Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 44.99 Kb.
|
O`ZBEKISTON 2 JAHON URISHI YILLARIDA
II-BOB.
1.2. Sovet ittifoqi g’arbidagi ko’pgina katta sanoat va qishloq xo’jaligi rayonlarining fashistlar tomonidan bosib olinganligi mamlakat xalq xo’jaligini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Chunki bu hududlarda SSSR aholisining 40% i yashar, temirning 68% i, po’latning 58% i, alyuminiyning 60% i, ko’mirning 63% i, bug’doyning 38% ini shu yerlar berar yedi. Mudofaa ahamiyatiga yega bo’lgan og’ir sanoat korxonalarining katta qismi g’arbiy hududlarda joylashgan yedi. Urush boshidagi bunday katta yo’qotishning o’rnini qoplash va dushman ustidan g’alabani ta’minlaydigan sanoat ishlab chiqarishini yo’lga qo’yish o’sha davrdagi dolzarb vazifa bo’lib qolgan yedi. Bu vazifani bajarish uchun urush boshida amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma’ruzamiz boshida aytib o’tgan yedik. 1941 yilning yoziga kelib xalq xo’jaligini qayta qurib, uni harbiy izga o’tkazish O’zbekistonda asosan oxiriga yetkazilgan yedi. 1942 yili yalpi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish ikki barobar ko’paydi, 1943 yilda yesa sanoatning respublika xalq xo’jaligidagi salmog’i 75% gacha ortdi. Harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borish zaruratlari sanoat qurilishini tobora ko’paytirishni talab qilar yedi. O’zbekistondagi industrial rivojlanish yelektr yenergiya ishlab chiqarishni keskin ravishda oshirishni talab qildi. Yelektr stansiyalar qurilishiga 1941 yilda 1 mlrd so’m ajratilgan bo’lsada, mablag’ yetishmasligi sababli qurilish ishlari hashar yo’li bilan amalga oshirildi. Hammasi bo’lib yetti yirik yelektrostansiyasi, jumladan Salor va Farhod GESlari barpo yetildi. Shu yillardagi O’zbekiston og’ir sanoati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari yenergetika, mashinasozlikdan tashqari qora va rangli metallurgiya, ko’mir bazasini vujudga keltirish, kimyo sanoati tarmoqlarini yuksaltirishdan iborat bo’ldi. Respublika sanoat qurilishi maydonchasiga aylandi. Bekobodda metallurgiya zavodi, Lyangarda molibden fabrikasi qurilib, Chirchiq yelektrokimyo kombinatining ikkinchi navbati ishga tushirildi. Respublikada urush yillari hammasi bo’lib 280 ta yangi sanoat korxonalari barpo yetildi. Toshkent mamlakatning yeng yirik sanoat markazlaridan biriga aylandi. Shu davr mobaynida respublika sanoati quvvati 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, ko’mir ishlab chiqarish 30 marta, ximiya sanoati 7,5 barobar, mashinasozlik 13,4 marta, metallni qayta ishlash 4,5 marta ko’paydi. Respublikada sanoatni yuksaltirish sohasida amalga oshirilgan tadbirlarning barchasi ma’muriy - buyruqbozlik usulini qo’llash yo’li bilan bajarildi. Mavjud imkoniyatlar, resurslar kishilarning jismoniy-ruhiy holati hisobga olinmasligi oddiy holat yedi. Odamlar holdan toyguncha ishlashga majbur qilinar yedi. Lekin hamma ham haddan tashqari zo’riqib ishlashga bardosh berolmasdi, ba’zilar holdan toyib halok bo’lishardi. Uzoq masofalardan ishga qatnovchilar uchun transport yo’q yedi. Kiyim-bosh, poyabzal yetishmasdi, iste’mol qilinadigan oziq-ovqat ham bir holatda yedi. Sanoat obektlari majburiy ravishda ishga tushirildi, sexlardagi stanoklar, devorlarni tiklash bilan bir vaqtda o’rnatildi, hatto tomi yo’q binolarda ham mahsulotlar ishlab chiqarildi, havo yesa nihoyatda sovuq yedi, malakali ishchilar o’rnida yendigina o’qishni tamomlagan o’smirlar va xotin-qizlar ishlardi, ishlab chiqarish sifati talab darajasida bo’lmasdi. Ochlik va nihoyatda charchab-toliqishdan sillasi qurishiga qaramasdan sanoat xodimlari frontni qurol-yarog’, jangovor texnika, moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar. SSSR Germaniya ustidan qurollanish poygasida yutib chiqqanligida mamlakat mehnatkashlarining, jumladan o’zbekistonliklarning fidokorona mehnati hal qiluvchi ahamiyatga yega bo’ldi. O’zbekiston sanoati urush davomida frontga 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo’q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy kimyoviy apparatura, 22 mln dona mina va 500 ming dona snaryad, 3 mln radiolampa, 300 mingta parashyut 5 ta bronepoyezd, 18 ta sanitar poyezdi, 2200 ta ko’chma oshxona 7518,8 mingta gimnasterka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya yetigi yetkazib berdilar. Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alabada O’zbekiston qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining ham katta hissalari bor. Qishloq xo’jaligi oldida front va front ortini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta’minlashdek g’oyat qiyin vazifa turar yedi. Buning uchun agrar ishlab chiqarishni g’oyat qisqa muddat ichida, butun xalq xo’jaligi kabi, harbiy izga o’tkazish, qishloqdagi barcha moddiy resurslarni safarbar yetish, texnika yekinlari, don, kartoshka va sabzavotlar yekishni ko’paytirish, chorvachilik mahsuldorligini, qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirish lozim yedi. Bu vazifalarni hal qilish bir qator omillar tufayli murakkablashib ketgan yedi. Birinchidan, shu davrga kelib markaz olib borgan siyosat natijasida paxta yakka hokimligi qaror topganligi qishloq xo’jaligi boshqa sohalarining rivojlanishini birmuncha qiyinlashtirdi. Chunki ajdodlar to’plagan tajriba unutila boshlagan yedi. Buning ustiga Markaz O’zbekiston oldiga oziq-ovqat bilan ta’minlash vazifasini qo’yarkan, paxta maydonlarini kamaytirmaslikni ham talab qildi. Chunki paxta mudofaa sanoati uchun g’oyat muhim xom ashyo hisoblanar yedi. Ikkinchidan, butun mamlakat miqyosida sanoat harbiy izga ko’chirilganligi sababli, traktorlar, seyalkalar, yuk mashinalari va boshqa uskunalar bilan qishloq xo’jaligini ta’minlash to’xtatildi. Yonilg’i, yehtiyot qismlar olib kelinishi keskin kamaytirildi. Natijada agrar sohaning moddiy texnika bazasi zaiflashdi qo’l mehnatining ulushi oshdi va ot ulov bilan bajariladigan ishlar hajmi ko’paydi. Uchinchidan, malakali kadrlar va qishloq aholisining mehnatga yaroqli asosiy qismi frontga safarbar yetildi. Bundan tashqari 155 mingdan ortiq o’zbekistonliklar mehnat batalonlariga jalb qilindilar. Buning oqibatida 1945 yilga kelib qishloqdagi mehnatkash dehqonlar soni 40% ga kamaydi. Ayniqsa mexanizatorlar soni keskin qisqardi. Ularning soni urush boshida 27888 kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1942 yilga kelib 2775 kishiga tushib qoldi. Ishlab chiqarishga xotin-qizlar, keksalar, o’smirlar jalb qilindi. Mehnat intizomini mustahkamlashga qaratilgan haddan ziyod keskin choralar ko’rildi. Rejalashtirilgan mehnat kunini bajarmaganlar sudga berilar yedi. Biroq, qishloq mehnatkashlarining tabiati bunday qattiq choralarni talab qilmas yedi. Ular, qalb amri, or-nomus dav’ati bilan frontga umumxalq yordamini ko’rsatish harakatiga qo’shildilar. Paxta tayyorlash rejasi 1941 yilda 1940 yildagiga nisbatan 45 kun oldin bajarildi va davlatga 1,6 mln tonna paxta topshirildi. G’alla va boshqa oziq-ovqat yekinlarini yekishni kengaytirish zarurati yangi yer maydonlarini o’zlashtirishni talab qildi. 1941 yilning bahoridayoq 220,5 ming gektar yangi hosildor yerlar o’zlashtirildi. Respublika irrigasiya qurilishi yuksak sur’atlar bilan davom yetdi. Shimoliy Farg’ona, Shimoliy Toshkent, Yuqori Chirchiq, So’x-Shohimardon, Uchqo’rg’on kanallari, Rudasoy, Kosonsoy suv omborlari qurildi. Natijada faqat 1942-1943 yillar mobaynida 546 ming gektar yer o’zlashtirildi. Respublikada qand lavlagi, zig’ir, kanop, makkajo’xori, kunjut kabi yekinlar yekishga ye’tibor kuchaydi. Respublika SSSR da yetishtirilayotgan qand lavlagining 25 % ini ishlab chiqara boshladi. Qishloq xo’jaligi yekin maydonlari strukturasi ham birmuncha o’zgardi. Urushgacha yekin maydonlarining 90 % ida paxta yekilgan bo’lsa, urush yillarida bu ko’rsatkich ancha kamaydi. Masalan, Farg’ona viloyatida paxta maydoni 51 % ga tushirildi. Urushga safarbar qilingan O’zbekistonlik jangchi-larning umumiy tarkibidan 263005 kishi halok bo’lgan, 132670 kishi bedarak yo’qolgan, 60452 vatandoshimiz nogiron bo’lib qolgan. Bu raqamlar bosqinchilarga qarshi jang qilgan o’zbekistonliklarning 27,6%i qurbon bo’lganligidan yoki bedarak yo’qolganligidan dalolat beradi. Urushga safarbar qilinganlarning bunchalik katta qismining yo’qotilishi ko’p jihatdan kommunistik rahbariyat, avvalo Stalinning yo’l qo’ygan jinoiy xato, kamchiliklari oqibatida sodir bo’ldi. Birinchidan, armiyadagi ommaviy qatag’onlar sovet qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatiga halokatli zarbalar bergan yedi. Faqat 1937 yilning mayidan sentyabrigacha 40 mingga yaqin polk, diviziya, korpus, brigada, harbiy okruglarga qo’mondonlik qilayotgan, shtablarga rahbarlik qilayotgan zobitlar qatag’on qilingan yedi. Natijada qo’mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasi nihoyatda pasayib ketgan yedi va buning oqibatida urush boshida katta qurbonlar berilgan yedi. Qatag’onlar keyingi yillarda ham davom yettirildi. Hatto 1941 yilda urush boshlangandan keyin ham bir guruh tajribali diviziya, korpus, armiya va front qo’mondonlari qamoqqa olinib otib tashlangan yedilar. 1942-1943 yillar davomida o’zbek jangchilari Don daryosi bo’yidagi, Stalingrad ostonalaridagi va Kursk yonidagi janglarda ishtirok yetdilar. Masalan, Stalingrad uchun bo’lgan janglarda minamyotchilar rotasi komandiri M. Rustamov avgust oyida ikki hafta ichida 150 ta soldat va zobitni qirib tashladi va 20 ta yuk mashinasini yakson qildi. 1943 yil iyulida Oryol yaqinidagi Zolotaryovka qishlog’i uchun bo’lgan jangda farg’onalik Ahmadjon Shukurov 110 nafar fashistni yo’q qilib, 15 tasini asir oldi. Bu jasorati uchun unga Qahramon unvoni berildi. Dnepr uchun olib borilgan janglarda yesa qahramonlik ko’rsatgani uchun 26 o’zbek yigitiga Qahramon unvoni berildi. O’zbekiston vakillari partizanlar harakatida ham fidoiylik bilan ishtirok yetdilar. Qahramon unvoni bilan taqdirlangan Mamadali Topiboldiyev nomi Belorussiyada juda mashhur. U 67 ta dushman soldat va zobitni yo’q qilib, 180 tasini asirga olgan yedi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra Yugoslaviyadagi harbiy va partizan tuzilmalarida 6100 ta sovet fuqarosi qatnashgan. Ularning 260 tasi o’zbekistonliklar yedi. Yevropani fashistlar zulmidan qutqarish uchun bo’lgan janglarda ham o’zbekistonliklar katta jasorat ko’rsatishgan. 1945 yil aprelida Kenigsberg shahrini qo’lga kiritishdagi ishtiroki uchun 5140 o’zbekistonlik jangchiga jangovar orden va medallar berildi. Gdansk shahri uchun bo’lgan janglarda birinchi o’zbek generali Sobir Rahimov qahramonlarcha halok bo’ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida mardlik va jasorat ko’rsatgani uchun 110 ming o’zbekistonlik jangchi orden va medallar bilan mukofatlandi, 338 kishiga Qahramon unvoni berildi, 82 nafar jangchi uchala darajali shuhrat ordeniga sazovor bo’ldi. Afsuski Stalincha rahbariyat Vatan himoyachilarining barchasiga birday iltifot kursatmadi. Œn minglab mard jangchilar hyech bir gunohsiz taxqirlash va xœrlashlarga duchor bœldilar. Šizil armiya jangchilarining anchagina qismi urushning boshlang’ich davrida asirga tushib qolgan edi. Ayrim ma’lumotlarga kœra asirga tushganlarning umumiy soni 6,2 mln kishini tashkil qilgan. Ulardan 4 mln kishi nemis konslagerlarida halok bœlgan, 1 mln kishi turli «milliy» harbiy bœlinmalarga qœshilgan, tirik qolgan 1 mln kishi esa nemis lagerlarini sovet lagerlari bilan almashtirishga majbur bœldilar. Fashistlar tomonidan tuzilgan «milliy» bœlinmalar orasida œzbek, turkman, qozoq, qirg’iz va qoraqalpoq harbiy asirlaridan tashkil topgan «Turkiston legioni» ham bor edi. Lekin ular orasida dushman tomoniga ongli ravishda œtgan va fashislarga faol yordamlashishga qaror qilganlar salmog’i unchalik kœp emas edi. Asosan, legionerlar frontga yuborishsa œzimiz tomonga œtib olamiz degan umid bilan yozilgan edilar. Legionerlarga ijtimoiy siyosiy baho berish ham murakkabligicha qolmoqda. Bu masalani chuqur urganish va xolisona xulosa chiqarish tarixchi olimlar oldida turgan muhim vazifalarda biridir. 1945 yil Gitler Germaniyasiga qarshi olib borilgan urush g’alaba bilan yakunlandi. Urush maydonlarida o’zbekistonliklar to’kkan qon, yuz minglab berilgan qurbon bejiz ketmadi. Jahon fashizm vabosidan asrab qolindi. 2.2 Ikkinchi Jahon urushida o‘zbek xalqining ishtiroki – naqd puldan tortib qurol-aslahalargacha…1941–1945-yillarda bashariyat boshiga misliz kulfatlar yog‘dirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida O‘zbekistonlik jangchilar o‘zlarining botir, mard, qo‘rqmas, jasurlik xislatlarini namoyon qilib qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. O‘zbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini ta’minlashda oldingi saflarda turib, nimaiki zarur bo‘lsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamg‘armasiga 649,9 mln. so‘m naqd pul, 4 mlrd. 226 mln. so‘m zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qo‘njli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 so‘mlik mahsulot jo‘natilgan. Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent to‘qimachilik kombinati front uchun 410 mln. metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna g‘alla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va ho‘l mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida 59 ming bosh ot frontga olib ketildi. Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani hamda ayrim shaxslar jangchilarga yordam qo‘llarini cho‘zdilar. Masalan, 1942-yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qo‘lqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 po‘stin, 18,5 ming litr vino, quruq mevalar olindi. 1943-yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bug‘doy, 5496 kilo yorma bug‘doy, 1160 kilo guruch, 418 bosh qo‘y, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpog‘istondan 224916 so‘m naqd pul, 21614 kilo bug‘doy, 5819 kilo go‘sht, 3700 kilo guruch jo‘natildi. Qoraqalpog‘istondagi Mo‘ynoq baliq kombinatidan 20 mln. banka go‘sht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942-yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yog‘, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943-yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln. so‘m naqd pul, 330 tonna go‘sht va yog‘, 530 tonna bug‘doy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi. Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga jo‘natib turganlar. Shuningdek, hukumat vakillari tomonidan vagonlarda katta miqdorda sovg‘alar olib ketilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Masalan, 1942-yili bir guruh vakillar Leningradga 600 vagon un va go‘sht, 100 vagon guruch, 60 vagon quruq meva olib borganlar. Ikkinchi Jahon urushining to‘rt yili davomida O‘zbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna g‘alla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va ho‘l meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna go‘sht, 5 286 000 dona teri topshirgani ma’lum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida O‘zbekiston aholisi mudofaa jamg‘armasiga jami 649 900 000 so‘m naqd pul o‘tkazib bergan. Xalqimiz harbiy xizmatchilarning oilalariga ham katta yordam bergan. Chunonchi, 1943-yili ularga 13 858 500 so‘m pul, 1 308 400 kilo oziq-ovqat, 20 750 kiyim-bosh, 40 000 kubometr yoqilg‘i, 73 500 pud g‘alla, 10 000 bosh qo‘y, 2000 bosh qoramol topshirilgan. Shuningdek, o‘zbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan ko‘chirib keltirilgan o‘n minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va g‘amxo‘rlik namunalarini ko‘rsatdi. Jang bo‘layotgan hududlardan ko‘chirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlandi. Minglab yetim bolalarni o‘zbek oilalari o‘z qaramog‘lariga oldilar, farzandlaridan kam ko‘rmay tarbiyaladilar. O‘zbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. Davlatimiz 113 ta harbiy kasalxona – gospitalni ham otaliqqa oldi. Fashistlarning tor-mor qilinishida O‘zbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yo‘naltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 2100 samolyot, 17 342 samolyot motori, 17 100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 million mina, 560 000 snaryad, 2 million 318 ming aviatsiya bombasi, 1 million dona granata, 100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostansiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milliondan ortiq radiolampa, 5 bronepoezd, 18 harbiy-sanitar va hammom o‘rnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poezd, 2200 ko‘chma oshxona olib ketildi. Shuningdek, yurtdoshlarimizning shaxsiy pullari hisobidan tayyorlanib, jang maydoniga yuborilgan qurol-aslahalar ham kam bo‘lmagan. Masalan, tank koloniyasi va aviaeskadiriliya qurish uchun aholidan 320 000 000 so‘m to‘plangan. O‘zbekiston 1943-yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida O‘zbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944-yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna g‘alla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qo‘y jo‘natildi. 1943–44-yillarda ozod etilgan shaharu-qishloqlarga Qoraqalpog‘istondan 45 800 000 bosh qoramol va qo‘y yuborildi. Toshkent temiryo‘lchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yubordilar. Sobiq Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xo‘jalik texnikasini jo‘natdilar. 1943-yil avgust oyida respublikadan ozod qilingan joylarga 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar to‘ldirilgan 374 vagon jo‘natildi. 12-oktabrda Ukrainaga 450 vagonda sovg‘alar bilan birga 300 tonna g‘alla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi. Voronejь va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna g‘alla, 24 tonna quruq meva olib ketildi. Bulardan tashqari, respublika bo‘yicha 300 tonna g‘alla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming so‘m naqd pul, yuk mashinasi, telefon stansiyasi jo‘natildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina, 50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol o‘lkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan jo‘natildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qo‘y va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944-yili 100 000 kitob sovg‘a qilingan edi. 1943–44-yillarda ozod qilingan yerlarga O‘zbekistondan 13 000 dan ortiq temiryo‘l mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yo‘l oldi. O‘zbek xalqining ozod qilingan joylarga ko‘rsatgan yordami aslida serob. Ammo umumiy tushuncha uchun keltirib o‘tilganlari yetarli, deb o‘ylayman. O‘zbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan ko‘chirib keltirilgan o‘nlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minladi. O‘zbekistonda harbiy sohada ham beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, respublikada 15 diviziya va brigada tuzilib, ularda o‘zbeklar salmoqli o‘rinni egalladilar. O‘sha harbiy qismlardan tashqari o‘n minglab navqiron yigit harakatdagi armiya saflariga yuborildi. Toshkentdagi harbiy bilim yurtlari front uchun bir necha ming komandir va siyosiy xodimlarni tayyorladi. Urushning dastlabki oylarida Toshkent shahrining o‘zidan 100 ming yigit va qisman ayollar harbiy xizmatga jalb qilindi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan bir million kishi frontga olingan. Biroq bu raqam unchalik to‘g‘ri emas, deb hisoblaymiz. Chunki Germaniyada tuzilgan “Turkiston legioni” 1 mln. 800 ming kishini o‘z ichiga olgan. Bu legionning rahbarlaridan birining so‘zicha, uning tarkibida tojik, qozoq, turkman va qirg‘izlardan tashqari o‘zbeklar ham bo‘lgan. Ma’lumki, jang maydonlarida yarim millionga yaqin o‘zbek halok bo‘lib, qolgan yarim millioni Vataniga qaytgan. Bu ikki raqam bir-biriga qo‘shilsa, bir million bo‘ladi. Endi “Turkiston legioni”dagilar hisobga olinsa, jangga tortilgan o‘zbeklarning soni ancha oshib ketadi. O‘zbeklar Moskva, Stalingrad, Kavkaz, Qrim, Kursk, Dnepr, Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi janglarda qatnashib, Berlingacha bordilar. Shuningdek, Yaponiya bilan urushda ishtirok qildilar, partizan urushlarida mardonavor kurashdilar. Shu tariqa xalqimiz Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini to‘rtga bo‘lib, bittasini o‘ziga, qolganini bevosita frontga, so‘ng respublikaga ko‘chirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi. Ayni paytda bir milliondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi. Ayni paytda o‘zbeklardan tuzilgan “Ishchi batalon”lar front uchun fidokorona mehnat qildilar. Bevosita janglarda 27 mln. kishining yostig‘i qurigan, boshqa talofatlarni ham qo‘shganda 30 mln. kishi nobud bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi o‘zbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim bo‘lib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dog‘ida qayg‘u-alam bilan bu dunyodan ko‘z yumdilar. Urush yillarida chek-chegarasi yo‘q xarajatlar xalqni shu darajada qashshoqlashtirdiki, ta’riflashga qalam ojizlik qiladi. Qanchadan-qancha odamlar ochlik va kasalliklardan o‘ldi. Urush o‘zbek xalqining bor-yo‘g‘idan tamomila ayirdi, ko‘rpa-yostig‘i, boshqa ro‘zg‘or anjomlaridan mosuvo bo‘ldi, uy-joyi xarobaga aylandi, och va yupun bo‘lib qoldi. Ocharchilik va kasalliklar qishloqlarda avjiga minib, ko‘p odamlarning yostig‘ini quritdi. Bolalarning orasida ham o‘lim ko‘p uchrardi. Biroq sho‘ro davlatining e’tiborsizligi tufayli urush vaqtida orttirilgan qiyinchilik va azob-uqubatlar tamomila bartaraf qilinmadi. Ayniqsa, urush nogironlarining qadr-qimmati o‘rniga qo‘yilmay, ular o‘z holiga tashlab qo‘yildi. Bevosita janglarda 27 mln. kishining yostig‘i qurigan, boshqa talofatlarni ham qo‘shganda 30 mln. kishi nobud bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi o‘zbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim bo‘lib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dog‘ida qayg‘u-alam bilan bu dunyodan ko‘z yumdilar. Urush yillarida chek-chegarasi yo‘q xarajatlar xalqni shu darajada qashshoqlashtirdiki, ta’riflashga qalam ojizlik qiladi. Qanchadan-qancha odamlar ochlik va kasalliklardan o‘ldi. Urush o‘zbek xalqining bor-yo‘g‘idan tamomila ayirdi, ko‘rpa-yostig‘i, boshqa ro‘zg‘or anjomlaridan mosuvo bo‘ldi, uy-joyi xarobaga aylandi, och va yupun bo‘lib qoldi. Ocharchilik va kasalliklar qishloqlarda avjiga minib, ko‘p odamlarning yostig‘ini quritdi. Bolalarning orasida ham o‘lim ko‘p uchrardi. Biroq sho‘ro davlatining e’tiborsizligi tufayli urush vaqtida orttirilgan qiyinchilik va azob-uqubatlar tamomila bartaraf qilinmadi. Ayniqsa, urush nogironlarining qadr-qimmati o‘rniga qo‘yilmay, ular o‘z holiga tashlab qo‘yildi. Xulosa qilib aytganda, urush yillarida mashaqqatli mehnat va azob-uqubatdan boshqa narsani ko‘rmagan odamlarning ko‘pchiligi qayg‘u-alam girdobida jon berdilar. Shunga o‘xshash urush qatnashchilarining talay qismi yorug‘ kunlarni ko‘rmadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, ota-bobolarimiz misli ko‘rilmagan azob-uqubatlar va talofatlar hisobiga butun insoniyat boshiga tushgan ofatni bartaraf qilishga ulkan hissa qo‘shib, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirishdi. Bu ma’lumotlar botir jangchilarimiz, sabrli xalqimiz Ikkinchi jahon urushida yuksak jasorat ko‘rsatganligidan dalolat beradi. Biz jasorat hamda matonat namunalarini ko‘rsatgan, Vatan himoyasida fidoyilik ko‘rsatgan ota-bobolarimiz qahramonliklarini hech qachon unutmaymiz. Ular bilan umrbod faxrlanamiz. Ajdodlar oldidagi farzandlik burchimiz – xalqimiz jasoratini unutmaslik, xotirasini abadiy yodda saqlash, tarixdan kerakli xulosalar chiqarish, yoshlarimizni shunday zaminda yashashdan faxr-iftixor tuyish ruhida tarbiyalashdir. Download 44.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling