Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet160/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

2. Neyrolingvistika 
O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va 
tilshunoslik fanlari oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida 
o‘rganadigan yangi tarmoq – neyrolingvistika vujudga keldi. Ushbu fanda miya 
kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham 
o‘rganiladi.
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining 
buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu 
hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning 
“Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi.
Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks ettiradi. Sezgi tashqi 
olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni 
umumlashtiradi. Demak, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv 
sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi.
Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv 
sistemalarining markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv 
sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning 
muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Chegara nerv sistemalariga 
aloqador a’zolar tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb atalib, ularga ko‘rish, 
eshitish, ta’m-maza a’zolari kiritiladi.
Shunday qilib, neyrolingvistika inson tomonidan olamni belgilashtirish 
jarayonini kompleks tarzda o‘rganuvchi fan tarmog‘i sifatida o‘ziga turdosh – 
psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika 
kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan foydalanib rivojlanib bormoqda.
O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlari 
oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh 


232 
miya mahsuli sifatida o‘rganadigan yangi tarmoq – neyrolingvistika vujudga keldi. 
Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni 
afaziya holati ham o‘rganiladi. 
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining 
buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu 
hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning 
“Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi. 
Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks ettiradi. Sezgi tashqi 
olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni 
umumlashtiradi. Demak, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv 
sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. 
Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv 
sistemalarining markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv 
sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning 
muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Chegara nerv sistemalariga 
aloqador a’zolar tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb atalib, ularga ko‘rish, eshitish, 
ta’m-maza a’zolari kiritiladi. 
Shunday qilib, neyrolingvistika inson tomonidan olamni belgilashtirish 
jarayonini kompleks tarzda o‘rganuvchi fan tarmog‘i sifatida o‘ziga turdosh – 
psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika 
kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan foydalanib rivojlanib bormoqda. 
Miyada tilni qayta ishlashni fanlararo o'rganish, miyaning ayrim sohalari 
zararlanganda nutq tilini qayta ishlashga e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari, 
deyiladi nevrologik lingvistika

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling