University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet39/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Mavzu yuzasidan mashqlar


1-mashq. Ko‘chiring. Fonetik hodisalarning ostiga chizing.

Sariq — sarg‘ay, o‘g‘il — o‘g‘lim, singil — singli, sust — susay, taroq-im — tarog‘im, o‘rtoq-im — o‘rtog‘im, bilak-i — bilagi, tirgak-i — tirgagi, sarimsoq-i — sarimsog‘i, turpoq-i — tuprog‘i, kirpik-im — kiprigim.




2-mashq. Matnni ko‘chiring, qanday fonetik hodisalar borligini aniq­lab, ularning tagiga chizing. Imlo qoidasiga muvofiq qanday yozilishi lozimligini ko‘rsating.

1. To‘yxonaga savzi to‘g‘ragani chiqdik. 2. Bir borakan, bir yo‘g‘akan, qadim zamonda bir cholminan kampir bo‘lganakan. 3. Cho‘nchagimga yusso‘m solib, ko‘chaga chiqtim. 4. Devol ustida muchicha turipti.




3-mashq. Quyidagi matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qing, so‘zlarning talaffuziga rioya qiling.

Oltin o‘tda bilinadi, odam — mehnatda. Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘in ko‘rmassan. Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi. Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab turib baho beradilar. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi.




4-mashq. Maqollarni ifodali o‘qing. So‘zlardagi fonetik hodisalarni aniqlang.

Orqada turgan do‘stdan oldinda turgan dushman yaxshi. (Gruzin maqoli) Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. (Ingliz maqoli) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. (Tatar maqoli) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. (Pushtun maqoli) Aqlli xalqqa intilsa, nodon o‘z qarindosh-urug‘lariga intiladi. (Qirg‘iz maqoli) Ozodlik — obodlik. (Tojik maqoli) Do‘stlik shishaga monand, sinsa — ulay olmaysan. (Rus maqoli) Kishilarga muhabbat — eng yaxshi davlat. (Arab maqoli) Yakkani bo‘ri yer. (Qoraqalpoq maqoli) Birgalashib ovqatlansang — lazzatlanasan, birgalashib ishlasang — xursand bo‘lasan. (Adigey maqoli) Haqiqat daraxtini toshga o‘tqazganda ham qurimas. (Gruzin maqoli) Aqlli qariya — oqib turgan daryo. (Qozoq maqoli). Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas. (Xitoy maqoli) Baxt kulgu bor uyga kiradi. (Yapon maqoli) Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi. (Polyak maqoli)





Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling