Universiteti xorijiy filologiya fakulteti ingliz filologiyasi kafedrasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
diskussiyaning kommunikativ malaka sifatida orta maktablarning yuqori sinflarda tashkil qilinishi
BMI ning qisqacha bayoni Mazkur malakaviy bitiruv ishi "Diskussiyaning kommunikativ malaka sifatida o'rta maktablarning yuqori sinflarda tashkil qilinishi" ni o'rganishga bag'ishlangan. Ingliz tili darslarini diskussiya orqali tashkil etish va undan samarali foydalanish yo'llarini o'rganish maqsadida yozilgan. Malakaviy bitiruv ishida quyidagi masalalar ko'rildi: 1.1. Kommunikativ til o'qitishning nazariy asoslari; 1.2. Ingliz tili darslarida kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishing ahamiyati; 2.1. Diskussiyaning asosiy xususiyatlari; 2.2.
Ingliz tili
darslarida kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda diskussiyaning muhim ahamiyati;
3.1. Diskussiya orqali dars o'tishning ijobiy va salbiy tomonlari; 3.2. Kommunikativ qobiliyatlarni diskussiya texnikasi yordamida rivojlantirish. Ingliz tilini o'qitishda kommunikativ qobiliyatlarning ahamiyatini tushuntirish. samarali diskussiya o'tkazishning yangi hamda zamonaviy usullarini topish. so'zlashish qobiliyatini turli tartibda o'rgatish hamda uning o'ziga xos usullarini tekshirish. samarali diskussiya o'tkazish uchun maqbul mashqlarni belgilash. kommunikativ til o'qitishda diskussiyaning nazariy hamda amaliy jihatlarini tahlil qilish. Malakaviy bitiruv ishning maqsadi xorijiy til o'rganuvchilariga ingliz tilida so'zlashuv qobiliyatini diskussiya orqali o'rgatish usullarini yangicha, innovatsion texnologiyalar orqali joriy etishning muhim asoslari, uning o'ziga xos jihatlarini asoslab berishdan iborat. Tadqiqotning aktualligi ingliz tilini o'qitishda foydali va samarali usul va yo'llardan foydalanish masalalarini o'rganish va ularni joriy etishga asoslanganidadir. Bu borada chet el tilshunoslari, til o'qituvchilarining fikr- mulohazalariga va amaliyotlariga murojaat qilindi.Kurs ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, bu tadqiqot ishi, unda ko'tarilgan masalar, bildirilgan fikrlardan turli ma'ruzalar va konferensiyalarda foydalanish mumkin. Ishning amaliy ahamiyati esa ingliz tili darslarida foydalanilishi mumkin bo'lgan usullar va amaliy mashg'ulotlarning berilganligidadir. Malakaviy bitiruv ishining yangiligi shudan iboratki, tadqiqot davomida turli kommunikativ metodlarni kuzatuv va nazariyotga asoslangan holda ingliz tili darslarida qo'lladik, bundan tashqari tadqiqotimiz davomida maktab, litsey, kollejlarining til o'rganivchi o'quvchi va o'qituvchilari orasida mavzuimiz borasida turli so'rovnoma, intervyular o'tkazdik va kutilgan natijalarni oldik. Malakaviy bitiruv ishimizning strukturasi esa kirish qismi, uch bo'lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topgan. Birinchi bo'lim ingliz tilini o'qitishda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan
bo'lsa, ikkinchi bo'lim esa diskussiyaning metod sifatida kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida, uchinchi bo'lim esa diskussiya texnikasining ijobiy va salbiy tomonlarini, umuman olganda til o'qitishda uning nechog'liq ahamiyat kasb etishini asoslashga bag'ishlangan. Malakaviy bitiruv ishimiz mobaynida berilgan mavzuga imkon qadar teran, faktlar, turli olimlarning fikr-mulohazalari asosida yondoshishga harakat qildik. Tanlagan mavzuimiz o'zining til o'qitishda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bilan va shu metod orqali til o'qitishda ko'plab samarali natijalarga erishilganligi bilan diqqatga sazovordir.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling