Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi
Download 279.75 Kb. Pdf ko'rish
|
quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali qishga rgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berilgan: faul (V -) axtam;
Berilgan: mafoiylu (V - - -) makfuf;
Bo‘lishi krak: mafoiylu (V- - V) makfuf; Berilgan: mafulu (V - V) axrab; Bo‘lishi kerak: mafulu (- - V axrab; Berilgan: faulun (- V -) mahzuf; Bo‘lishi kerak: faulun (V - -) mahzuf; Berilgan: mafoiyl (V -) maqsur; Bo‘lishi kerak: mafoiyl (V - ~) maqsur; Berilgan: faul (V -) axtam; Bo‘lishi kerak: faul (V ~) axtam. Guvohi bo‘layotganimizdek, mafoiylun rukni tarmoqlarining teng yarmi (12 tadan oltitasi) noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Foilotun asil ruknining tarmoqlarining paydo bo‘lishiga oid ma’lumotlarda ham ahvol deyarli o‘zgarmagan - 15 ta tarmoq ruknning 7 tasi o‘zining yanglish talqiniga ega. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarda aruz haqida nazariy ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, kim uchun yaratilayotganidan qat’i nazar, ularni bir muallifga topshirib qo‘yish yaramaydi. Negaki, muallif ko‘pincha bir sohaning olimi sifatida fikrlaydi. “Adabiyot nazariyasi”, “Adabiyotshunoslikka kirish” va 30 “Adabiyot qoidalari” kabi keng qamrovli kitoblarni yaratish bir kishining qo‘lidan kelavermaydi. Yuqorida ta’kidlangan xatolar bir qarashda mayda-chuyda texnik xarakterdagi masaladay, ular haqida gapirish esa, maydachilikday ko‘rinishi mumkin. Shu o‘rinda bir narsani qayd qilish lozimki, aruzga doxil xatoning maydasi yo‘q, ayniqsa, u talabaga, o‘rganuvchiga yo‘naltirilgan manbalarda bo‘lsa. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarning ahvoli shu bo‘lsa, uni o‘rganuvchi o‘quvchilardan nimani kutish mumkin? Bu xil savollarga javob berish vaqti keldi. Javob - mukammal darslik bo‘lishi kerak, kamchiliklardan, chalkashliklardan holi, o‘zbek aruzi nazariy masalalarini yorituvchi muxtasar darslik bo‘lishi kerak. Shundagina milliy madaniy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan bezavol adabiy merosimiz, zamondoshlarimizning ma’naviy dunyosini, badiiy- estetik olamini, ong-u shuurini boyitadigan she’riyatimizni qadrlagan, ushbu merosga ma’naviy huquqli voris bo‘la olamiz.
Download 279.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling