Urdu filalogiya fakulteti 209 guruh talabasi Komilova Shahrizodaning "Matnshunoslik " fanidan mustaqil ishi


Download 4.41 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.41 Kb.
#1591382
Bog'liq
7-matnshunoslik .

Mavzu: Tabibiy taskirasi.

  • Reja :
  • 1. Tabibiy haqida .
  • 2. Tabibiy taskirasi haqida.

Tazkira so‘zining ma’nosi – esga olish, tilga olish. Tazkira sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr. Tazkiralarda shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi muxtasar ma’lumotlar zikr etilib, ularning asarlaridan namunalar, odatda bir necha bayt hajmida keltiriladi va ijodiga umumiy tarzda baho beriladi. Tazkiralarda ijodkorlar haqidagi ma’lumotlar berish bilangina cheklanib qolmasdan, she’riyat va uning nazariy masalalari bilan bog‘liq e’tiborga loyiq fikr-mulohazalar, ma’lum davr adabiy hayoti haqidagi muhim ma’lumotlar ham o‘rin oladi. Adabiyot tarixida shoirlargina emas, balki olimlar, avliyolar haqida ham tazkiralar yozilgan. Masalan, Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat”, Sidqiyning “Tazkirai Imom A’zam” tazkiralari kabi.
Tazkira yozish an’anasi dastlab arab va fors adabiyotida shakllangan bo‘lib, keyinroq turkiy adabiyotda ham keng ommalashgan. Tazkiraning eng qadimgi namunasi Abu Mansur Saolibiyning “يتيم الدهر فى محاصل اهل العصر” – “Zamona ahlining fazilatlari haqida yakto durdona” (XI asr) asari e’tirof etiladi. Mazkur tazkiradan o‘sha davr Arab, Movarounnahr, Xorazm, Xuroson adabiyoti va san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan. Turkiy tildagi ilk tazkira Navoiyning – “Majolisun nafois” asaridir.Tazkiralar mumtoz adabiyot tarixi, alohida ijodkorlar asarlarini, ular bilan bog‘liq nazariy masalalarni o‘rganishda muhim manba sanaladi.
Tazkiranavislik tarixini shunday xronologik tartibda berishimiz mumkin: Muhammad Afviy Buxoriyning “Lubobul albob” (“Bilimlar mag‘zi”, XIII asr), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”, XV asr), Navoiyning “Majolisun nafois” (“Nafis majlislar, XV asr ”), Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkirul ahbob” (“Do‘stlar yodnomasi”, XVI asr), Maleho Samarqandiyning “Muzakkirul as’hob” (“Do‘stlarga eslatma”, XIX asr), Rahmatulloh Vozihning “Tuhfatul ahbob” (“Suyukli do‘stlarga tuhfa”, XIX asr ), Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” (“Shoirlar majmuasi”, XIX asr), Tabibiyning “Majmuatush shuaroi Feruzshohiy” (“Feruzshohning shoirlar majmuasi”, XX asr), Laffasiyning “Xiva shoirlari tarjimai holi” (XX asr), Po‘latxon Qayyumiyning “Tazkirai Qayyumiy” (XX asr), Mo‘minjon Toshqinning “Toshkent shoirlari” (XX asr).
AHMAD TABIBIY (1869-1911)
Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ismsharifi Ahmad Ali Muhammad o‘g‘li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuhrat qozongan. O‘zbek va fors-tojik tillarida, mumtoz adabiyotning an’anaviy janrlarida ijod qilgan. She’rlaridan 5 devon — «Tuhfat us-sulton», «Munis ul-ushshoq», «Hayrat ul-oshiqin» (o‘zbek tilida), «Mir’ot ul-ishq», «Mazhar ul-ishtiyoq» (fors-tojik tilida) tuzgan. Ularda real hayotni, sof muhabbatni ulug‘lagan («Aylading», «Ozoridur» va b.). Tabibiy o‘zbek adabiyotida muxammas janrini rivojlantirgan: Navoiy, Sa’diy, Jomiy, Zebunniso, Munis, Ogahiy, Mirzo G‘olib va boshqaning g‘azallariga 518 ta muxammas bog‘lagan. 
Download 4.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling