarni tayyorlash mumkin. Bu ikki fotografik usulda bajariladi.
Birinchi usul - oddiy negotiv-pozitiv jarayon bo’lib, bunda negotiv tasvirdan kontakt yoki proektsion nusxa ko’chirish usulida diapozitivlar hosil qilinadi. Bu usul diapozitivlarni ko’plab ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Ikkkinchi usul - qaytarish jarayoni bo’lib, unda tasvir maxsus fotomateriallarga tushiriladi. Ochirish paytida darhol tayyor pozitiv tasvir hosil bo’ladi. Bu usulda diapozitiv bir nusxada olinadi. Uni kadrlash yoki masshtabini o’zgartirish yo’li bilan tuzatish mumkin emas, shuning uchun suratga olish nuqtasini yaxshi tanlash, plyonkaga ishlov berganda esa juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar surat olingan plyonkadan diafilm sifatida foydalanilsa, uning kadrlari oldindan tuzilgan stsenariyga mos tushishi kerak, chunki suratga olingan diafilmda kadrlar tartibi o’zgarmaydi.
Qaytarish jarayoni diapozitiv olishni ancha tezlashtiradi. SHunday usulda rangli diapozitivlarni hosil qilish rangli negotiv-pozitiv usulida hosil qilishga qaraganda ancha oson. Rangli qaytuvchi plyonkada ranglarning sifati rangli negotivdan nusxa ko’chirishdagiga qaraganda ancha sifatli chiqadi.
Laboratoriyada diapozitiv yoki diafilmlar seriyasini yaratish uchun dastlabki tasviriy materialni tayyorlash va tushuntirish matnini yozish kerak.
Diapozitivlar seriyasi ustida ishlash diafilmlar ustida ishlashdagiga qaraganda osonroq, chunki diapozitivlarda qisqagina yozuvlar berish kifoya. Bu yozuvlar ko’pincha nima tasvirlanganligini aytishdan iborat bo’ladi. Syujetli seriya matni ancha murakkab, chunki u diapozitivlarni yagona syujet bilan bir-biriga bog’laydi.
Diafilmda kadrlar matn bilan yanada chuqurroq bog’liq bo’lgani uchun oldindan stsenariy ishlab chiqiladi. Unda har bir kadrga oid matn beriladi.
Tasviriy materialni mavjud fotografiyalar, rasmlar, kitoblardan olingan sxemalardan tanlanadi. Ularning o’lchami 24x36 yoki 18x24 sm bo’lishi lozim. Tasvirlarning tagiga rasmlarning mazmunini bildiruvchi so’zlar yoziladi. So’ng reproduktsion qurilma yordamida rasmlar ketma-ket fotoapparatga tushiriladi. Fotoplyonkaga kimyoviy ishlov berilgandan so’ng negativ tasvirli diafilm yoki diapozitivlar hosil bo’ladi.
Diapozitiv va diafilmlar kontakt usulida negotivdan pozitivga ko’chadi.
Statik proektsiya apparatlari kadrlarni almashtirish, tasvirni fokuslash jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilganligi darajasiga qarab superavtomatik, avtomatik, yarimavtomatik, noavtomatik turlarga bo’linadi.
Superavtomatik apparatlar operatorsiz berilgan dastur (vaqt relesi, dasturli qurilma) bo’yicha ishlovchi va avtofukus qurilmasi bilan jihozlangan proektsion apparatlardir. Bunday apparatlarga «Alfa-203», «Alfa 35-5 avtofokus», «Peleng-700» diaproektorlarini misol qilish mumkin.
Avtomatik apparatlar kadrlar almashuvi, fokuslash o’z dvigatellariga ega bo’lgan mexanizmlar yordamida pult orqali bajariladigan apparatlardir. Bularga «LETI-60M», «Lektor-60», «Proton», «Krugozor», «Alfa 35-50», «Svityaz-avto» va boshqa diaproektorlar kiradi.
Yarimavtomatik apparatlar masofadan boshqarish pulti bo’lmagan, fokuslash, kadrlarni almashtirish mexanizmlar yordamida bajariladigan apparatlardir. Bular turkumiga «Svityaz», «Svityaz-M», «Gorizont» kabilar kiradi.
Noavtomatik apparatlar hamma ishchi elementlari o’qituvchi tomonidan boshqarilagan apparatlardir. Bunday apparatlar kichik auditoriyalarda va o’qituvchilarning mashg’ulotdan oldin diafilm mazmuni bilan tanishib chiqishlari uchun ishlatishga mo’ljallangan. Bular jumlasiga «Ekran», «Svet», «Etyud», «Sputnik» diaproektorlari kiradi.
Diafilmlarni namoyish qilishga mo’ljallangan diaproektorlarda kadrlarni almashtiruvchi qurilma lenta tortish mexanizmidan iborat (4-rasm). G’altaklarga o’ralgan diafilm lenta tortish mexanizmining film kanali 2 orqali bir g’altakdan ikkinchi g’altakka o’raladi.
Diapozitivlarni namoyish qilishga mo’ljallangan diaproektorlarda kadrlar almashtiruvchi qurilma (5-rasm) diapozitivlar joylashtirilgan kasseta 1 dan va diapozitivlar 3 ni kassetadan turtib film kanali 4 ga namoyish qilishga joylashtiriladigan, namoyishdan so’ng diapozitivni kassetadagi o’z joyiga qaytaradigan turtkich 2 dan iborat. Diapozitiv kassetaga qaytarilgandan so’ng, kasseta oldinga yoki orqaga yurib keyingi diapozitivni namoyish qilishga tayyorlaydi.
Diafilmlarni namoyish qiladigan diaproektorlarda diafilm lentasi film darchasiga joylashgan ikki shaffof oyna orasidan siqilib o’tadi. Ekrandagi tasvir bir marotaba fokuslangandan so’ng u namoyish davomida o’zgarmaydi. Bunga sabab shaffof oyna diafilm lentasining fokus tekisligidan chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Internet-o‘qitish (tarmoqli o‘qitish)ning bir qator psixologik-pedagogik muammolarini ko‘rib chiqamiz:
Zamonaviy axborot-ta’lim muhitida o‘qitish nazariyasining mavjud emaslik muammosi; buning natijasi – tushunish-toifa apparatining mavjud emasligi.
Hozirgi vaqtda o‘qitishning mavjud bo‘lgan nazariyasidan hech biri virtual ta’lim muhitida o‘qitish uchun bevosita foydlania olishi mumikn emas. Kompyuter o‘qittish yoki Internet-o‘qitishni an’anaviy metodologik o‘qitishga muvofiq o‘qitishni qurishning mavjud urinishlari kam samarali bo‘lib chiqdi.
Elektron pedagogikaning ta’rif, atamaga oid muammolarini ishlab chiqishning qoniqarsiz holati ilmiy-pedagogik muhitda turlicha nomlanishga ega o‘qitishning bitta o‘ziga xos xususiyatining ko‘p ma’noga ega tushunchasining misoli: xususan elektron qo‘llanma yoki kompyuter qo‘llanma, yoki va h. tasdiqlaydi. Natijada o‘qitish vositasining ushbu jami «o‘quv vazifaning elektron nashri» deb ataldi. O‘shbu tushuncha belilangan belgisi bo‘lib hisoblanmaydi.
Optimallik muammolari: zamonaviy ATMda samarali o‘qitish uchun o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK) tarkibi, turli tashuvchilarda (qog‘oz, tarmoq, CD-ROM va boshqalar) O‘MK didaktik elementlarni joylashtirish; o‘qitishning u yoki boshqa metodikasini qo‘llash.
Muammo bo‘lib, masalan, samaradorlikning maksimal bosqichi bilan o‘qitish uchun axborotning turli tashuvchilar turida O‘MK elementlarini joylashtirish proporsiyalarini aniqlash hisoblanadi. Ushbu muammo psixologik-pedagogik nazariya asosida hal etilishi kerak. Bu erda har bir O‘MK elementlarida o‘quv materiallarining tarkibini strukturalashtirish muammoasi yuzaga keladi. Ushbu muammoni hal qilish tegishli vosita va metodlarni (IMS, SCORM va boshqa.) qo‘llagan holda ta’limda standartlashtirish muammolari bilan bog‘liq.
Optimallashtirish muammosi bo‘lib o‘quv materialni psixologo-ergonomik taqdim etish, o‘quv materialni inson tomonidan qabul qilinishi, elektron ko‘rnishda taqdim etish, elektron o‘quv materialni tushunish hisoblanadi.
O‘MKning turli elementlarida joylashgan o‘quv axboroti (o‘quv adabiyotlar, o‘quv qo‘llanma va boshqalar) matn shaklda, yoki ovoz shaklda, yoki sxema shaklda, video qator va hokazo ko‘rinishda yoki ularni birgalikda qo‘llanish shaklida taqdim etilgan bo‘lishi mumkin. Bunda ergonomik va valeologik talablarga rioya qilingan bo‘lishi kerak.
Ushbu muammo kompyuter ekranidan o‘quv materialni inson tomonidan qabul qilinishning psixologik-lingvistik xususiyatlar, masofadan o‘qitish tizimida foydalanuvchilarning psixologik xarakteristikalarini hisobga olgan holda tushunish bilan bog‘liq. Bu erda o‘quv materialni inson tomonidan qilinishning psixologik nazariyasidan foydalanish yo‘nalishlarida tadqiqotni o‘tkazish, O‘KMda foydalanuvchilarning psixologik xarakteristikalaridan, ekrandagi o‘quv materialni o‘zlashtirish tempidan va boshqalardan foydalanish zarur.
Ushbu muammoni hal qilish uchun ushub sohada Rossiya ta’lim akademiyasida (oliy maktab bo‘linmasi), Voroned davlat pedagogik universitetda, RAGS va boshqa oliy o‘quv yurtlarida hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarda o‘tkaziladigan, lekin O‘KMda o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatni hisobga olgan holdadasturlar, shunga o‘xshash tadqiqot dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchilarning zamonaviy axborot-ta’lim muhitiga kirishga tayyorlik muammosi.
Ushbu muammoni hal qilish axborot texnologiyalari sohasida bo‘lgani kabi, zamonaviy axborot-ta’lim muhitining pedagogikasi sohasida ta’lim jarayonining ishtirokchilarini tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy O‘KMda o‘qituvchi va talabaning faoliyat yuritishiga o‘xshash bo‘lgan o‘qituvchi va talabaning modellari, ularning negizida o‘quv dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan va tadqiq qilingan bo‘lishi kerak. Bunday harakatlarning prototipi bo‘lib Rossiya davlat ochiq ta’lim instituti (RGIOO)da, M. SHoloxov nomidagi Moskva davlat osiq pedagogik universitetida (MGOPU) va boshqalarda tarmoq tizimini shakllantirish yo‘nalishida oliy maktab o‘qituvchilarini qayta tayyorlash tarmoq tizimini shakllantirish yo‘nalishida birinchi qadam bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
O‘quv jarayon ishtirokchilarining kunduzgi muloqatining cheklanishi bilan yuzaga kelgan tarbiyaviy muammolar.
Ushbu muammoning dolzarbliligi shubha uyg‘otmaydi. Tarbiya pedagogikaning asosiy taoifasi hisoblanadi. Biroq ushbu atama pedagogikaga oid adabiyotda beshta turli tushunchalar bilan belgilanadi:
1. Ijtimoiy tuzum va atrof muhitning insonga ta’sir etishi;
2. To‘plangan jamoat-tarixiy tajribani yangi avlodga berish;
3. Ta’lim muassasida o‘quv-tarbiyaviy jarayon;
4. Muayyan ishonch va qarashlar tizimini shakllantirish uchun maxsus tarbiyaviy ish;
5. Alohida sifatlarni shakllantirish.

Download 169.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling