Bahrlar, ularning tarkibi va turlari (2 soat)
Muayyan ruknlar, ular tarmoqlarining o‘zlari va boshqalari bilan
qo‘shilib, muayyan tartibda takrorlanishi natijasida bahrlarning hosil bo‘lishi.
Bir xil ruknlardan tashkil topadigan bahrlar: mutaqorib, mutadorik, hazaj,
ramal, rajaz, komil bahrlari, ularning murabba, musaddas va musamman
ko‘rinishlari.
Ikki xil ruknning ketma-ket takroridan paydo bo‘ladigan bahrlar: muzore,
hafif, mujtass va munsarih bahrlari.
Ikkita bir va bitta ikkinchi xil rukn birikuvidan yuzaga keladigan bahr:
sari. Sari bahrining faqat bir ko‘rinishi – musaddas shakli mavjudligi va buning
sababi.
So‘nggi paytlargacha 19 bahrning o‘rganib kelingani, ularning 11 tasini
o‘rganish maqsadga muvofiqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |