Ishning ilmiy yangiligi.
Ishda o‘zbek adabiyoti o‘qitish nazariyasi va
metodikasidagi mavjud qarashlar asosida adabiyot darslarida aruz she’riy
tizimini o‘rgatish haqidagi fikrlar umumlashtirilib, chuqur ilmiy-nazariy
xulosalar chiqarildi. Bunda:
-adabiyot darsliklarida aruz she’riy tizimiga oid nazariy tushunchalarning
berilishi bo‘yicha munosabat bildirildi;
-aruz she’riy tizimi va uni o‘qitishdagi murakkabliklar aniqlanib,
o‘quvchilar ongiga yetkazish usullari o‘rganildi.
-aruz vaznida bitilgan asarlar matni ustida ishlashda ifodali o‘qishning
o‘rni va ahamiyati haqidagi fikrlar umumlashtirildi;
-aruz she’riy tizimining o‘ziga xosliklari tadqiq qilindi hamda mazkur
vaznda bitilgan adabiyot durdonalarini o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |