Upanishadlar va avesto


III bob bo’yicha xulosalar


Download 0.65 Mb.
bet21/29
Sana17.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1208123
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
2 5262933941039408192

III bob bo’yicha xulosalar
1. Gap shundaki, har bir millat tomonidan o’z qadriyatlarini tish tirnog’i bilan himoya qilishlari pirovard oqibatida raqobatini keltirib chiqarmaydimi? Va nihoyat ushbu parodaksal holat xalqlarning birlashuviga emas, ular orasida turfa nizolar kelib chiqishiga sabab bo’lmaydimi? Upanishadlardagi savollar dunyoviy muammolar bilan bog’liq savollar bo’lib, unda olam nima, insoniyat va uning ruhi nimadan iborat kabi savollarning o’rtaga tashlanishi tahsinga sazovordir. Chunki bu kabi savollar hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Avesto va Upanishdalardagi borliq haqidagi qarashlarga nazar tashlasangiz, go’yo juda ko’p savollarni yechimini topgandek bo’lasiz. Ammo har qancha harakat qilmaylik insoniyat hamisha tabiat qudrati oldida ojiz qoladi. Shuningdek, o’sha davrdagi stixiyali falsafiy qarashlar tizimga solindi. Ulardagi falsafiy dunyoqarashlar umuman olganda ilohiydir. Biroq shu bilan bir qatorda materialistik qarashlar ham mavjud bo’lgan.
2. Shu bilan birgalikda, Hindistondagi 3-4 ming yillik tarixga ega bo’lgan kastachilik oriylar davridan davlatning asosiy mafkurasi darajasigacha ko’tarilgan. Oriylar hukmronlig davrida bizning vatanimiz hududida ham zardushtiylik dini mavjud bo’lib, zartushtiylik dinida bunday tabaqa tizimi yo’q edi. To’g’ri, ma’lum bir sinflar mavjud edi. Lekin davlat mafkurasi darajasigacha ko’tarilmagan edi. Bugungi kunda ham asosiy qonunimizda hech qanday mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi va ijtimoiy-siyosiy hayot siyosiy institutlarning rang-barangligi, mafkura va fikrlarning xilma-xilligiga asoslanishi belgilab berildi. Ayni paytda barcha mulk shakllarining teng huquqliligi sharoitida xususiy mulkning ustuvorligi konstitutsiyaviy asosda mustahkamlab qo’yildi. Globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni muhofaza qilish, asrab-avaylash jiddiy muammoga aylanishi xilma-xil aspektlarda o’rganilmoqda.
3. Globallashuv sharoitida qadriyatlar transformatsiya bilan bog’liq bo’lgan masalalardan yana biri-an’anaviy milliy qadriyatlarni himoya qilish mexanizmini ishlab chiqishdir. Bir jihatdan olganda, bunga o’xshash fikrlar mutlaqo to’g’ri, uni inkor etish mumkin emas, biroq masalaga boshqacharoq nuqtai nazardan yondashsak. Keyinchalik ham vatanimiz xududida islom dini targalguncha zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, xristiyanlik, mazdakiylik, shomoniylik kabi dinlar ham mavjud bo`lgan. Ular negizida o`sha davrning betakror madaniyati vujudga keldi. Aynan shular negizida madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz rivojlanib kelmoqda. Butun umri davomida ezgu g‘oyalar yo’lida tinimsiz kurashib yashagan hind va o’zbek xalqining ऊँ(AUM) tinchlik g‘oyasi Upanishadlardagi falsafiy-siyosiy qarashlari jihatidan olsak, uni insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida o’rni beqiyosdir. Jumladan, Upanishadlar va “Avesto”dagi turli muammo va ziddiyatlarni kuch ishlatmasdan, tinch yo’l bilan hal qilishga oid qarashlar dunyo davlatlari o’rtasidagi munosabatlarda, ijtimoiy hamkorlik masalasida bugun ham o’z ahamiyati va dolzarbligini yo’qotmasdan kelmoqda.

XULOSA
Axloqiy qadriyatlar nafaqat o’sha davrda, balki bugungi kunda ham dolzarb mavzu ekanligini etiborga olgan holda, axloqiy-qadriyatiy mohiyatni o’rganish, tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Upanishadlar va “Avesto” nainki diniy yo’nalishda, balki ko’hna falsafa, huquqshunoslik, psixologiya, etika va estetika, tabiat, til, urf-odatlar hamda ijtimoiy hayot shakllarini ilmiy tadqiq etishda ham ahamiyati nihoyatda katta. Ular asosan falsafiy masalalar bayon etilgan manbalar bo’lib, bu boradagi falsafiy masalalarning zaminida shunday fundamental muammolar yotadiki, ya’ni bizni o’rab turgan olamda insonning o’rni va ahamiyati, tashqi olamning va insonning tabiati, xarakteri, ruhiy kechinmalari, olamni bilish imkoniyati, axloqiy normalarni o’rganish va birlashtirgan holda keyinchalik tub ildizlari va umumiy jihatlari o’xshash islom dinini boyitishga asos bo’ldi.
2. Upanishadlar va “Avesto” ta'limotlarining axloq falsafasida germenevtik yondashuvning asosiy xususiyati ularning axloqiy dualizm haqidagi asosiy tushunchalaridir. Avesto va Upanishadlarda insonni hurmat qiladigan, odamlarni qadrlaydigan, do'stlik, insoniylik, betashvishlik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va qiyinchiliklarga oid maslahatlar orqali atrof-muhitni (olov, suv, ayollar, vatan) himoya qilishga undovchi personallikdan subyektiv komponent sari uyg’unlikni ko’rish mumkin.
3. Upanishadlar va “Avesto”dagi falsafiy-siyosiy qarashlari jihatidan olsak, uni insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida tinchlik g’oyalari o’rni beqiyosdir. Jumladan, Upanishadlardagi turli muammo va ziddiyatlarni kuch ishlatmasdan, tinch yo’l bilan hal qilishga oid qarashlar dunyo davlatlari o’rtasidagi munosabatlarda, ijtimoiy hamkorlik masalasida bugun ham o’z ahamyati va dolzarbligini yo’qotmasdan kelishini ochib berish muhim omil ekanligi anglab yetildi.
4 “Avesto” tarixiy-qomusiy yodgorlik, ezgulik, boshqacha aytganda inson va hayot haqidagi ilmdir. Bu asarning yosh avlod uchun ahamiyati, avvalo, uning uzoq o‘tmishda ham pauporizmni yengib, triniti(ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal) orqali xalqimizning milliy xususiyatlari va fazilatlari umumbashariy qadriyatlar bilan doimo uzviy bog‘lanib ketganini isbotlaydigan hayotbaxsh manba bo‘lganini ko’rsatdi.
5. Demokratik huquqiy jamiyatni qaror toptirish jarayoni davom etayotgan bugungi sharoitda yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish madaniy meros, jumladan, Hindistonda gumanistik saboqlaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Zero, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlarida ajdodlar an’anasi va o‘tmish qadriyatlari muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi anglab yetildi.
6. “Avesto” va Upanishadlar qadimgi ajdodlarimizning insoniyatga tuhfa qilgan bebaho ma’naviy ne’mati, tarixiy-qomusiy yodgorlikdir. Bu asar olam va odam haqidagi bilimlar majmuasi, turli fanlarga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan qomus hamdir. Shu bilan birga bu turfa bilimlarning hammasiga xos mushtarak jihat borki, u “Avesto”ni yagona va umumbashariy, axloqiy qarashlarga boy manba sifatida baholash hamda o‘rganish imkonini berdi.
7. Bundan uch ming yil muqaddam yaratilgan “Avesto”ning buyuk missiyalaridan biri ham ko’pxudolikka barham berib, uning o’rnida yakaxudolik g’oyasini qaror toptirishdan iborat bo’lgan. Bu bevosita diniy ta’limotda inson qanday guruh, urug’, qabila yoki millatga mansub bo’lmasin, yer yuzining qaysi hududida yashamasin, u yolg’iz Allohning bandasi va yagona Alloh uni asraguvchidir, degan g’oyaga olib keldi.
8. Tabiatga sig’inish Upanishadlar va “Avesto”da xudo va inson o’rtasidagi vositachilik hisoblanadi. Vositachilik turli hil axloqiy kategoriyalar misolida tilga olinadi.
9. Upanishadlar va “Avesto”da axloqiy kategoriyalarning qadriyaviy ahamiyatidan kelib chiqqan holda odamlar ibtidoiy zamonlardayoq jon saqlash, turfa xavf -xatarlardan omon qolish uchun ham birlashganlar. Manashu ehtiyoj hali hanuz ahamiyatini yo’qotmagan. Oila, mahalla, urug’, millat, xalq - shularning bari insoniyat tarixidagi birlashishga olib kelgan ijtimoiy munosabatlardagi evolutsion taraqqiyot ko’rinishlaridir. Mamlakat va davlat - birlashma. E’tiqodlar tevaragida birlashuvchilar bor. Xuddi shu kabi g’oyalar, ayniqsa, Avestoda turli ilmiy bahslar va chuqur o’rganilishi, tahlil qilish, to’g’ridan-to’g’ri yondashishga sabab bo’ldi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling