Unli harflar (vowels) 5ta: a(ey), e(iy), i


Download 8.99 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi8.99 Kb.
#1463982
Bog'liq
Ingliz


1-dars. Ingliz alifbosi

Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz qiyinlashtiradi. Lekin, ingliz tili va o’zbek tili lotin alifbosiga asoslangan. Ya’ni, koreys, xitoy yoki rus tillaridek harflar bilan alohida tanishib chiqish shart emas. Shunday qilib, ingliz tili alifbosida 26ta harf bor. E’tibor bering, o’zbek alifbosida esa 29 harf va bir tutuq belgisi mavjud.


Ingliz tilida harflar ikki turga: vowels (unli) va consonants (undosh)ga bo’linadi.
Unli harflar (vowels) 5ta: a(ey), e(iy), i(ay), o(o'), u(yu).
Undosh harflar (consonants) esa 21ta: b(bi), c(si), d(di), f(ef), g(ji) , h(eych), j(jey), k(key) , l(el), m(em), n(en), p(pi), q(kyu), r(a), s(es), t(ti), v(vi), w(dablyu), x(eks), y(vay), z(set).

Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalar ya’ni ikki harf qo’shilgan holda bir tovushni beradigan harflar mavjud. Bular:


c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola)
s va h qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y)
ph=f (photo [foto] – foto)
th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi:thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak.
ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y)
oo=u (book [buk]-kitob)

Eslatma: Har bir uchragan yangi so’zni lug’at daftariga yozib yodlab borsangiz so’z boyligingiz yana ham ko’payadi.

2-dars. A/an artikli

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil.


A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: a book – two books (kitob – 2ta kitoblar)


An elephant – three elephants (fil-3ta fillar)
A dog – dogs (it-itlar)

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol: a ball (koptok), a pen (ruchka), a box (quti)
an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush)

Yodlash uchun so’zlar: 


snake-ilon
ant-chumoli
frog-qurbaqa
octopus-sakkizoyoq
cow-sigir
insect-hashorot
bird-qush
lion-sher
alligator-timsoh
donkey-eshak
mouse-sichqon
fish-baliq
horse-ot
bee-asalari

Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing.
Download 8.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling