Taqte. Vaznlar. Vazn va janrlar munosabatlari (2 soat)
Taqte atamasi. Uning qoidalari (vasl, imola, tag‘yir,azl) haqida ma’lumot.
O‘zbek she’riyatida qo‘llaniladigan faol vaznlar. Vaznlar xilma-xilligini yuzaga
keltiruvchi omillar. Ruboiy vaznlari, ularning turlari. Ruboiy misralarining bir
xil bo‘lmagan, ammo yaqin vaznda bo‘lishi mumkinligi. Tuyuqlar vazni, uning
cheklanganligi.
Izoh: Garchi harakatdagi dasturda aruz doiralari haqida ma’lumot va
bilim berish nazarda tutilgan bo‘lsa ham, biz ularni mashg‘ulotlar rejasiga
kiritmadik. Bizningcha, aruz ilmidagi mazkur tushunchalar faqat nazariy
xarakterda bo‘lib, hech qanday amaliy ahamiyat kasb etmaydi. Ular faqat tor
doiradagi mutaxassislar uchun naf beradi, degan mulohaza bilan shunday yo‘l
tutishga jazm qildik.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |