University of economics and pedagogy


Otlarning egalik shakllari


Download 1.79 Mb.
bet25/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Otlarning egalik shakllari:
Egalik qo‘shimchalari predmetning uch shaxsdan (so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga) biriga qarashli ekanini bildiradi. Egalik qo‘shimchalari oxiri unli bilan tugagan otlarga birlikda -m, -ng, -si; ko‘plikda -miz, -(lar)i, -ngiz shaklida; oxiri undosh bilan tugagan otlarga esa birlikda -im, -ing, -i; ko‘plikda - imiz, -ingiz, -i shaklida qo‘shiladi:
Egalik qo‘shimchalarining 3-shaxs shakli joy (viloyat, shahar, tuman, korxona) nomlarini bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llanganda, tegishlilik, egalik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nolarini ham ifodalaydi. Bunday paytda egalik qo‘shimchasini olgan so‘z bog‘lanib kelgan so‘z tarkibidagi qaratqich kelishigi qo‘shimchasi tushiriladi :Toshkent shahri,Navoiy ko‘chasi va h.
Ayrim so‘zlar tarkibidagi –i(-si) egalik qo‘shimchalari o‘z vazifasini yo‘qotib, yaxlitlanib qolgan: Kechasi ishlab, kunduzi dam oladi. Bunday paytda bu so‘zlar ravish turkumiga o‘tadi.
K va q undoshi bilan tugagan ikki va ko‘p bo‘g‘inli otlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak-negiz oxiridagi jarangsiz k undoshi jarangli g tovushiga, jarangsiz q undoshi jarangli g‘ undoshiga aylanadi va koptogi, tuprog‘i kabi yoziladi.
Og‘iz, burun, zahar kabi otlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi qisqaroq aytiladigan u,i, aunlilari tushib qoladi: og‘zi, burni, zahri. Obro‘, parvo so‘zlariga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda esa y tovushi orttiriladi: parvoyi, obro‘yim.
O‘q, nok, yuk, tuk kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, idrok, ishtirok, axloq, ravnaq, huquq kabi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganida, asos qismda tovush o‘zgarishi yuz bermaydi: yuking, o‘qi, ishtirokim, ravnaqi.
Singl-i-si, shun-i-si, bun-i-si so‘zlarida egalik qo‘shimchalari ikki marta qo‘shilgan. Egalik qo‘shimchasining 2-shaxs ko‘plik shaklida 3 ta morfologik variant mavjud: shaharingiz – shaharinglar – shaharlaring.
Egalik qo‘shimchalari fe’lning vazifa turlaridan bo‘lmish sifatdosh va harakat nomlariga ham qo‘shilishi mumkin. Bunda egalik qo‘shimchalari harakat bajaruvchining shaxsi va sonini bildiradi, shu sababli qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z ko‘pincha tushirib qoldiriladi: (ukamning) borishi aniq, (mening) o‘qiganim tushdi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling