Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi
Download 279.75 Kb. Pdf ko'rish
|
quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali qishga rgatish
mutaqorib deb atalgan bahr yuzaga keladi. Yani qaysi she’r mana shu
o‘lchovga moslab yozilgan bo‘lsa, u mutaqorib bahrida yaratilgan deb aytiladi. Baytlarni bo‘laklarga ajratib, har qaysi bo‘lakning qaysi ruknni yuzaga keltirishini aniqlasak, she’r u yoki bu bahrda yozilgani ma’lum bo‘ladi.
“Qutadg‘u bilig” dostonidagi yigitlik madhiga bag‘ishlangan qasidadagi biron baytni shu xilda ruknlarga ajratib ko‘raylik. Masalan:
Esiz bu yigitlik, qani qancha bordi,
Tilab bo‘lmadim men necha ma tilatim. – baytini bo‘laklarga ajratsak, har qaysi bo‘lak fauvlun rukniga mos kelishi ma’lum bo‘ladi:
Esiz bu yigitlik qani qan cha bordi,
Fauvlun fauvlun fauvlun fauvlun
V - - V - - V - - V - -
Tilab bo‘l madim men necha ma tilatim.
Fauvlun fauvlun fauvlun fauvlun
V - - V - - V - - V - -
Bu parcha fauvlun rukni asosida yaratilgan ekan, mutaqorib bahrida yozilgani ma’lum bo‘ladi.
Bir baytda to‘rt rukn kelsa, to‘rtlik degan ma’no beruvchi murabba, olti rukn ishtirok etsa, oltilik degan mano anglatuvchi musaddas, sakkiz rukn 40 qatnashsa, sakkizlik degan ma’no bildiruvchi musamman deb yuritiladi. Baytdagi barcha ruknlar asosiy ruknlardan, yani fauvlunning o‘zidan tashkil topganligi sababli solim (o‘zgarmagan) deb yuritiladi. Demak, yuqoridagi bayt aruz she’riy sistemasining mutaqoribi musammani solim vaznida yaratilgan ekan.
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq ” asari o‘rganilar ekan, o‘qituvchi mazkur asar ham aruz she’riy sistemasida yaratilganini ta’kidlab, undagi to‘rtliklar mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilganiga o‘quvchilar diqqatini qaratadi. Asardan olingan parcha va uning paradigmasini ular e’tiboriga havola etadi:
V - - V - - V - - V -
Bu johil biliksiz bahosiz bishi.
V - - V - - V - - V - “Qutadg‘u bilig” kabi bu asarda ham cho‘zib o‘qiladigan bo‘g‘inlar juda kam. Ammo ba’zi o‘rinlarda qo‘shilib o‘qilishi lozim bo‘lgan so‘zlarga duch kelamiz. O‘qituvchi asardagi har qaysi misrani yuqoridagicha ruknlar ohangiga moslab, buning uchun esa, ayrim bo‘g‘inlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish lozimligini uqtirib, o‘zi namuna uchun o‘qib beradi.
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari ham aruz vaznida yozilgan bo‘lib 8-sinfda o‘rgatiladi. Bu dostonda ham turkona uslub qo‘llanilgani tufayli ancha misralarda qo‘sh undosh bilan bitgan bo‘g‘inlar bir cho‘ziq bo‘g‘in hisobida o‘qiladi. Masalan, ko‘rkka, arslon, ko‘rklu so‘zlari uch bo‘g‘in emas, ikki bo‘g‘inli so‘z sifatida o‘qiladi.
Dostonda cho‘zib o‘qilishi lozim bo‘lgan o‘ta cho‘ziq bo‘g‘inlar ham anchagina. Shuningdek, bir qator o‘rinlarda so‘zlarni qo‘shib o‘qish – vasl hodisasi ham uchraydi. Masalan, “Avvalg‘i noma”dagi baytlarga diqqat qarataylik:
Ayo ko‘rk+ichra odam podshohi,
Jahon tutgan sening husning sipohi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling