Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi


Download 279.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana05.01.2022
Hajmi279.75 Kb.
#234442
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali qishga rgatish

Vazn  bo‘laklari.  Bu  o‘rinda  Alisher  Navoiy  “Mezon  ul-avzon”ida  rukn 

deb  tanishtirlgan,  Boburning  “Aruz  risolasi”da  esa,  juzv  nomi  bilan  berilgan 

ritmik  birliklar  (sabab,  vatad  va  fosila)  nazarda  tutilgan.  Risolada  yozilishcha, 

“mening  ishim  tekshirish  ishi,  shuning  uchun  aruzning  asosiy  nuqtalarini  olib 

tanqid  va  izoh  qilaman.  Ikkinchi  yoqdan  yosh  shoirlarimizga  aruzning  bor-

yo‘g‘ini  ochib  bermakchiman.  Shuning  uchun  ishni  qulaylashtiruvchi  yangi bir 

sistemaga qo‘yishga urunaman. 

Arab-eron  aruzi  yuqorida  ko‘rulgani  kabi  she’rda  vohid  qiyosi  qilib, 

baytni  oladi.  Bayt  ikki  misraga  bo‘lunadi.  Bir  misra  ikki,  uch,  to‘rt  hijo 

to‘plamig‘a  (to‘rt-besh  stopaga)  ajraladi  va  bu  to‘plamlarga  «rukn»  ismi 

beriladi, jami arkon bo‘ladi.”  

Aruzning  bu  kabi  ibtidoiy  talablari  eslatilgandan  so‘ng  “juzv  va  asliy 

ruknlar”yoki  “zihof  va  fariy  ruknlar”  kabi  an’anaviy  tushuntirish  yo‘lidan 

bormaydi. Olimning fikricha, bu yo‘l “miyaga og‘irlik beradi”. Halil ibn Ahmad 

                                                           

1

 Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik, 2-tom, Toshkent, Fan, 1979, 349-bet. 




 

18

asarida  aytilgan  sakkizta  ruknlar  va  ularning  “qisqartirilishi”  va  orttirilishidan 



hosil bo‘lgan 27 ta fariy rukn hammasi qo‘shilib 35 rukn hosil bo‘ladi. “Zihofot” 

degan bu kabi qiyinchiliklardan aruzni qutqara olmaganlar”, deya  “gina” qiladi 

Fitrat. 

Shuning  uchun  olim  barmoq  tizimida  ko‘rilgani  kabi  nisbatan  soddaroq 

yo‘l  tutib,  bir  rukndagi  to‘liq  va  qisqa  hijolarning  sifatiga  asoslanib,  uning  har 

baytdagi miqdoriy jihatlarini ham hisobga olgani holda har bir misrada bir yoki 

ikki  turoq  belgilanib,  ular  uchun  (*)  ishorati  qo‘yilgan    va  “ist”  ismi  bilan 

yozilgan.  Bir  misraning  “ist”  bilan  bo‘lingan  parchalari  “bo‘lim”  deb  atalgan. 

Bir misrada takrorlangan hijo to‘dalariga “to‘plam” (ruscha stopa) ismi berilgan. 

Shu tariqa aruz birliklarining qabul etilishi birmuncha yengillashtirilgan. 




Download 279.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling