Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi
“Yetar ey”, “ko‘zung oshkolina”, “nazar etsam”
Download 279.75 Kb. Pdf ko'rish
|
quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali qishga rgatish
“Yetar ey”, “ko‘zung oshkolina”, “nazar etsam” va “ishq o‘tida” birikmalari
qo‘shib talaffuz qilinadi. Ushbu qo‘shilishlardan ham albatta, muayyan maqsad mavjudligini izohlash lozim: Birinchi uchta birikmalardagi ikkinchi bo‘g‘inlar
o‘tida» birikmasidagi birinchi o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in “q” tovushidan ajrab oddiy cho‘ziqqa aylamoqda. Bu hodisalar ushbu vazn taqozosi bilan yuz bermoqda.
Lutfiy qalamiga mansub “Tortadur” radifli g‘azal ramali musammani mahzuf vaznida yaratilgan bo‘lib, uning ruknlari va chizmasi tubandagicha ko‘rinishga ega:
- V - - / - V - - / - V - - / - V -
Bu yo-mon an / di-sha-liq-ni / go‘-y-yo qon / tor-ta-dur. - V - - / - V - - / - V - - / - V -
She’rni ifodali o‘qish uchun misralardagi dod, tuproq, raqib so‘zlaridagi “o” va “i” unlililarini cho‘zib, kufr so‘zining oxirgi undoshini alohida qisqa bo‘g‘in qilib, ko‘nglum ul, sehr ila, mayl etar, jins o‘zini birikmalarini qo‘shib talaffuz etish lozim. Va albatta, ushbu harakatlardan kutilgan maqsad, ya’ni bo‘g‘inlar sifatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan o‘quvchilar tanishtirilishi kerak.
Lutfiy g‘azal va tuyuqlarining badiiy xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida shoirning vazn tanlashdagi mahoratini alohida ta’kidlab, har bitta asar vazni go‘yo, lirik qahramon kayfiyatini yorqinroq ochishga yordam berganini ta’kidlab o‘tish darkor.
48
Ma’lumki, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy o‘zbek aruzi taraqqiyotiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Fors-tojik she’riyatini, shu jumladan uning vazn xususiyatlarini atroflicha o‘rgangan Navoiy turkiy aruzning taraqqiyot yo‘llarini chuqur tasavvur qilgan holda qator yangi bahrlar, o‘nlab yangi vaznlarni she’riyatimizga olib kirdi. Aruzshunos olim Anvar Hojiahmedovning guvohlik berishicha, Naoviygacha adabiyotimizda istifoda qilingan vaznlar 40 ta bo‘lsa, ulug‘ shoirning xizmatlari tufayli bu xil o‘lchovlar soni 100 ga etdi. 1
Alisher Navoiy o‘zbek aruzining bir qator ichki imkoniyatlarini kashf etdi, qofiya, radiflardan mohirona foydalangan holda ohang jilolariga erishishning usullarini yaratdi. U she’riyatimizga qator yangi she’riy janrlar olib kirish bilan ham aruzning tezkorlik bilan taraqqiy qilishiga yo‘l ochib berdi.
Alisher Navoiy ijodini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar mana shunday muhim masalalar bilan tanishadilar, buyuk ijodkor she’riyatining vazn jihatdan barkamolligi haqida atroflicha tasavvurga ega bo‘ladilar.
Navoiyning adabiyot darsliklaridan o‘rin olgan “O‘n sakiz ming olam oshubi…” deb boshlanuvchi g‘azali asosan ramali musammani mahzuf vaznida bitilgan bo‘lib, 3-, 7-, 11-, 13-misralar unga yaqin bo‘lgan ramali Download 279.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling