University of Economics and Pedagogy 62-гурух ўкувчиси: С. Ботировнинг
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini hisoblashda taklif chizigʻidan foydalanish
Download 0.7 Mb.
|
Курс иши (2)
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini hisoblashda taklif chizigʻidan foydalanishXuddi iste’molchi ortiqchaligi talab egri chizigʻiga yaqindan bogʻliq boʻlganidek, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif egri chizigʻiga bogʻliq. Bu qanday sodir boʻlishini bilish uchun oldingi misolimizni davom ettiramiz. Buni biz 4 ta boʻyoqchini xizmati uchun belgilangan narxni taklif jadvalini topishdan boshlaymiz. 4-rasmdagi jadvalda koʻringanidek taklif egri chizigʻi 2-jadvalni narxi bilan toʻgʻri keladi. Agar narx 500 dan kam boʻlsa 4 ta boʻyoqchining birontasi ham bu ishni qilishni xohlamaydi va taklif miqdori 0 ga teng boʻladi. Agar narx $500 bilan $600 oʻrtasida boʻlsa faqat Grendma bu ishga rozi boʻladi va taklif miqdori 1ga teng boʻladi. Agar narx $600 bilan $800 oʻrtasida boʻlsa Grendma va Jorjiya bu ishni qilishga rozi va taklif miqdori 2ga teng va hokazo. Natijada taklif darajasi 4 ta boʻyoqchining narxidan kelib chiqadi. rasmdagi chizma taklif egri chizigʻi taklif jadvali bilan mos kelishini koʻrsatadi. E’tibor bering taklif egri chizigʻi sotuvchilarning narxiga bogʻliq. Har qanday miqdorda sotuvchining taklif chizigʻidagi narx chekli , ya’ni narx toʻgʻri kelmasa, bozorni birinchi tark etuvchi sotuvchi narxni ifodalaydi. 4 ta uy miqdorida esa taklif egri chizigʻining yuqorisi 900$ ga teng, bu Mariya xizmati uchun belgilangan narx. 3ta uy miqdorida taklif chizigʻi 800$ ga teng. Bu Frida belgilagan narx. Taklif egri chizigʻi sotuvchilarning narxida aks etishi sababli, biz buni ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini oʻlchash uchun ishlatishimiz mumkin. rasm taklif egri chizigʻi bizning 2ta misolimizdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini hisoblash uchun ishlatiladi. (a) chizmada biz narx 600$ deb hisoblaymiz. Bu holda taklif miqdori 1ga teng. Narx va taklif egri chizigʻi orasidagi maydon 100$ga teng. Biz buni Grandmaning ishlab chiqarish ortiqchaligi sifatida hisoblagandik. 5- rasm (b) chizmasi $800 narxdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini koʻrsatadi. Bu holatda narxning past va taklif egri chizigʻining yuqorisi 2 ta burchakning umumiy maydoniga teng. Bu maydon $500 ga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligi biz oldin hisoblaganimizdek Grandma va Jorjiyani ikkita uyni boʻyaganida koʻrinadi. Bu misol taklif egri chizigʻiga tegishli, past narx taklif egri chizigʻining yuqorisi bozordagi ishlab chiqarish ortiqchaligini oʻlchaydi. Mazmun shundaki: taklif egri chizigʻining yuqorisi sotuvchilarning narxini ishlab chiqarish va narx oʻrtasidagi farqni oʻlchaydi. Bundan kelib chiqadiki, umumiy maydon bu barcha sotuvchilarni ishlab chiqarish ortiqchaligining yigʻindisiga teng. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling