Urdu pedagogika fakulteti bt yoʻnalishi 02-guruh talabasi ning 3-b sinf uchun tayyorlagan soatlik


Download 1.96 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1577082
Bog'liq
3-B dars ishlanmaaaa






UrDU Pedagogika fakulteti BT yoʻnalishi
202-guruh talabasi ____________________________ning
3-B sinf uchun tayyorlagan 1 soatlik





Mavzu: 22-dars.Uch xonali sonni bir xonali songa boʻlish
Maqsad:
a)Ta’limiy:
FK1. O’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi tegishli misollar keltira oladi.
b)Tarbiyaviy: O’quvchilarni yurt tinchligi xalq farovonligi diniy bag’rikenglik tushunchalarini tushuntirish.
d) Rivojlantiruvchi: Yangi dars texnologiyalar orqali o’quvchilardagi fikriy bog’liqlikni mantiq va xotiraning rivojlanashiga imkoniyat yaratish
FK 2: Matematik mulohazalarni og’zaki va yozma tarzda ifodalay oladi.
Dars turi: yangi tushuncha berish va bilimlarni mustahkamlash
Dars metodlari: "Antiqa tayoqchalar" oʻyini, "Bilimingni sina" mashqi
Dars jihozi: mavzuga oid ko’rgazmalar, darslik, teznika vositalar

Dars bosqichi

Bajariladigan ishlar mazmuni

Vaqt

1 – bosqich Tashkiliy qism

O’quvchilar davomati aniqlanadi, sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi guruhlarga bo’linadi

3 minut

2 – bosqich Oʼtilgan mavzu

O’tilgan mavzu yuzasidan savol – javob guruhlar aro

8 minut

3- bosqich Yangi mavzu

Uch xonali sonni bir xonali songa boʻlish tushuntiriladi

12 minut

4 – bosqich mustahkamlash

Guruhlar misollarni yechadilar

17 minut

5 – bosqich Baholash

Darsda guruhlarni faolligiga qarab baholash

3 minut

6 – bosqich Uygavazifa

Darslikdagi 7-misol

2 minut

Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
Bolalar sog’ omonmisiz?
Yangi darsga tayyormisiz?
O’quvchilar: Barchamiz sog’ omonmiz
Yangi darsga tayyormiz
O’qituvchi: Har narsadan xabarchi?
Bugun sinfda kim navbatchi?
O’quvchi: Sinfda men navbatchi
Tayyor barcha o’quvchi
O’qituvchi: Navbatchiga savolim, Kimlar kelmagan qizim?
Sababli yo sababsiz, Balki buni bilarsiz?
Ayting oy sanani, Jalb etaylik barchani
Nishonladik shu oyda, Qaysi muhim sanani?
_______________________
So’ngra o’qituvchi guruhlarga nom qo’yib chiqadi.
Aziz o’quvchilar bugungi darsimiz hamma darslardan ko’ra boshqacharoq shuning uchun 3 guruhga bo’linamiz

  1. - guruh: Yogʻdu

2 - guruh: Shijoat
3 – guruh: Tafakkur
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. "Antiqa tayoqchalar" metodi.
Bu oʻyinda guruhlardan bittadan oʻquvchi qatnashadi.Ishtirokchilar oʻqituvchi tomonidan aytilgan uch xonali sonlarni doskadagi sonlar orasidan topib,qoʻlidagi tayoqcha bilan urishadi.Keyin har bir toʻgʻri javob uchun ball qoʻyib boriladi. Qaysi guruh ishtirokchisi koʻp ball toʻplasa, oʻsha guruhga ball beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
1. Boʻlinmani topish tartibi tushuntiriladi. Ustun shaklida boʻlganda ikkita toʻliqsiz boʻlinma ketma-ket bir martada tushirilganda, boʻlinmaga bitta nol yozilishi tushuntiriladi. Oʻquvchilar boʻlinmalarni namuna asosida hisoblaydilar.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
2-misolni oʻquvchilar doskada qiziqarli oʻyin tariqasida yechishadi.


3. Oʻquvchilarning diqqati rasmga qaratiladi. Osh tayyorlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar soʻraladi. Navroʻz bayramida tayyorlangan osh uchun ishlatilgan mahsulotlar miqdori rasm asosida aniqlanadi.
Guruch – 1000 kg
Sabzi – ?, teng miqdorda
Goʻsht – ?, yarmi
Piyoz – ?, 5 marta kam
1) 1000 ÷ 2 = 500 (kg) – goʻsht og‘irligi;
2) 500 ÷ 5 = 100 (kg) – piyoz og‘irligi.
Umumiy: 1000 ÷ 2 ÷ 5 = 100 kg.
Javob: 1000 kg guruchdan osh tayyorlash uchun 1000 kg sabzi, 500 kg goʻsht, 100 kg piyoz kerak boʻladi.
4. Berilgan topshiriqni “Bilimingni sina” mashqi orqali bajarish tavsiya etiladi. Mantiqiy topshiriq mustaqil ish sifatida beriladi. Oʻquvchilar qonuniyatni aniqlaydilar. Boʻsh kataklarga mos sonlarni yozadilar. Oʻquvchilarning javoblari umumlashtiriladi. Toʻg‘ri javoblar xattaxtaga yopishtiriladi. Shu asosda oʻquvchilar javoblarni tekshiradilar.


600:1=600 500:1=500
600:2=300 500:2=250
600:3=200 500:5=100

5-misol oʻquvchilar tomonidan mustaqil tarzda bajariladi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Guruhlar ballar hisoblab g’olib guruh aniqlanadi. Guruhlarda eng faol ishtirok etgan o’quvchi baholanadi va rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
6-misol


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling