Unwto (unwto) ning turini oching)
Download 89.05 Kb.
|
culture javoblar final to\'liq
Haj ziyorati nima?
Haj (arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri[1]. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7 marta tavof qilinadi. Ziyoratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7 marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zulhijja oyining 9-kuni) Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad (sav) qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi. Fayl:Traditional Hajj Wear (9932207785).jpg
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga Haj amalini ado etish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1991-yilda H.ga boruvchilar 1500 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu raqam 4000 dan ortiqni tashkil etdi. Mustaqillik davrida 53056 kishi Haj ibodatini ado etdi (2005). Bu ibodatlar bandaning gunohlardan poklanishi uchun katta sinovdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: „Kim bu Uy (Baytulloh)ga kelib, yomon soʻzlarni soʻzlamasa va fosiqlik kilmasa, onasidan yangi tugʻilgan kunidagi kabi (uyiga) qaytadi“ (Imom Muslim, 2/ 983; „Sahih ut-Termiziy“, 1/ 245).
Rasulullox sollAllohu alayxi vasallamdan: „Qaysi amal afzaldir?“ deb soʻralganida: — „Alloh va rasuliga iymon keltirish“. — „Keyinchi?“ — „Alloh yoʻlidagi jixod“. — „Keyinchi?“ — „Mabrur (Alloh tarafidan bekamu-koʻst kabul kilingan) Haj“- deb javob berganlari nakl kilingan (Fatxul-Boriy", 3/ 381). Haj axkomlari: Haj — Alloh taʼoloning Kitobi, rasulullox sollAllohu alayxi va sallamning sunnati va ummatning ijmoʻsi bilan farz boʻlgan ibodatdir. Alloh taʼolo Qur’on Karimda dedi: "… Kaʼbani haj (qasd) qilish, yoʻliga qodir boʻlgan odamlar zimmasidagi Allohning haqqidir…" (Oli Imron: 97). Rasululloh sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Islom besh narsa asosiga koʻrilgan: … haj kilish“ (Imom Buxoriy rivoyati, „Fatxul-Boriy“, 1/49; Imom Muslim rivoyati: 1/45). Oisha raziyAllohu anxo: „Ey, Allohning rasuli, xotin-kizlarga xam jixod bormi?“- deb bergan savollariga rasulullox solAllohu alayxi va sallam: „Xa, ularga urushi boʻlmagan jixod bor. U — Haj va umradir“ — deb javob berdilar (Ibn Mojja va imom Axmad rivoyatlari: "al-Musnad, 6/156. Alboniy bu xadisni „Saxixu ibn Mojja“ kitobida saxix dedi 2/151). Islom ummati Hajning shar’iy ibodat ekaniga ijmo qilgan. Hajning shartlari Haj va umra besh shartga ega boʻlgan odamlar uchun xayotlari davomida bir marta farzdir. Birinchi shart: Musulmonlik.
Abu Xurayra raziyAllohu anxu dedi: "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam Abu Bakr raziyAllohu anxuni amir kilib Haj kilish uchun yuborgan gurux ichida meni: „Bu yildan soʻngra xech bir mushrik Haj kila olmas va Baytulloxni yalangoch odam tavof eta olmas!“- deb eʼlon kilishim uchun yubordilar" („Fatxul-Boriy“, 3/483; Imom Muslim rivoyati, 2/982; Navaviy sharxi, 9/115). Ikkinchi shart: Aqlli boʻlish.
Uchunchi shart: Balogat yoshiga etish. Balogat yoshiga etmagan bolalarga Haj kilish farz emasdir. Birok, Haj kilsalar ota-onalariga savob yoziladi. Bir xotin bolasini koʻtarib, rasululllox sollAllohu alayxi va sallamga karata: „Buning Haji Haj boʻladimi?“- deb savol berganida, rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: „Xa, sen uchun xam savob boʻladi“- deb javob berdilar („Fatxul-Boriy“, 4/71, Imom Muslim: 2/974). Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Biron bir bola Haj kilsa, balogat yoshiga etganidan soʻng Haj kilishi farzdir. Biron bir kul Haj kilsa, ozodlikka (erishib, xur boʻlganidan soʻngra) Haj kilishi farzdir“ (Fatxul-Boriy": 4/71; „Irvaul-Galil“: 4/156). Toʻrtinchi shart: Toʻla erkinlik.
Beshinchi shart: Imkonli boʻlish. Haj, Haj kilinadigan makonlarga borish imkoni boʻlgan kishilar uchungina farzdir. Yoʻllari osuda, Haj kilishga etarli molu-mulki boʻlmagan odamlarga Haj kilishlari farz emasdir. Xotin-kizlar uchun aloxida bitta shart bordir. U — maxramlarining boʻlishidir. Maxramlari — ularning otalari, aka-ukalari, togalari, amakilari, oʻgillari, erkak nabiralari, umr yoʻldoshlaridir. Bu shart, odamlar bilan bir gurux ichida borib-kelishlariga karamay, garchi ular oʻrtasida xotin-kizlar koʻp boʻlsa xam, sokit boʻlmaydi. Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Xech bir erkak xotin-kizlar bilan, ularning maxramlari boʻlmasa, safarga chikmasin. Xotin-kiz fakatgina maxrami bilangina safar kiladilar“ („Fatxul-Boriy“, 6/143; Imom muslim rivoyati, 3/978). Shuni xam eslatishimiz kerakki, agar xotin-kizlar maxramsiz Haj kilsalar, Hajlari farz Haj oʻrniga oʻtadi. Birok, bu xotin-kizlar maxramsiz Haj kilganlari uchun gunoxkor boʻladilar. Mazkur besh shartni oʻzida koʻrgan xar bir odam, vaqtni boy bermay Haj kilishga shoshilishi kerak. Chunki rasulullox sollAllohu alayxi va sallam farz boʻlgan Hajni kasd etib: „Haj kilish uchun shoshilingiz! Chunki sizlarning xech biringiz nimalarga duch kelishingizni bilmaysiz“- dedilar (Imom Axmad rivoyati, 1/14, Alboniy, „Irvaul-Galil“, 4/168; „Saxixu Abi Dovud“, 1/325; „Saxixu ibn Mojja“, 2/147). Umar raziyAllohu anxudan nakl kilinadi. U zot dedilar: „Shu oʻlkalarga baʼzi odamlarni yuborsam va ular imkoni boʻla turib Haj kilmayotgan kimsalarni aniklab, ularga jizya-solik belgilashlarini oʻylab turibman. Unday odamlar musulmon emaslar, ular musulmon emaslar“ (Ibn Hajar, „at-Talxisul-Xabir“, 2/223). U zotdan kuyidagi xabar xam nakl kilingan: „Imkoni bor, yoʻllari xavfsiz va toʻla xurriyat soxibi boʻla turib, Haj kilmagan odam, xohlasa yaxudiy, xohlasa nasroniy boʻlib oʻlsin!“ (Bayxakiy, "as-Sunan al-Kubro, 4/334; Ibn Hajar, „at-Talxisul-Xabir“, 2/223).
Download 89.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling