A
Annallar (lot.) – solnoma, yilnoma, voqealar yilma-yil yozib
borilgan tarixnoma.
Antik (lot.) – qadimgi Yunoniston va Rim tarixi, madaniyati
va san’atiga oid; antik san’at.
Areopag (yun.) – qadimgi Afinada oliy sud va nazorat organi.
Majlislar o‘tkaziladigan joy «Ares tepaligi» nomiga ko‘ra shun-
day atalgan.
B
Braxman (hind.) – bramin, braxman-ma’juslar kohini.
Hindistonda oliy kohinlar kasrasi.
Bule (yun.) – qadimgi yunon quldorlik shahar-davlatlarida
ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, u davlat nazora-
ti va moliyani boshqarish, savdoni nazorat qilish va tartibga
so lish, mansabdorlar faoliyatini kuzatish kabi turli ma’muriy
vazifalarni bajargan. U boy va zodagon urug‘lardan tashkil top-
gan. Afinada Bule 500 a’zodan tuzilgan (Besh yuzlar kengashi).
D
Dem (yun.) – Qadimgi Attikada o‘z-o‘zini idora qiluvchi jamoa
okruglari.
Diktator (lot.) – Qadimgi Rimda urush yoki qo‘zg‘olonni bost-
irish kabi favqulodda voqea ro‘y berganda Senatning qarori bi-
lan konsul tomonidan tayinlanadigan to‘la huquqli hukmdor.
Uning vakolati 6 oydan oshmas edi.
G
Gerusiya (yun.) – bir qancha qadimgi yunon davlatlarida
oqsoqollar kengashi bo‘lib, davlat hayotida asosiy masalalarni
hal qilgan. Spartada gerusiya – oliy siyosiy organ.
I
Ilotlar (yun.) – qadimgi Spartaning doriylar tomonidan
bo‘ysundirilgan dehqonlar aholisi. Ilotlar davlat mulki hi sob-
lanib, spartaliklar egallagan yerga biriktirilib qo‘yilgan.
K
Kasta (lot. – portugal.) – toza, benuqson, boshqa toifa bilan
aralashmagan toifa, tabaqa. Hindiston va Sharqdagi boshqa
ba’zi mamlakatlarda nasab va imtiyozli huquqlari, urf-odatlari
va kasb-hunarlariga qarab alohida tabaqaga ajralgan ijtimoiy
guruh.
600
Do'stlaringiz bilan baham: |