Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi
Download 279.75 Kb. Pdf ko'rish
|
quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali qishga rgatish
4
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatni har tomonlama yuksaklikka ko‘tarish komil inson tarbiyasi bilan bog‘liqligi ajdodlarimiz yaratib, bizga meros qoldirgan badiiy adabiyot yodgorliklaridan ma’lumdir. Buni turkiy xalqlar uchun mushtarak ma’naviy boylik sanalgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”idan tortib, o‘tgan asr boshlarigacha yaratilgan asarlarning aksariyatida bosh g‘oya sifatida ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli mamlakatimiz istiqlolining birinchi kunlaridan boshlaboq milliy qadriyatlarimiz asosi bo‘lgan mumtoz adabiyotni o‘rganish va yoshlar ongiga singdirish masalalari davlat ahamiyatiga molik muammo sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Milliy-tarixiy qadriyatlarimizni o‘rganishga alohida e’tibor berila boshlandi. Xalq ta’limi tizimining barcha bosqichlarida mumtoz adabiyotga xos belgi-xususiyatlar, so‘z san’ati taraqqiyot bosqichlari, shakli va mazmuniga daxldor nazariy bilimlarni yosh avlodga o‘rgatish jiddiy tus oldi. Bu borada yoshlarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar mazmuni va me’yori Davlat ta’lim standarti, ushbu hujjat asosida tuzilgan o‘quv dasturlarida qat’iy belgilab berildi. Ta’lim tizimidagi islohotda mumtoz adabiyotni o‘rganishga alohida diqqat qaratilganligi bejiz emas. Negaki, o‘tmish adabiyotimiz zamiridagi umuminsoniy g‘oyalar bolalarni el-u yurtga sadoqatli, vatanparvar, insofli va e’tiqodli, mehnatsevar va mard, uddaburon va hozirjavob fuqarolar sifatida shakllanishiga ko‘maklashadi. Shuning uchun ham milliy istiqlol mafkurasi adabiy merosga halol, xolisona munosabatni talab etadi ham uni davlat va jamiyat rivojlanishidagi tayanch tamoyillardan biri sifatida e’tirof etadi.
“Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi, - deya yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, - jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa belgilovchi ahamiyatga egadir”. 1
1 Karimov IA. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., O‘zbekiston, 1995, 139-140-betlar. 5
Mumtoz she’riyatimizga xos yuksak g‘oyaviylik va yetuk badiiyatdan atroflicha bahramand bo‘lish, har bir ijodkor qalamining badiiy salohiyatini anglab etish, she’rlarga xos nafis ohanglarni ham, so‘z san’atining betakror nafosat-u latofatini ham his etish uchun ushbu bezavol yodgorliklarga asos bo‘lgan aruz she’riy o‘lchov tizimining nazariy qonun-qoidalari va amaliy xususiyatlarini bilish talab etiladi. Qadimiy va serjilva aruz vaznining rango-rang o‘lchovlariga tayanib qalam tebratgan ijodkorlar yuzdan ortiq she’riy o‘lchovning turfa ohanglarini batafsil o‘rganib chiqib, ularning eng xalqchil, musiqiy, serjilo turlarini tanlaganlar, har bir she’riy o‘lchovning o‘ziga xos jihatlari, tovushlarning garmonik jilolaridan mohirona foydalanganlar. Bunga ming yillik bezavol she’riyatimizning ulkan xazinasi misol bo‘la oladi. Yusuf Xos Hojibdan tortib, Erkin Vohidovgacha bo‘lgan qalam sohiblarining badiiyat dahosini kashf etmoq uchun ularning o‘z asarlari vazni ustida ishlash mohoratini atroflicha tadqiq etish muhim ilmiy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. Shulardan kelib chiqqan holda biz malakaviy ishimizda xuddi shu masala - mumtoz adabiyotimizning poetik muammosi aruz she’riy tizimini ta’lim bosqichlarida o‘rganish masalasini ko‘rib chiqmoqchimiz. Zero, mumtoz she’riyat sirlarini yoshlarga o‘rgatish, ularni ma’rifiy-axloqiy va badiiy-estetik jihatdan kamolotga yetkazishda katta vazifa bajaradi. Download 279.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling