University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toifalash sharhini tuzish qoidasi Mavzu yuzasidan mashqlar
Savol va topshiriqlar
1. Undosh tovushlarning hosil bo‘lishini tushuntirib bering. 2. Undosh tovushlar qanday tasnif qilinadi? 3. Undosh tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi? 4. Undosh tovushlarni tasniflab bering. 5. Ong, tong, manglay, arang, kelinglar so‘zlari tarkibida kelayotgan ng tovushiga izoh bering. 6. Jon, jonajon, ajdar, g‘ijjak, jahon so‘zlari tarkibidagi j tovushining aytilishi va yozilishini tushuntirib bering. 7. Jarangli undoshlarni sanab bering. 8. Jarangsiz undosh tovushlarning xususiyatlari haqida gapiring. 9. Bilish jarayonida zid qo‘yishning xizmati qanday? 10. Tovushlarning farqlovchi va biriktiruvchi belgilari deganda nimani tushunasiz? 11. G‘ va G tovushlari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlab bering. Ular o‘rtasidagi farqlovchi belgini ayting. Savollar 1. Tovush deb nimaga aytiladi? 2. Fonema nima? 3. Tovushlar ketma-ketligi deganda nimani tushunasiz? 4. Unli tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi? 5. Unli tovushlar qanday tasniflanadi? 6. Undosh tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi? Toifalash sharhini tuzish qoidasi Mavzu yuzasidan mashqlar 1-mashq. Quyida keltirilgan gaplardagi tagiga chizilgan so‘zlarning urg‘usini qo‘yib ko‘chiring. O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. (H.Olimjon) 2. Texnik ishlar shuncha ko‘payib ketdiki, bosh qashishga vaqt yo‘q. 3. Masal, asosan, epik asar turlaridan bo‘lib, unda kishilar xarakteriga xos xususiyatlar hayvonlar va o‘simliklarga ko‘chiriladi. 4. Ey hurmatli, arzimni bir tinglasalar, Mening hech bir gunohim yo‘q. Menga g‘azab qilmasalar. 5. Olma eksa bog‘iga har kim, Mehmoniga ol, ye, demasmi? «Olma» mening mehmondo‘st xalqim Odatiga yot so‘z emasmi? 6. Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan bag‘rimni ohang, Nechuk kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, Nechun kerak rubob, senga shuncha g‘am. 7. Jahonda ikki dilbarning biri sensan, biri Laylo, Jahonda ikki oshiqning biri menman, biri Majnun. 2-mashq. Matnni ko‘chirib oling. Birinchi va ikkinchi gapdagi so‘zlarning qaysi bo‘g‘inlariga urg‘u tushayotganligini toping va qo‘ying. Rivoyat qilishlaricha, Mashrabning onasi unga homiladorligida qo‘shnilarning uzumidan so‘ramasdan yemoqchi bo‘ladi. Shu payt ona qornidan: «Onajon, luqmayi haromni yemang, bog‘ning egasini rozi qilib, keyin uzumni yeng», degan ovoz eshitilibdi. Hali tug‘ilmagan Mashrab haromdan hazar qilgan. U tug‘ilgandan so‘ng ham shu e’tiqodida qoldi. Shoir ko‘z ochib g‘addor muhtojlikni ko‘rdi. Qashshoqlik va benavolik, xo‘rlik va nohaqlik shoir qalbini iztirobga solaverdi. U qancha yuksaklikka intilgan sari, haqiqat undan yiroqlashdi. Gumrohlik va adolatsizlik, firib-u nayrang shoirni tig‘ yalang‘ochlab qarshi oldi. Shoir nohaqlikka qarshi chiday olmadi, u yovuzlikni, johillikni, adovatni parchalash uchun kurashdi. Qalandar qiyofasida, darvesh qiyofasida: boshda kuloh, egnida xirqa, qo‘lida aso, yelkasida xurjun bilan haq va adolat izlab yurt kezdi. Mudroq qalblarni bir chaqin bo‘lib uyg‘otdi. O‘z vujudiga qarshi isyon ko‘tardi. (Rivoyatlardan) Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling