Unutamadım gitti♡
Download 0.63 Mb.
|
Unutamadım gitti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unutamadım gitti♡
#frozen
13- qism. - Robert .. yaxshi ham kelding .. - Lyusi kechir o‘sha paytlari oldingda bo'lolmadim.. Boshqa davlatga shoshilinch ish bilan ketgandim.. afsusdaman.. hudo sabr bersin .. - Robert u meni deb o‘ldi .. men o‘zimni kechirolmayapman .. o‘zimni yashashga noloyiqdek ko‘ryapman .. - bu nima deganing .. tenteklik qila ko‘rma tushundingmi.. bu taqdir va biz buni qabul qilishga majburmiz .. o‘zingni esa ayblama ..deb qizni yoshlarini artdi .. - Jeyson meni yaqin do‘stim edi huddi sendek .. u ham meni sevgan ekan .. lekin meni ahmoqona gaplarimdan so‘ng biror marta ham buni aytmabdi.. meni pinhon sevib doim yordam beribdi .. men ahmoq esa buni hatto o‘ylab ko‘rmagan ekanman .. sezmagan ekanman .. - Lyusi sen muhimi yaxshi do‘st bo‘lding unga.. ha aytgancha seni kim yaraladi .. - Tomas .. Jeysonni o'limida meni ayblab qasos oldi .. - nima .. yigit asabiylashib .. ahmoqmi u .. qayerda hozir .. - eshitishimcha qamoqda 4 yilga qamalibdi .. lekin men undan zarracha hafa emasman .. bu menga yengil jazo bo‘ldi .. - bunchalik o‘zinga adolatsizlik qilma .. qani o‘zini hammadan ko‘p yaxshi ko‘ruvchi Lyusi .. o'sha senmi .. - endi u yo‘q .. men endi o‘zidan faqat nafratlanuvchi Lyusiman .. deb g‘azab bilan gapirdi . - Lyusi .. - Robert keyin gaplashsak bo‘ladimi men dam olmoqchiman .. ( yigit ham qizni hozir ahvoli yaxshi emasligini bilib ...) - ho‘p mayli .. o‘zingni ehtiyot qil .. - sen ham .. Yigit chiqib ketgach qiz chindan juda charchagani uchun yotib uxladi .. ♡Unutamadım gitti♡ #frozen 14-qism. Lyusi endi hech nimaga qiziqmay qo‘ygandi. Honasiga qamalib olgan .. ovqatni ham bir amallab yegizishayotgan edi. Robert har kuni kelar Lyusiga bir nimalar gapirib qizni kuldirmoqchi bo‘lardi . Lekin o'zgarish yo‘q . Otasi bir qancha psixologlarga ham ko‘rsatdi ..lekin qizda ahvol o‘sha-o'shaligicha qolaverdi. Shu tariqa bir hafta ham o‘tdi .. bir kuni qizni tushiga yana Jeyson kirib ..u bilan suhbatlashdi. Agar shunday yuraversa qizdan ranjishini aytib yana g'oyib bo‘ldi . Lyusi uyg‘onib soatga qaradi . Ertalabki 6 .. turib yuvinib .. kiyib ..sumkasiga darsliklarini solib.. iloji boricha o‘zini yaxshi ko'rsatishga harakat qilib .. xonasidan chiqdi . Pastga tushsa otasi ovqatlanib o‘tirgan ekan .. borib u ham o‘tirib ovqatlana boshladi .. - Lyusi .. sen dadasi ko‘zlariga ishonolmay qarab turardi. - dada iltimos hech nimani eslatmang.. o‘zimni zo'rg'a qo'lga olib turibman .. deb ovqatlangan bo‘ldida .. o'qishga ketdim . - ho‘p qizim .. hohlasang o‘zim.. - yo‘q kerak emas .. o‘zim bormoqchiman.. - yaxshi yetib ol unda deb hayrlashishdi. Lyusi ko'chaga chiqishi bilan Robertga duch keldi .. Uning ham otasi kabi ko‘zlarida quvonch va hayrat mujassam .. - Lyusi nihoyat .. o‘zinga kelding .. - balki .. o'qishga borasanmi ..? Lyusining bunday hissiz gapirishiga Robert hayron javob qaytardi . - ha seni bir ko‘rib o‘tay deb kelayotgandim . - ha .. balki meni ham tashlab qo‘yarsan .. - albatta .. marhamat .. deb kulib mashina eshigini ochib berdi ..qiz esa doimgidek hissiz borib o‘tirdi. Yigit bundan o‘ylanib .. o‘zi ham joylashgach mashinani haydab ketdi . Yo‘lda ketishar ekan .. qiz bir hilda yo'ldan ko‘z uzmay ketardi . Bundan zerikkan yigit .. - balki musiqa eshitamiz .. - mayli hohlasang qo‘yaver .. - ho‘p deb musiqa qo‘ydi .. biroz yurishgach yetib kelishdi . Lyusi Robertga rahmat aytib o‘zini binosiga kirib ketdi . Mana ikkinchi qavatga ko‘tarilib xonasi tomon burilishiga yana eski hotiralar .. Jeyson bilan shu karidor bo‘ylab yugurib urushishlari yoki dars boshlangungacha shu yerda dardlashishlari .. ko‘z oldidan o'taverdi . Yana yoshlanishga ulgurgan ko‘zlarini artib .. - yig‘lamayman .. yig‘lamasligim kerak .. Jeyson hafa bo‘lmasligi uchun o‘zgarishim lozim deb o‘ziga gapirib honaga kirdi .. yarim kursdoshlari kelib bo‘lgandi . Ular Lyusini ko‘zib ba'zilari ustidan mazax qilgandek.. ba‘zilari achinib .. ba‘zilari yaxshi kutib olishdi . Lyusi ular bilan ko‘rishgan bo‘ldida to‘g‘ri orqa partaga borib kitobini o‘qiy boshladi .. Kitobga berilib ketgan ekan .. birdan qichqiriq ovozi kelgach cho‘chib qarab ulgurmasidan kimdir unga urilib.. mahkam quchoqlab oldi . ♡Unutamadım gitti♡ Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling