Universitiy of science and technologies “ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Microsoft word protsessori bilan tanishish


Download 37.06 Kb.
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi37.06 Kb.
#1424416
1   2   3
Bog'liq
114 BIAS Raximov Qobiljon informatika 2

Microsoft word protsessori bilan tanishish.
WORD for Windows, MICROSOFT WORD, WinWORD yoki oddiygina qilib WORD (kelgusida qisqaroq qilib WORD) yordamida yengilgina tashrif qog'ozlaridan tortib, gazetalaming asl maketi yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu tizim matbaachilikda haqiqiy inqilob bo‘ldi desak, mubolag'a bo‘lmaydi.
Harf o'lchamlari, ularning ko‘rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalash, rasm va fotosuratlami joylashtirish, matnlarni ro'yxat va jadval ko'rinishida rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish — bularning hammasi foydalanuvchiga yengillik yaratadi.
Bundan tashqari, video va audioyozuvlar ishni yanada ko'rkamroq qilish, imlo xatolarini avtomatik tarzda tuzatish imkonini beradi. Kompyuter uchun tuzilgan dasturlarda, odatda, darchalardan foydalaniladi. Darchalar majmuyi «panel» deb ataladi.
Dastur menyusi esa ro‘yxatda ko‘rsatilgan buyruqlar ishini ta’minlaydi.
WORD dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin:
1). Microsoft Office panelida Microsoft WORD panelini ishga tushirish;
2). «ПУСК» menyusidagi «ПРОГРАММЫ» menyusidan Microsoft WORD ni tanlash.
WORD dan chiqish amali Alt+F4 yoki «Файл» menyusidagi «Выход» buyrug'i orqali amalga oshiriladi.
WORD ning oynasi (1-rasm) WINDOWS ning darchalariga o‘xshash va uning tarkibiga matnlarni tahrir qilish va formatlash uchun qo‘llaniladigan barcha elementlar kiradi.
WORD oynasining asosiy elementlari quyidagilardan tashkil topadi:
— sarlavhalar paneli — yuqoridagi eng birinchi panel bo‘lib, hujjat nomini saqlaydi. Shuningdek, ushbu panelda hujjatning menyu tugmachalari va oynalarni boshqarish tugmachalari joylashgan.
— menyu qatori — yuqoridan ikkinchi o‘rinda turuvchi va har biri o‘z menyusiga ega menyular ro‘yxati. Bu menyularni WORD ning juda ko‘p buyruqlari uchun ishlatish mumkin. Bu menyular «Sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ishga tushiriladi.
1-rasm. WORD ning umumiy ko‘rinishi.
Har bir menyu quyidagi vazifalar uchun mo'ljallangan:
• «Файл» menyusi — ochish, yaratish, saqlash, hujjatlarni chop etish va WORDdan chiqish;
• «Правка» menyusi — bekor qilish, yo‘qotish, nusxalash, joylashtirish, matnni izlash va almashtirish, shuningdek, boshqa matnga o‘tish;
• «Вид» menyusi — hujjatni ko‘rish rejimini tanlash buyruqlari, uskunalar paneli va hujjat matni masshtabi tasvirini sozlash;
• «Вставка» menyusi — turli ko'rinishdagi matnlar va grafik tasvirlami hujjat matni ichiga joylashtirish;
• «Формат» menyusi — matnlar va grafiklarni formatlash(grafiklarning rangi va o‘lchovini o'zgartirish);
• «Сервис» menyusi — hujjatlarni tekshirish va WORD dasturlarini sozlash;
• «Таблица» menyusi — jadvallami hosil qilish, to‘g‘rilash va formatlash;
• «Окно» menyusi — ochiq hujjatlar (fayllar) oynasini tartibga keltirish va kerakli hujjatli oynani ishlatish;
• «Справка» menyusi — WORD dasturi bilan ishlashga doir ma’lumotlami so'rashga xizmat qiladi;
Standart uskunalar paneli (odatda uchinchi qator, 2-rasm).
WORDning juda zarur uskunalarini o‘z ichiga oladi. Har qanday uskuna «Sichqoncha» ning chap tugmasi vositasida ishga tushiriladi.

Download 37.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling