Universiteti
Download 5.13 Kb. Pdf просмотр
|
- Навигация по данной странице:
- «FIZIKA» FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYaSI
- «FIZIKA» O’QUV FANI BO’YIChA TA’LIM TEXNOLOGIYaSI 1. «Fizika» fanining asosiy maqsad va vazifalari Kirish
- Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi
- • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish
- Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish
- • O’qitish usullari va texnikasi
- • O’qitishni tashkil qilish shakllari
- • O’zaro aloqa vositalari
- • Monitoring va baholash
- “FIZIKA” FANIDAN MA’RUZA MAShG’ULOTLARIDA O’QITISh TEXNOLOGIYASI
- 1.1.Ma’ruza mashg’ulotini o’qitish texnologiyasi
- Vizual materiallar 1-ilova
- Mavzu: Kinematika asoslarisi:To’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish .. Ilgarillanma va aylanma xarakat asoslari Reja
- Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish 3-ilova 4-ilova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI _____________________________________________________________ TA’LIMDA INNOVASION TEXNOLOGIYaLAR __________________________________________________________ «FIZIKA» FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYaSI Toshkent-2014 O.Radjapova, M.Ataeva.Tillaboev A. «Fizika» fanidan ta’lim texnologiyasi. – T. TDPU- 2012, O’quv uslubiy majmuada «Fizika» fanini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma’ruza va amaliy mashg’ulot, laboratoriya mashg’ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. 2 K I R I Sh «Fizika» fanidan ta’lim texnologiyasi «Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza va amaliy mashg’ulot,laboratoriya mashg’ulotlarni o’qitish texnologiyasi» o’quv qo’llanmasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor” [1] degan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Qo’llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot mater iallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujas samlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi. Ishlanma tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo’yicha ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan. Kirish qismida dastlab «fizika » fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o’quv fanining tarkibiy tuzilishi, o’qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikasiyalar, axborotlar berilib, so’ngra loyihalashtirilgan, o’qitish texnologiyalari taqdim qilingan. To’qqiz turdagi ma’ruza mashg’ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual– ma’ruza, binar ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagi ma’ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza, sharhlovchi ma’ruza berilgan. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida muammoli,munozarali, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo’naltirilgan amaliy mashg’ulotlar, ishbilarmonlik o’yinlariga asoslangan, aniq holatlarning yechimi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tish texnologiyalari mavjud va h.k. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. Jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetida ham innovasion va zamonaviy pedagogik g’oyalar amalga oshirilmoqda: o’qituvchi 3 bilim olishning yagona manbai bo’lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv jarayonining menejeri bo’lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g’oyalar yotadi. «FIZIKA» O’QUV FANI BO’YIChA TA’LIM TEXNOLOGIYaSI 1. «Fizika» fanining asosiy maqsad va vazifalari Kirish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan va zamon talablaridan kelib chiqqan asosiy muhim vazifalaridan biri - kasbiy, tabiiy-ilmiy va texnika ta’lim sohalarini gumanitarlashtirish,bo’lajak mutaxassislarning ilmiy dunyoqrashini shakllantirish, ijodiy taffakurini rivojlantirishdir. Bunday vazifalarni to’liq amalga oshirilishi uchun maqsadli ravishda talabalarga o’quv rejadagi majburiy fanlar va bilimlar bilan bir qatorda umuminsoniy madaniy qadriyatlarni, ayniqsa, kasb va kasbiy mahoratga, kompetentlikka tegishli ko’pgina tarixiy, falsafiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa qo’shimcha gumanitar bilimlar berish, bu bilimlarni yoshlarning ongiga singdirish kabi ta’limni gumanitarlashtirish bo’yicha ishlarni olib borish zarur. Ularni amalga oshirish, tashkil qilish oson va bir ma’noli bo’lmaydi, chunki tabiiy ilm-fan va texnik mahorat, qadriyat va bilimlarni yuqoriga qo’ygan, oliy darajada deb hisoblagan insonlarni, ayniqsa, yoshlarni gumanitar bilim va ma’lumotlarga qaratish va qiziqtirish mahsus uslubiy va pedagogik yondashishni talab etadi. Gumanitar bilim berishdagi uslubiy yondoshuvlar tabiiy fanlarda qo’llanadigan yondoshuvdan anchagina farqlanadi. Shuning uchun, ilmiy tabiiy sohani gumanitarlashtirishda birini biri (gumanitar va tabiiy bilim turlarni) to’ldira oluvchi va moslovchi optimal o’qitish metodikasini yaratish, bir paytda ham gumanitar ham ilmiy tabiiy uslubiy yondoshishni talab etuvchi o’quv fan imkoniyatlaridan foydalanish orqali samarali amalga oshiriladi. Fizika o’z tarixini qadimiy zamonlardan boshlaydi va xozirgi paytgacha bu fanlar juda katta hajmli ma’lumotlarga ega. Kelajak yoshlarimiz ongida tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakl lantirish, o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarimizni avaylash, milliy istiqlol g’oya tuyg’usini singdirish maqsadida asrlar davomida ilm fanga munosib hissa qo’shgan buyuk shahslar orasida Sharq allomalari, Markaziy Osiyo olimlari, ayniqsa, vatanimiz olimlarning o’rni alohida e’tiborga loyiqdir. Aynan shuning uchun ular xaqida ma’lumotlar o’rganiladi va ilmiy izlanishlari bilan bir qatorda ularning hayotiy faoliyalaridagi insoniylik fazilatlarini namoyish qiluvchi misollar keltiriladi. Buyuk avlodlarimiz bilan bir qatorda, O’zbekistonda fizika va astronomiyasining rivojlanishiga hissa qo’shgan zamonaviy olimlar va ularning ilmiy faoliyatlariga aloxida urg’u beriladi. 4 “Fizika” fani bo’yicha ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada bu yo’nalishning o’ziga xosligi talabaning individualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo’ladi. Shulardan kelib chiqqan holda “fizika” kursining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak. Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi. O’z mohiyatiga ko’ra, bu yo’nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to’laqonli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o’quvchining intellektual rivojlanishi darajasiga yo’naltirilib qolmay, uning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi. • Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o’zaro aloqadorligi, yaxlitligi. • Amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo’naltirish; o’quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo’yadi. • Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’ektlarning psixologik birligi va o’zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi. • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’ektlar munosabatida o’qituvchi va o’quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko’zda tutadi. • Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o’quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo’llash ta’minlanadi. • Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o’quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish. Yuqoridagi konseptual yondashuv va “Optika” fanining tarkibi, mazmuni, o’quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o’qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi. • O’qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o’rgatuvchi o’yinlar, “aqliy hujum”, insert, “BBB” (Bilaman, bilmoqchiman, bildim), “Birgalikda o’rganamiz”, pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy). • O’qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog va o’zaro hamkorlikka asoslangan. 5 • O’qitish vositalari: odatdagi o’qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari. • O’zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o’qitishning diagnostikasi (tashxisi). • Boshqarishning usuli va vositalari. O’quv mashg’ulotini texnologik xarita ko’rinishida rejalashtirish o’quv mashg’ulotining bosqichlarini belgilab, qo’yilgan maqsadga erishishda o’quvchi va o’qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi. • Monitoring va baholash. O’quv mashg’uloti va butun kurs davomida o’qitish natijalarini kuzatib borish, o’quvchi faoliyatini har bir mashg’ulot va yil davomida reyting asosida baholash. Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari: № Ma’ruza shakllari O’ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari 1. Kirish ma’ruzasi Fan to’g’risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo’nalishlar beradi. Pedagogik vazifasi: o’quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o’rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo’nalishini belgilash, tavsiya qilingan o’quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash. 2. Ma’ruza axborot Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o’quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish. 3. Sharhlovchi ma’ruza Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o’zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo’limlarining konseptual asosini tashkil etadi. Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o’zaro aloqadorligini ochish. 4. Muammoli ma’ruza Yangi bilimlar qo’yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o’quvchining o’qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashdi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo’yish va uni yechimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai nazarlarini tahlil qilish. 5. Vizual ma’ruza Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotlarini o’qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish. 6 6. Binar (ikki kishilik) ma’ruza Bu ma’ruza ikki o’qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab namoyondasining, o’qituvchi -talabaning dialogidan iborat. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotlarining mazmunini yoritish. 7. Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza Xatolarni izlashga mo’ljallangan mazmuni va uslubiyatida, ma’ruza oxirida tinglovchilar tashxisi o’tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi. Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, berilgan ma’lumotni doimiy nazorat qilishga talabalarni rag’batlantirish. 8. Ma’ruza konferensiya Avvaldan qo’yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o’quv dasturi chegarasida o’tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg’ulot oxirida o’qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma’ruzalarga yakun yasab, to’ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotning mazmunini yoritish. 9. Maslahat ma’ruza Turli ssenariylar yordamida o’tishi mumkin. Masalan, 1) «Savol- javob» - ma’ruzachi tomonidan butun kurs bo’yicha yoki alohida bo’lim bo’yicha savollarga javob beriladi. 2) «Savol-javob-diskussiya» - izlanishga imkon beradi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotni o’zlashtirishga qaratilgan. 7 “FIZIKA” FANIDAN MA’RUZA MAShG’ULOTLARIDA O’QITISh TEXNOLOGIYASI 1- Ma’ruza. Kinematika asoslarisi:To’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Ilgarillanma va aylanma xarakat asoslari 1.1.Ma’ruza mashg’ulotini o’qitish texnologiyasi: Vaqti – 2 soat Talabalar soni: 50-60 nafar O’quv mashg’ulotining shakli Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha ma’ruza mashg’ulot Ma’ruza mashg’ulotining rejasi 1.To’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. 2.Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. 3.Gorizontal va gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati. 4.Absalyut qattiq jism haqida tushuncha.Qattiq jismlarning ilgarilanma harakati. 5.Qattiq jismning aylanma harakati:burilish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish, chiziqli va burchak kattaliklar orasidagi bog’la nishlar O’quv mashg’ulotining maqsadi: Bu ma’ruza mashg’uloti jarayonida to’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish, egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish, gorizontal va gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati, qattiq jismlarning ilgarilanma harakati, aylanma harakatida:burilish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish haqida bilimlar berish. Pedagogik vazifalar: -to’g’ri chiziqli harakatda tez lik va tezlanish haqidagi bilimlarini tizimlashtirish O’quv faoliyatining natijalari: Talaba: - to’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish haqidagi bilimlarini mustaxkamlaydi; -Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish haqida ma’lumot berish; -Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar; -Gorizontal va gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati ma’lumot berish; -Gorizontal va gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati ma’lumot oladilar; 8 -qattiq jismlarning ilgari lanma harakati.Qattiq jism ning aylanma harakati: buril ish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish haqida ma’ lumot berish; Qattiq jismlarning ilgarilanma hara kati.Qattiq jismning aylanma harakati: burilish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish haqida ma’lumotga ega bo’ladilar ; -chiziqli va burchak kattalik lar orasidagi bog’lanishlar o’rgatish -chiziqli va burchak kattaliklar orasidagi bog’la nishlar o’rganadilar; O’qitish usullari Ma’ruza, namoyish, aqliy hujum so’rov usullari. O’qitish vositalari kompyuter slaydlari, doska, proektor. O’qitish shakllari Frontal, kollektiv ishlash. O’qitish sharoiti Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya. Monitoring va baholash Kuzatish,og’zaki baholash, savol- javob. 1.1.Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni O’qituvchi talaba 1-bosqich. Kirish (10 min.) 1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.O’quv reja ( 1-Ilova) 1.1.Yozib oladilar 2-bosqich. Asosiy (60 min.) 2.1. Yangi mavzuni bayon etish uchun quyidagi ilovalar (2-ilova). 2.2. Yangi mavzu yuzasidan aqliy hujum texnologiyasini qo’llab talabalar faolligi ortiriladi. (3-Ilova) 2.3 Slaydlar yordamida mavzuni tushuntiradi (4,5,6,7-8-9-10-11-12-13-ilova) 2.1.asosiy joylari yozib olinadi. 2.2. Savollarga javob topadilar. 2.3. Tinglaydi 3-bosqich. Yakuniy (10 min.) 3.1. Xulosa qiladi. Mavzuning asosiy holatlariga e’tibor berishni so’raydi. 3.2. Faol qatnashgan talabalar rag’batlantiriladi. 3.3 Mustaqil o’rganish uchun savollar beradi. 3.1.Savollar beradi 3.2.Kuzatadilar 3.3.Yozib oladilar Vizual materiallar 1-ilova Mavzu: Kinematika asoslarisi:To’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish.. Ilgarillanma va aylanma xarakat asoslari Reja: Moddiy nuqta tushunchachisi.Nuqta taektoriyasi. To’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. 9 2.Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish va tezlanish: tezlanishning tangensal va normal tashkil etuvchisi. Nuqta harakati tenglamasi. 3.Gorizontal va gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati. 4.Absalyut qattiq jism haqida tushuncha.Qattiq jismlarning ilgarilanma harakati.Qattiq jismning aylanma harakati:burilish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish. 5.Chiziqli va burchak kattaliklar orasidagi bog’lanishlar Darsning maqsadi: Bu ma’ruza mashg’uloti jarayonida to’g’ri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish, egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish, gorizontal va gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati, qattiq jismlarning ilgarilanma harakati, aylanma harakatida:burilish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish haqida bilimlar berish 2-ilova Aqliy hujum savollar 1. Mexanika bo’limi nimani o’rganadi, nechta bo’limdan iborat? 2. Tezlik deb nimaga aytiladi? 3. Tezlanish deb nimaga aytiladi? 4. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish? 3-ilova 4-ilova 10 5-ilova 6-ilova 11 7-ilova 8-ilova 12 9-ilova 10-ilova 13 11-ilova 12-rasm 12-ilova 14 13-ilova Adabiyotlar Каталог: shaxsiyreja -> views -> majmua -> files files -> Нотам umurov adabiyotshunoslik files -> N iz o m iy n o m I d ag I t o sh k e n t d a V l a t p e d a g o g ik a u n IV e r sit e t I ibro h im karim o V files -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni files -> R IV o j L a n t ir is h I n s t I t u t I files -> A L i s h e r n a V o I y n o m I d a g I s a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I files -> O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi files -> Texnologiyasi 1-mavzu. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko’rinma harakati. Ekliptika files -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling