Kirish. Qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolar. (2 soat);
“Aruz” atamasining mazmuni. Aruz she’riy sitemasining vujudga kelishi.
Aruz–mumtoz
she’riyatimizning
asosiy
she’riy
tizimi
sifatida.
Aruzshunoslikning
paydo
bo‘lishi.
Arab,
fors
va
turkiy
xalqlar
aruzshunosligining yirik vakillari.
Qisqa hijo, uning ikki turi, paradigmadagi belgilari.
Cho‘ziq hijo va uning uch turi, paradigmadagi belgisi.
O‘ta cho‘ziq hijo, uning ikki turi, paradigmadagi belgilari.
Hijolar bilan bog‘liq hodisa va holatlar.
O‘qituvchi vaqtdan unumli foydalanish niyatida hijolar va ularni
ifodalovchi misollarni grafik ko‘rgazmali qurol sifatida uyda tayyorlab kelishi
va dars jarayonida (masala ustida so‘z borayotganda) auditoriyaga ilib qo‘yishi
yoxud zamonaviy texnologiya yordamida ekranda namoyish etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |