University of geological sciences
Download 1.91 Mb.
|
nabiyev.a13
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI QARZ MABLAG’LARI HISOBIGA MOLIYALASHTIRISH Nabiyev Abdullaziz UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES 22 Reja: Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va ularning tasniflanishi Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish shakllari va ularning tasniflanishi Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda korporativ obligatsiyalar 1 2 3 3 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES 1. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va ularning tasniflanishi Korxonaning oʻz moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini qarz mablagʻlarini jalb qilmagan holda samarali davom ettirishi bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab masala hisoblanadi. Qarz mablagʻlaridan foydalanish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini mos ravishda kengaytirish, xususiy kapitaldan yanada samarali foydalanishni ta’minlash, turli xil maqsadli moliyaviy fondlarni shakllantirish jarayonini tezlashtirish, nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi. Xususiy kapital har qanday biznes asosini tashkil etsada, qator tarmoq korxonalarida foydalaniladigan qarz kapitali miqdori xususiy kapital miqdoridan sezilarli darajada yuqori boʻladi. Aynan shu holat bilan bogʻliqlikda qarz kapitalini jalb qilish va undan samarali foydalanishni boshqarish korporativ moliyani boshqarishning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha yuqori natijalarga erishishni ta’minlashga yoʻnaltiriladi. Korxonalarda foydalaniladigan qarz kapitali jami moliyaviy majburiyatlar miqdori bilan tavsiflanadi. Bunday majburiyatlarni quyidagicha tabaqalashtirish mumkin: 4 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES 1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar. Ularga korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati bir yildan ortiq boʻlgan qarz kapitalining barcha shakllarini kiritish mumkin. Uzoq muddatli bank kreditlari va boshqa uzoq muddatli qarz mablagʻlari (moliyaviy lizing, soliq krediti boʻyicha qarzdorlik, muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha qarzdorlik, moliyaviy yordam boʻyicha qarzdorlik, qaytarish sharti bilan berilgan boshqa mablagʻlar) uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarning asosiy shakllari hisoblanadi. 2. Qisqa muddatli qarz kapitali. Bir yilgacha boʻlgan muddatda foydalanish uchun jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllarini qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarga kiritish mumkin. Bunday majburiyatlarning asosiy shakllari sifatida qisqa muddatli bank kreditlari va boshqa qisqa muddatli qarz mablagʻlari (muomalaga chiqarilgan qisqa muddatli moliyaviy obligatsiyalar, bir yilgacha taqdim etilgan soliq kreditlari, berilgan veksellar, olingan avanslar)ni keltirish mumkin. Oʻz moliyaviy majburiyatlarini qoplash chora-tadbirlari boʻyicha korxonani rivojlantirish jarayonida qoʻshimcha qarz mablagʻlarini jalb qilishga talab yuzaga keladi. Bunda korxona tomonidan jalb qilinadigan qarz mablagʻlarini quyidagicha tasniflash mumkin: Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling