“Ul” - sababi hafif ( - ). Juda to‘g‘ri.
“Ko‘zi” - sababi saqiyl ( - V ). Noto‘g‘ri – ikkita qisqa bo‘g‘in
qo‘shiluvidan sababi saqiyl yuzaga keladi. Bu o‘rinda birinchi bo‘g‘in ham
qisqa, so‘zning paradigmasi “V V” ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
“Qaro” - vatadi majmu ( V -). To‘g‘ri.
“Dardu” - vatadi mafruq ( - - ). Bitta cho‘ziq va bitta qisqa bo‘g‘inlar
birikib vatadi mafruqni yuzaga keltiradi. Bizga taqdim qilinayotgani ikkita
sababi hafifdir. Vatadi mafruq “- V” shaklida bo‘lishi kerak.
“G‘amidin” - fosilai sug‘ro ( V - -). Odatdagi fosilai sug‘ro ikkita qisqa
va bitta cho‘ziq bo‘g‘in qo‘shilmasidir. Bu o‘rinda vatadi majmu bilan sababi
hafif aks ettirilgan. Fosilai sug‘ro “V V –” ko‘rinishida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |