Ural Oltoy tillarining genetik qarindoshligi
Download 25.85 Kb.
|
Ural Oltoy tillarining genetik qarindoshligi
Ural Oltoy tillarining genetik qarindoshligi Reja: Ural-Oltoy tillari haqida ma‘lumot Turkiy tillarini qiyosan o‘rganish Turkiy tillar oilasi Oltoy tillari — Osiyo va Sharqiy Evropada, Balkandan Magadan viloyatigacha va Taymardan Eron va Ryukyu orollarigacha tarqagan,yaqin tillardan iborat. Oltoy tillarida gaplashuvchi xalq soni taxminan 380 million kishi (2004 yilgi sanoq boʻyicha). Tashkil qiluvchi til butoqlari genetik yaqinligi isbotlanmagan: ayrim olimlarning fikricha, ular qadimgi davrdagi tillarning tarang aloqalaridan olingan. Tungus-manchjur tillari, maksimal darajada koreys tili yapon-ryukyu tillari kiradi. Glottoxronologiya maʼlumotlari boʻyicha, qadimgi oltoy tilining boʻlinishi miloddan avvalgi 5000-yil avval tarqagan. Ayni vaqtda ural-oltoy tillarining qarindoshligiga shubha bilan qarash, keyinroq esa ural-oltoy tillarininggina emas, balki oltoy tillari oilasiga kiritilgan ba’zi tillarning (turkiy, mug’ul, tung’us-manchjur tillarining) ham genetik qarindoshligiga shubha bilan qarash yoki uni rad qilish hollari uchray boshladi. Ba’zi olimlar, masalan, vengr olimi U, Nemet, ural-oltoy tillarining hammasi emas, balki ugor va turkiy tillargina qarindoshlikni ega deb hisoblaydi. R.Ramstedt,Viklund, Andersen, Munkachi, Kollender kabi tilshunoslar esa ugorfin tillari oltoy tillari bilan emas, balki hind-evropa til oilasi bilan qarindosh deydilar. OLTOY TILLARI — turkiy tillar, moʻgʻul tillari va tungus-manjur tillarini ularning kelib chiqishi bir degan taxmin asosida birlashtiradigan tillar makrooilasini biddiruvchi shartli termin. Ayrim olimlar ushbu makrooilaga koreys va yapon tillarini ham kiritganlar. «Oltoy» atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qad. vataniga ishoradir. G. Ramsted, N. N. Poppe, Ye. D. Polivanov, V. L. Kotvich, M. Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtayi nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab boʻlgan: sanab oʻtilgan til oilalaridagi anchagina umumiy leksika; soʻzning tovush tarkibidagi, fonetik va morfologik qurilishidagi oʻxshashliklar (singarmonizm va agglyutinatsiya); soʻz yasalishi va sintaksis sohasidagi kategoriyalarning struktura va mazmun jihatdan bir xilligi yoki oʻxshashligi va b. Shuningdek, deyarli barcha Oltoy tillarida maxsus soʻroq yuklamalari mavjud, old qoʻshimcha (prefiks) lar qoʻllanmaydi, egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdoshlarning qoʻllanish doirasi keng va h. k. Biroq 20-a. 50-y. larida toʻplangan materiallarni yoppasiga oʻrganishdan shu narsa maʼlum boʻldiki, sonlar, tana aʼzolari, yil fayellari va sutka boʻlaklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lugʻaviy guruhlar sohasidagi oʻxshashliklar foizi juda past ekan. Bu holat oltoy bobotilining mavjud boʻlganligini shub-ha ostida qoldiradi. Oltoy tillarining qarindoshligi haqidagi faraziyani, bir tomondan, materiallar yetarli boʻlmaganligidan, isbotlangan deb hisoblab boʻlmaydi; ikkinchi tomondan, tavsiya etilgan koʻplab chogʻishtirishlarning ishonarliligi tufayli, asossiz, puch deb ham boʻlmaydi. Bu masalani chuqur oʻrganish va uzil-kesil hal qilish oltoyshunoslikning dolzarb vazifalaridandir. Ural tillari — Finn-ugor tillari va samodiy tillari oilalarini o'z ichiga olgan yirik til birlashmasi; mazkur til oilalarini ba'zi olimlar til guruhlari deb. ... Ural tillari — Finn-ugor tillari va samodiy tillari oilalarini o’z ichiga olgan yirik til birlashmasi; mazkur til oilalarini ba’zi olimlar til guruhlari deb hisoblaydilar; ularning qarindoshligi esa fin olimi E.Setalya tomonidan isbotlangan. Ural tillari ancha katta hududda: shimolda — Norvegiya shimoldan Taymir yarim oroligacha, Janubda — Serbiya, Vengriya va Mordoviya respublikalarida tarqalgan. Sibir, quyi Volga va Kavkazdagi ayrim manzillarda ham finugor xalqlari yashaydi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish sohasida F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o‘ringa ega. U ural-oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo‘g‘ul va tungus-manchsjur) tillarining. qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning tarafdorlari sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel, G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma’lumdirlar. Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov hisoblanadi. Turkologiyadagi1 qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka tegishli bo‘lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. L.Budagov2 va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo‘yicha muhim izlanishlar. Misrda arab filologlari tomonidan yaratilgan asarlar: XV asr grammatik tadqiqoti “Qavanin al-Kulmiya li-dabt al-lug‘at at-Turkiya” (1928-yilda Istambulda Kilisli Rif’at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik asari “Kitob at-tuhfatuz zakiya” (1945-yilda Istambulda Basim Atalay tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog‘i XVIII va XIX asrning 1-yarmidagi rus va g‘arb tadqiqotchilarining izlanishlari samarasini o‘z ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish sohasida F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o‘ringa ega. U ural-oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo‘g‘ul va tungus-manchsjur) tillarining qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning tarafdorlari sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel, G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma’lumdirlar. Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov hisoblanadi. Turkologiyadagi1 qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka tegishli bo‘lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. L.Budagov2 va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo‘yicha muhim izlanishlar natijalarini yozib qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy tillarini qiyosan o‘rganish bo‘yicha eng mukammal va asosli ishlar yaratganki, undan keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov ishlarining davomi va to‘ldirilgan ko‘rinishlari bo‘lib yuzaga chiqdi. Olimning “Образцы народной литературы тюркских племён” (т. I-X, СПБ, 1868-1904), “Опыт словаря тюркских наречий”. (СПБ, 1888-1905) kabi asarlari turkiy tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir. N.F.Katanova “Опыт исследования урянхайского языка с указанием главнейших родственных отношений его к другим языком тюркского корня” (Казань, 1903) nomli tadqiqoti ham fanda ulkan shuhrat qozondi. Xullas, turkiy tillarini o‘rganish bo‘yicha qisqacha sharx shulardan iborat bo‘lib, turkiy tillar, turkiy xalqlar va ularning madaniyati kabilar olimlarni qiziqtirib kelganligini dalillaydi. Turkiy tillar – oltoy oilasiga kiruvchi hamda genetik va tipologik belgilari bilan umumlashadigan qarindosh tillar hisoblanadi. Turkiy tillarni genealogik jihatdan tasniflash bo‘yicha I.N.Berdin, N.I.Ilminskiy, V.V.Radlov, N.A.Aristov, N.F. Katanov, F.Ye.Korsh, A.N.Samaylovich kabi olimlar izlanishlar olib borishgan. Shulardan A.N.Samaylovichning tasnifi keng tarqalgan bo‘lib, turkiy tillarning barchasi 6 asosiy guruhga ajratiladi: 1. R-guruh, bulg‘or yoki chuvash: 1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao‘//tu; 5) sari; 6) qalan//yo‘lna; bu guruhga zamonaviy chuvash va qadimgi bulg‘or tillari kiradi. 2. D-guruh, uyg‘urcha yoki shimoliy-sharqiy: 1) toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag‘; 5) sarig‘; 6)qalg‘an; bu guruhga 3 kichik guruhlar kiradi: a) b-guruhi: O‘rxun–Enasoy yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi uyg‘ur va zamonaviy karagas, salar va tuva tillari; b) z-guruh: sariq uyg‘urlar, ilor va xakaslar tili; v) t-guruh: yoqut tili. 3. Tao‘ - guruh, qipchoq yoki shimoli - g‘arbiy: 1) tog‘uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao‘; 5) sari; 6) qalg‘an. Bunga: a) mo‘g‘ullargacha: oltoy tili, qirg‘iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar, boshqird; b) mo‘g‘ullardan so‘ng: qozoqcha va no‘g‘aycha kiradi. 4. Tag‘liq – guruh, chig‘atoy yoki janubiy – sharqiy: 1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag‘; 5) sariq; 6) qalg‘an. Bunga qadim chig‘atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o‘zbek tili va qora tatarlar tili kiradi. 5. Tag‘li – guruh, qipchoq – turkman: 1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag‘; 5) sari; 6) qalg‘an. Bularga xorazm o‘zbeklarining shevasi ham kiradi. 6.Ol- guruh, turkmancha yoki janubiy – g‘arbiy: 1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag‘; 5) sari; 6) qalan. Turkman, ozarbayjon va turk tili, gagauzlar tili ham kiradi. Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu tillarda so‘zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorag‘ay, balqor, qo‘miq, no‘g‘oy, tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg‘iz, o‘zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq. Turkiy tillar quyidagilardan iborat: 1. Bulg‘or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg‘or va xazar tillari. 2. O‘g‘uz tillari guruhi: a) turkman tili – Turkmaniston; b) turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o‘lkasida yashovchi turkmanlarning tili; v) o‘g‘uz – bulg‘or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi; g) ozarbayjon va turk tillari. 3. Qipchoq tillari guruhi: a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda istiqomat qiluvchi qaray elati so‘zlashadi; b) qo‘miq tilida Dog‘iston Avtonom respublikasida istiqomat qiluvchi qo‘miqlar so‘zlashadi; Download 25.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling