Universiteti turon zarmed universiteti


Download 91.78 Kb.
bet5/5
Sana22.03.2023
Hajmi91.78 Kb.
#1286025
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi dunyo tarixi fanidan

Musiqasi


Yunoniston musiqasini badiy (mas, „Iliada“ „Odiseya“) va ilmiy (Platon, Aristotel, Pifagor, Aristoksen) meros hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yunonistonda musiqa sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib, uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga kiritilgan, qoʻshiqchilik va sozandalik boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan. Turli xalq qoʻshiqlari — georgik (dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama (nikoh toʻylarida aytiladigan), trenos (yigʻi), embateriy (harbiy) kabi janrlar, Apolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^) va boshqalar xudolarga bagʻishlangan aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda (aed, rapsod — Homer va boshqalar)lar oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va dostonlarni cholgʻu (torlitirnama forminks va boshqalar)larni chalib ijro etgan. Musiqaning odamlarga sehrli taʼsiri, mashhur xonanda va sozandalar (Olimp, Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga doir bir necha rivoyat va afsonalar bizgacha yetib kelgan.
Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda garmoniya (enarmonika) qonunlarini, lesboslik Terpandr kifarani kashf qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa, ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik ramzi darajasiga koʻtarilgan. Harbiy (marshsimon) kuylari bilan birga lirika yoʻnalishidagi janrlar (mas, Sapfoning ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va odshtari, elegiya) rivoj topgan.
Yunoniston tragediya va komediyasida musiqa muhim dramaturgik vazifalarni bajargan. Uning ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl, Yevripid va boshqalar) kuylarni ham yaratib, dramatik asarlarga xor va raqslar, yakka xonandalik shakllarini kiritgan. „Antigona“ (Sofokl) tragediyasidagi xor Afinaning milliy madhiyasiga aylangan. Ellinizm davrida katta cholgʻu ansambllar, organ kabi musiqa cholgʻu asboblari paydo boʻlgan.
Yunoniston musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa anʼanalari taʼsir etgan. Oʻz navbatida, Yunoniston musiqasi hamda musiqa nazariyasi Sharq musiqa ilmi (Yunus alKotib, Ibn Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, alKindiy, AbulFaraj, Isfahoniy va boshqalar)da rivoj topgan. 9-asrda Bagʻdodda Aristotel, Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va boshqalarning koʻpgina musiqa risolalari arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi platoniklar gʻoyalarini rivojlantirgan. Yunoniston musiqa nazariyasida qaror topgan tushunchalar (musiqa, melodiya, ritm, gamma, monodiya, garmoniya, diatonika va boshqalar) hozirgi musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.
Download 91.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling