Urgan ch -2017 1-Mavzu. O`quv muassasalarining o`quv xonalari, ustaxonalar va sport zallari va ularning jihozlanishini gigienik baholash parta turlari, nomerlarini aniqlash, bolalarni partada to`g`ri o`tirishni sinf doskasini


Download 403 Kb.
bet22/36
Sana19.06.2023
Hajmi403 Kb.
#1625348
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
M Sirtqi yosh fiz

Ishni bajarish tartibi:1-4 sinfgacha va 5-9 sinfgacha bo’lgan o’quvchilarning darsliklarini ko’zdan kechirish, ularni standart bo’lgan ta’lim bilan taqqoslash. O’quvchilarni sinflarga bo’lgan holda bir haftalik o’quv darslarini tekshirib chiqish.

Nazariy tushuncha.O’quv yili davomida o’quvchilarning ish qobiliyati sarflanib turishida qishgi, bahorgi, yozgi ta’til kunlarida bolalarning yaxshi dam olishlari muhim ahamiyatga ega. Maktablarda bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi. O’qish boshlanishidan bir necha kun avval maktabdagi o’quv ishlari va o’quv tartibini tanishtirish maqsadida o’quvchilar bilan ota – onalarning uchrashuvi o’tkaziladi.
O’rta maktabning 1,2,3 – sinflarida bir haftalik o’qish 24 soat, 4- sinfda 26 soat, 5,6,7-sinflarda 30 soat, 8,9-sinflarda 32 soat bo’lishi kerak. Yuqorida ko’rsatilgan bir haftalik dars soatlaridan ko’proq soatlar musiqa, jismoniy tarbiya, rasm, mehnat darslariga ajratilishi lozim. 7 yashar bolalarni 45 minutlik dars charchatib qo’yadi. Shuning uchun birinchi sinfda 35 minut dars o’tib 10 minutda turli ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish tavsiya etiladi.
Darslarni qiyin va osonga bo’lish shart, bunda dars mazmuni, o’qituvchining dars berish metodikasi, o’quvchilarning shu pridmetga qiziqishi va aktivligi e’tiborga olinishi zarur. Qiyin fanlar osonroq o’zlashtiriladigan fanlar bilan almashtirilib turilsa yaxshi bo’ladi. Quyi va yuqori sinflarda bir xil fanlarni ketma –ket qo’yish man etiladi. Jismoniy tarbiya va mehnat darslari o’quvchilar nerv sistemasi, ish qobiliyati asil holiga kelishida muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun yuqori sinflarda mehnat va jismoniy tarbiya darslari 4 –soatga qo’yilishi lozim, shunda o’quvchilar 5-6 soatdagi darslarda charchamaydi. Matematika, fizika, rus tildan nazorat ishlar o’quvchilar nerv sistemasi tinch, ish qobiliyati eng yuqori bo’lgan soatlarda seshanba, chorshanba kunlari 2-3-soatlarda olinishi kerak. Juma, shanba kunlari nazorat ishi olish maqsadga muvofiq emas, chunki o’quvchilar nerv sistemasi charchagandan ishda ko’pgina xatolarga uchraydi.
O’quvchilar charchashining oldini olish dars berish gigiyenasining asosi xisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchi darsning birinchi ¾ qismiga o’quvchilar diqqatini o’quv materialning asosiy qismini tushuntirishga qaratish lozim.


Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling