Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet165/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Adabiyotlar: 
1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007. 
2. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007/2010. 
3. Кодухов В.И. Общее языкознание. – M, 1974. 
4. Meчковская Н. Б. Umumiy tilshunoslik, tillarning tuzilmaviy va ijtimoiy 
tipologiyasi. – T., 2006. 


241 
20-MAVZU. LINGVISTIK TADQIQOT METODLARI 
Reja: 
 
1. Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi 
2. Tavsifiy metod
3. Qiyosiy-tarixiy metod 
4. Chog‘ishtirish va tipologik metod
5. Struktur metod va uning yo‘nalishlari.
 Funksional lingvistika; 
Distributiv tahlil metodi lingvistika yo‘nalishi va uning metodlari; 
Bevosita ishtirokchilar metodi; 
Transformatsion tahlil metodi. 
6. Matematik-statistik metodlar 
 Statistik tahlil metodi;
Avtomatik tahlil metodi. 
 
1. Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi 
Metod grekcha methodos so‘zidan olingan bo‘lib, “tadqiqot”, “o‘rganish” 
degan ma’noni anglatadi. U obyektiv borliqdagi predmet, hodisalarni, ya’ni 
tadqiqot manbayini ilmiy tahlil qilish, o‘rganish orqali uning mohiyatini, tabiati, 
tarkibiy qismlarini, muayyan o‘ziga xos xususiyatlarini topish, ochish, ular haqida 
ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarish usuli bo‘lib, muayyan fanga xizmat 
qiladi va uning taraqqiyotini ta’minlaydi. Har bir fanning o‘z tadqiqot usullari 
mavjud. Masalan, tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, tilshunoslik fanlarining 
metodlari bir-biridan katta farq qiladi. Tabiiy fanlar, tibbiyotda eksperiment
qishloq xo‘jaligida amaliy tajriba ustuvorlik qilsa, tilshunoslikda tahlildan 
foydalaniladi.
Bir fan doirasida ham turlicha metodlar va ularni qo‘llash usullari mavjud. 
Jumladan, tilshunoslik fani ham o‘zining qator ilmiy-tadqiqot metodlariga ega 
bo‘lib, bu tilning ham ijtimoiy-tarixiy, ham ijtimoiy-psixik, ijtimoiy-fiziologik, 
ham ijtimoiy-individual hodisa ekanligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra , lisoniy 
tadqiqot metodlari turli-tumandir. 
Jumladan, ona tilini tahlil qilish metodlari bilan chet tillarini tahlil qilish 
metodlari, tilning sotsiologik jihatlarni o‘rganish usullari bilan nutq tovushlarini 
tahlil qilish usullari bir-biridan katta farq qiladi. Har bir fanga oid tadqiqot 
usullarini qo‘llashning muayyan yo‘l-yo‘riqlari mavjud bo‘lib, ular shu fanning ish 
yuritish metodikasini tashkil etadi.
Demak, metod – bu bilish usuli bo‘lsa, metodika – bilish usulida 
qo‘llanadigan yo‘l-yo‘riqdir. Ya’ni: tadqiqot obyektini tekshirish usuli, individual 
ish olib borish metodlari, faktlarni yig‘ish, tahlil qilishni umumlashtirish 
jarayonidir. Shundan kelib chiqib, tilshunoslikda ona tili metodikasi, chet tili 
metodikasi, til sathlari, til va nutq, til va tafakkur masalalariga, kommunikativ 
tilshunoslik yoki tilga kompetensiyaviy( egallangan bilimlarni amalda qo’llay olish 


242 
layoqati) yondashuv metodlarini qo‘llashga o‘rgatuvchi metodikalar mavjud. Ayni 
vaqtda ushbu metodlar bir-biridan farq qilsa-da, ularning barchasi bir maqsadga
ya’ni mazkur lisoniy hodisalarning “sir”larini ochish va shu asosda ilmiy-nazariy 
va ilmiy-metodik xulosalar, falsafiy-mantiqiy umumlashmalar chiqarishga 
qaratilgan bo‘ladi.
Demak, har bir fanning umumiy metodologiyasi ham mavjud bo‘lib, 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling