Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

A
Annallar (lot.) – solnoma, yilnoma, voqealar yilma-yil yozib 
borilgan tarixnoma.
Antik (lot.) – qadimgi Yunoniston va Rim tarixi, madaniyati 
va san’atiga oid; antik san’at.
Areopag (yun.) – qadimgi Afinada oliy sud va nazorat organi. 
Majlislar o‘tkaziladigan joy «Ares tepaligi» nomiga ko‘ra shun-
day atalgan. 
B
Braxman (hind.) – bramin, braxman-ma’juslar kohini. 
Hindistonda oliy kohinlar kasrasi. 
Bule (yun.) – qadimgi yunon quldorlik shahar-davlatlarida 
ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, u davlat nazora-
ti va moliyani boshqarish, savdoni nazorat qilish va tartibga 
so lish, mansabdorlar faoliyatini kuzatish kabi turli ma’muriy 
vazifalarni bajargan. U boy va zodagon urug‘lardan tashkil top-
gan. Afinada Bule 500 a’zodan tuzilgan (Besh yuzlar kengashi).
D
Dem (yun.) – Qadimgi Attikada o‘z-o‘zini idora qiluvchi jamoa 
okruglari.
Diktator (lot.) – Qadimgi Rimda urush yoki qo‘zg‘olonni bost-
irish kabi favqulodda voqea ro‘y berganda Senatning qarori bi-
lan konsul tomonidan tayinlanadigan to‘la huquqli hukmdor. 
Uning vakolati 6 oydan oshmas edi. 
G
Gerusiya (yun.) – bir qancha qadimgi yunon davlatlarida 
oqsoqollar kengashi bo‘lib, davlat hayotida asosiy masalalarni 
hal qilgan. Spartada gerusiya – oliy siyosiy organ.
I
Ilotlar (yun.) – qadimgi Spartaning doriylar tomonidan 
bo‘ysundirilgan dehqonlar aholisi. Ilotlar davlat mulki hi sob-
lanib, spartaliklar egallagan yerga biriktirilib qo‘yilgan. 
K
Kasta (lot. – portugal.) – toza, benuqson, boshqa toifa bilan 
aralashmagan toifa, tabaqa. Hindiston va Sharqdagi boshqa 
ba’zi mamlakatlarda nasab va imtiyozli huquqlari, urf-odatlari 
va kasb-hunarlariga qarab alohida tabaqaga ajralgan ijtimoiy 
guruh. 


600

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling