Bitiruv malakaviy ishining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan
bog‘liqligi.
Tadqiqot Ajiniyoz nomidagi o‘zbek adabiyoti kafedrasining “2015-
2020 yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari banki” istiqbol rejasiga muvofiq
amalga oshirildi.
Tadqiqotning maqsadi.
Adabiyot darslarida she’riy tizimlar bilan
bog‘liq nazariy ma’lumotlarni o‘rgatish, aruz she’riy tizimiga oid asarlarni
ifodali o‘qishga o‘rgatishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari.
Bitiruv malakaviy ishini yoritish davomida:
-adabiyot darslarida nazariy ma’lumotlarni o‘rgatishning usul va uslublarini
yaratish;
-aruz she’riy tizimi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarni o‘quvchilar
onggiga yetkazishning samarali usullarini ishlab chiqish masalalariga e’tibor
qaratildi;
-aruz she’riy tizimidagi asarlarni o‘rgatishda ifodali o‘qishning o‘rni va
ahamiyatini aniqlash;
- aruz vaznidagi asarlarni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berish kabilar asosiy
vazifalar sifatida belgilab qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |