University of business and science”


YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2


Download 153.25 Kb.
bet6/13
Sana20.07.2023
Hajmi153.25 Kb.
#1661268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MUSTAQIL ish stastika

YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o‘zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’ekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub’ekt uchun daromad bo‘lib tushadi.
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi nisbat Milliy hisobchilik tizimiga ko‘ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko‘rsatkichidan boshqa yana bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatkichi ham kiradi. Bu ko‘rsatkich MHTning oldingi ko‘rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko‘rsatkichi bilan mohiyatan bir xil.
YaMD – mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.
YaIM va YaMD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqni quyidagi formula ko‘rinishida tasavvur etish mumkin:
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari – norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari.
YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o‘lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang‘ich daromadlarni o‘lchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko‘rsatkichlariYaIM va YaMD ko‘rsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A
SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi.
ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad.
Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‘yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to‘laydigan daromad solig‘i, mulk solig‘i va ayrim nosoliq to‘lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko‘rsatkichi topiladi.

Download 153.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling