Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi
U M U M IY X U L O S A L A R
Download 279.75 Kb. Pdf ko'rish
|
quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali qishga rgatish
U M U M IY X U L O S A L A R
She’riyatimizda ming yillardan beri istifoda qilinib kelinayotgan aruz she’riy sistemasini o‘rganish nafaqat umumta’lim maktablari, balki xalq talimi tizimining hamma shakllarida – akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va boshqa ta’lim beruvchi xususiy tarmoq o‘quv maskanlarida adabiyot o‘qitishning doimiy dolzarb muammolaridan biridir. Uning nazariy asoslarini, shoirlarimiz tomonidan keng qo‘llanilgan vaznlarini puxta o‘zlashtirmay turib dasturdan o‘rin olgan she’riy asarlarni ifodali o‘qish ham, badiiy san’atkorlikning muhim jihatlaridan biri bo‘lmish vazn ustida ishlash mahoratini anglab etish ham qiyin bir faoliyat.
Ma’lumki, aruz ilmiga tegishli mal’umotlarni o‘rgatish umumta’lim maktablarining 5-6-sinflaridayoq boshlanadi. Ular bu sinflarda darslik va majmualarda o‘rganiladigan she’riy asarlarni ifodali o‘qish, aruz ilmining asoslaridan biri bo‘lgan qisqa va cho‘ziq bo‘g‘inlarni bir-biridan ajratish ko‘nikmasini hosil qiladilar. 7-8-9-sinflarda esa, aruzning nazariy tushunchalarini egallash birmuncha chuqurlashadi. Shu sababdan ham ushbu sinflar darsliklarida aruz nazariyasining elementar masalalariga bag‘ishlangan maxsus nazariy darslarni ham uchratish mumkin. Ta’limning navbatdagi bosqichi akademik litseylarda aruzni o‘rganish ikki yo‘nalishda kechadi: “Adabiyot” darslarida ko‘proq amaliy xarakterda o‘rganilsa, “Adabiyot qoidalari” darslarida aruz she’riy sistemasiningg nazariy masalalari atroflicha o‘rganiladi. Aruz nazariyasini o‘rganishning ilmiy-metodik tadqiqoti shularni ko‘rsatdi: - birinchidan, ta’lim jarayonining turli bosqichlari (jumladan oliy ta’lim ham) uchun yaratilayotgan dastur va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda muvofiqlashtiruvchi tadbirlar amalga oshirilishi zarur. Negaki, ularda nazariy bilimlarni o‘rganishda muayyan izchillik yetishmaydi. Bu xil manbalarda 58 mualliflarning masala yuzasidan tushunchalarining sayozligi yoki e’tiborsizligi natijasida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda; - ikkinchidan, aruz nazariyasining barcha masalalarini o‘zlashtirish nihoyatda qiyin bir mashg‘ulotga aylangan. Buning sabablarini biz ushbu ishimizda aniqlashga harakat qildik. Shulardan kelib chiqib, aruz vazni qoidalarini imkon qadar soddalashtirish, uni o‘quvchilar ongiga yetkazishning samarali usullarini ishlab chiqish zarur; -uchinchidan, maktab dastur va darsligiga aruz vazni va uni ifadali o‘qish bo‘yicha nazariy qoidalar har bir sinfda chuqurlashtirilgan tarzda berilishi lozim. - to‘rtinchidan, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida adabiyotchi muallimlar uchun aruz nazariyasini o‘rgatish kursini alohida fan sifatida kiritish darkor; - beshinchidan, aruz ilmi sirlarini o‘rganish bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar edi; - oltinchidan, aruz ilmini o‘rganishda ko‘rgazmalilikning o‘rni muhimdir. Aruz nazariyasi asoslarini aks ettiruvchi jadvallar, badiiy so‘z ustalari ijrosidagi audio-video materiallar, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bu sohada muvaffaqiyatli ish olib borish garovidir. Bularni amalga oshirish uchun mamlakat miqyosidagi mutasaddi tashkilotlar bu ishga malakali metodist- olimlar va mutaxassislarni safarbar qilishni lozim deb hisoblaymiz. Xulosa qilib aytganda, qariyb ming yillik tarixga ega bo‘lgan aruz vaznini chuqur o‘rgatish mumtoz adabiyotimiz durdonalaridan to‘la bahramand bo‘lish imkonini yaratadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling