University of busness and science nodavlat oliy ta'lim muassasasi 21-iq-01 Aliyorob Boburning


Download 167.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.03.2023
Hajmi167.5 Kb.
#1280014
1   2
Bog'liq
ona tinli (1)

.



O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI 
Lug`atlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi. 
1. Hajm nuqtai-nazaridan. 
2. So`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan. 
3. Maqsad nuqtai nazaridan. 
Lingvistik lug`atlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bo`linadi: 1) Umumiy lug`atlar; 2) 
Maxsus lug`atlar. 
Bu tip lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha 
turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsus lug`at so`zligidagi til 
leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettiriladi. 
Umumiy lug`atlar hajmiga ko`ra 3 tipga bo`linadi: 
• 
katta lug`at; 
• 
o`rtacha lug`at; 3) kichik lug`at. 
Terminlar, dialektal so`zlar, barcha so`z turkumidagi so`zlarni o`z iniga olgan mukammal 
lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lug`at deyiladi. Bunday lug`atlar ko`proq izohli, 
tarixiy, imlo bo`yicha tuziladi. O`zbek gilida bunday lug`atlar hali yaratilmagan. U jahonda 
«Katta «Oksford lug`ati», «Xazina lug`at», «Trench lug`at» nomlari bilan tilga olinadi. Uni 
tuzish masalasi 1928 yilda R.Trench tomonidam ko`tarilgan. Bu lug`atning 1933-yilda 12 
tomda qayta nashri chop etildi
Yana shunday lug`atlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lug`atini ko`rsatish 
mumkin. 
O`RTACHA LUG`ATLAR tipiga normativ lug`atlar ham kiritiladi. O`rtacha tip lug`atlariga 
1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» 1959-yilda nashr qilingan 
«O`zbekcha-ruscha lug`at», «O`zbek tili izohli lug`ati» va barcha imlo, ters, tematik 
dialektologik lug`atlarni ko`rsatish mumkin. 
MAXSUS LUG`ATLAR tipiga yon lug`atlar va maktab lug`atlari kiritiladi. Maktab lugatlari 
so`zligida ko`proq darsliklarda qo`llangan so`zlar beriladi. 
KICHIK LUG`ATLAR so`zligining qanday maqsadga ko`ra chegaralanganligiga ko`ra 3 
tipga bo`linadi: 
1) Leksik qatlamlar lug`ati; 2) Leksik tanlangan lug`at; 3) Terminologik lug`at. 


Leksik qatlamlar lug`atiga so`zligi sinonimlar, omonimlar, frazeologik birliklar va h.k. dan 
tashkil topgan lug`atlar kiradi: A.Hojiyevning «Sinonimlarning qisqacha lug`ati», 
Sh.Rahmatullayevning «O`zbek tili qisqacha frazeologik lug`ati» kabilar misol bo`ladi. 
Leksik tanlangan lug`atlarga so`zligiga biror muallif, biror yodgorlik, biror asar (Gorkiy 
lug`ati) kiradi. Masalan: Borovkovning «O`rta Osiyo tafsiri leksikasi». E.Fozilovning 
«Староузбекскийязык» va boshqalar. Terminolog ik lug`atlarda biror fan yoki biror kasbga 
oid terminlar beriladi: S.Ibrohimovning «Paxtachilik terminlari lug`ati» (1934) 
N.Mamatovning «Paxtachilik terminlarining qisqacha izohli lug`ati» (1964), N.Hotamovning 
«Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o`zbekcha terminologik lug`at» (1960) va 
boshqalar. 
So`zlik lug`atning mazmunini tashkil etadi. So`zlik lug`at uchun tanlangan so`zlar ro`yxati 
bo`lib, bu ro`yxat ma’lum tartibda beriladi. Mana shu so`zlikning berilish usuli nuqtai 
nazaridan lingvistik lug`atlar 3 tipga bo`linadi: 
1) alfavit tartibli lug`atlar; 2) tematik lug`atlar; 3) uyali lug`atlar. 
Alfavit tartibli lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati alfavit tarzida beriladi. 
Alfavit «sirtqi» va «ichki» tartib bo`yicha beriladi. 
Tematik lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati ma’lum mavzularga bo`lib 
beriladi, bunda so`zlar avval so`z turkumlari bo`yicha ajratilib (ot, sifat, fe’l) so`ngra ular 
ichki tematik bo`linishlar bilan beriladi. Tematik lug`at 1975-yil Toshkentda nashr etildi. 
Tuzuvchilar N.Tixonov, N.Hotamov, S.Emelyanova, M.Tixonovalardir. Lug`at so`zligidagi 
so`zlar 16 tematik qismga bo`lingan bo`lib, yer, osmon, qazilma boyliklar, o`simliklar, odam 
kabi nomlangan. Lug`at ruscha-o`zbekcha tarjima lug`atidir. 
O`zbek leksikograflari oldida uyadosh so`zlar lug`atini yaratish vazifa bo`lib turibdi. Xuddi 
shuningdek «O`zbek tili izohli lug`at»ni hozirgi sistem tilshunosligi nuqtai nazaridan qayta 
ko`rib chiqish va baholash lozim. Bunda H.Saidova, R.Safarova, B.Qilichev, G.Ne’matova 
va boshqalarning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanish zarur. 
Foydalinilgan adabiyot:
Internet saytlar 

https://www.uz.m.wikipedia.org


 

https://www.google.com


 





Document Outline

  • UNIVERSITY OF BUSNESS AND SCIENCE
  • NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASASI
  • 21-IQ-01 Aliyorob Boburning
  • «O'zbek tillini sohada qo'lanish
  • Mustaqil ishi
  • Mavzu: Soha lug'atlari.Glossariy
  • Topshirdi: Aliyorov Bobur
  • Qabul qildi: O.Boyatov
  • Soha lug’atlari.Glossariy.

Download 167.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling